Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/28
tarix17.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Tadqiqotning maqsadi. Savod o‟rgatish mashg‟ulotlarida va unga ma‟lum 
bir o„zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning 
samarali usullarini shakllantirish, insho yozish orqali o‟quvchilarning aqliy va 



ijodiy faolligini oshirishbitiruv malakaviy ishi mavzusi bo„yicha olib borayotgan 
tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi. 
Tadqiqotning vazifasi: Yuqorida oldimizga qo„ygan maqasadimizdan kelib 
chiqib: 
1. Bitiruv malakaviy ishida tanlangan mavzu bo„yicha ijtimoiy-
pedagogik, falsafiy-ma‟rifiy, ilmiy-metodik hamda o„quv adabiyotlarni 
o„rganib chiqish va umumlashtirish. 
2. Savod 
o‟rgatish mashg‟ulotlari o‟qish darslariga oid 
mashg„ulotlari bilan ishlash jarayonini o„rganish va tahlil qilish. 
3. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o„rganish va tahlil 
qilish asosida Savod o‟rgatish mashg‟ulotlarini shakllantirishga oid 
mashg„ulot mazmuni, maqsadi va qurilishini o„rganish hamda qayta 
takomillashtirish dolzarb nuammo ekanligini aniqlash. 
4. Savod 
o‟rgatish darslari o‟qish mashg‟ulotlariga oid 
mashg„ulotlarning samaradorligini oshirishga yo„naltirilgan yangi 
pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish. 
Tadqiqotning metodologik asoslari. O„zbekiston Respublikasining 
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, prezidentimiz 
I.A.Karimovning asarlari va ma‟ruzalarida insho qilingan ta‟limni isloh qilish
boshlang‟ich ta‟limni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, qarashlar, ta‟lim 
jarayonini takomillashtirishga yo„naltirilgan O„zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, ilmiy-metodik manbalar.  
Tadqiqot ishining ilmiy ahamiyati. Ushbu Bitiruv malakaviy ishini 
bajarish natijasida boshlang‟ich sinflarda Savod o‟rgatish darslari kichik yoshdagi 
o‟quvchilarni ona tilini puxta o‟zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta‟lim 
jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida 
qaraladi.Sinfdan tashqari o‟qishning maqsadi kichik yoshdagi o‟quvchilarni bolalar 
adabiyoti va xalq o‟gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda 



kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg„ulot ishlanmalarini, uning maqsadi, 
mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan boyitishning didaktik 
asoslari ko„rib chiqildi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda 
tutildi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin