Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


  2.1.Insho yozishda xatolarning kelib chiqish sababalari va xatolar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/28
tarix17.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
 



2.1.Insho yozishda xatolarning kelib chiqish sababalari va xatolar 
ustida ishlash. 
Ma'lumki yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-
2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” ta'lim 
tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha-barchaga katta vazifalar yukladi. Jumladan 
yoshlarni har tomonlama bilimli, yetuk, komil inson bo'lib yetishishlari uchun 
avvalo ularni savodli o'qish va yozishga o'rgatish zarur. Bu vazifa avvalo ona-tili 
darslarida amalga oshiriladi. Yangi tahrirdagi DTS lari asosida o'quvchilarga puxta 
bilim berish uchun 1-2-sinflarda haftasiga 4 soatdan, 3-4-sinflarda esa haftasiga 5 
soatdan vaqt ajratilgan.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ona-tilidan bilim va malakalarni hosil qilish 
ishlari asosan yozuv darslarida amalga oshiriladi. Yozuv darslarining mazmuni 
boshlang'ich sinf ona-tili dasturini va maktab oldiga qo'yilgan talablar asosida 
belgilanadi. 
Yozuv darslarini tashkil etishda pedagogika va metodika tavsiyalari hisobga 
olinadi. Yozuv darsi va unga qo'yilgan talablarni belgilashda metodika fani 
sohasidagi 
yangiliklar, boshlang'ich sinflarda ishlayotgan 
eng 
tajribali 
o'qituvchilarning tajriblari asos qilib olinadi. Shunga alohida e'tibor berish kerakki 
har bir darsda o'quvchilarga bilim berish jarayonida tarbiyaviy tomonlarga ham 
alohida ahamiyat berib borish, uzaro hurmat, mas'uliyatni his etish, tengdoshlari va 
oila azolariga hurmat, g'amxo'rlik, tabiatga mehr-muhabbat singari xislatlarni 
singdirib borish kerak.
O'quv tarbiya ishlarida ko'zlangan maqsadga yetishish uchun o'quvchilarda 
quyidagi qobiliyatlarni shakllantirb borish zarur: 
1) Gapdagi so'zlarni o'xshash tomonlariga ko'ra taqqoslab olish. 
2) So'zlar nimani ifoda etishiga ko'ra turkumlarga ajratish. 
3) O'qituvchi tavsiya qilgan yoki o'zi tuzgan reja asosida fikrlarni bayon qila 
olish. 
4) Gaplarda grammatik tushunchalarni, orfografik qoidalarni ifodalay olish. 


10 
5) Darslikdagi turli mashqlar va topshiriqlarni birgalikda muhokama 
qilinganidan keyin uni bajara olsh. 
Ona tili darslari savodli yozuv darsi hisoblanadi. Shuning uchun ham yozma 
ishlarga alohida e'tibor beriladi. Darsning uchdan ikki qismida o'quvchilar 
grammatik, orfografik va nutqiy yozma ishlarni bajaradilar. 
Shuning uchun grammatik, orfografik bilimlarni o'zlashtirish uchun qunt 
bilan ishlashga to'g'ri keladi. Kuzatshlardan ma'lumki, darsda o'quvchilarning 
osoyishta va mustaqil ishlarini ta'minlagan o'qituvchi ularning savodli bo'lishga 
erisha oladi.
Bunday darslarda ko'rgazmali qurollar, didaktik materiallar, texnika 
vositalaridan foydalanish o'z o'rnida bo'ladi. O'quvchilarning dars jarayonida yo'l 
qo'ygan xatolarini sekin yotig'i bilan tushuntirish lozim. O'quvchi shundagina 
yozuvida yo'l qo'ygan xatosini tushunib oladi va tuzatishga harakat qiladi, 
bilimlarni o'zlashtirishga qiziqishlari ortib boradi. Ayniqsa boshlang'ich sinf 
o'quvchilarini bajargan ishlarini o'z vaqtida baholab borish ham katta ahamiyatga 
ega. 
Boshlang'ich sinf ona-tili darsliklaridagi manbalar oz bo'lsada izlanish 
metodi bilan ishlashni taqozo etadi O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida mashq 
shartini o'qib unda talab etgan topshiriqlarni aniqlaydilar savollarga javob 
qidiradilar 
undagi 
fikrlarni 
umumlashtiradilar, 
mashqlar 
bajaradilar. 
Umumlashtirish va xulosalar asosida qoidalar ishlab chiqadilar. 
Umuman ona-tili darslarini to'g'ri va qiziqarli tashkil etilishi 
o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini ortiradi. 
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozuvlarida turli xatolar uchrab 
turadi. Bu uchraydigan xatolarni quyidagi turlarga ajratish mumkin. 
1. Grafik xatolar. Grafik xatolarga harf shakllarini o'xshata olmaslik, 
harflarning o'rnini almashtirib yozish, talaffuzi o'xshash undoshlarni aniq 
ajratmaslik natijasida yozuvda bir harf o'rniga ikkinchisini ishlatish biror harfni 
tushirib qoldirish kabi xatolar uchraydi. Shularga ko'ra grafik xatolar quyidagi 
ko'rinishlarda bo'ladi: 


11 
1. Alisher odobli bola.
2. Kuz fasli boshlandi 
3. Qobil ikki tup ko’chat ekdi 
4. Olma, o’rmon, to’qmoq. 
1. Fonetik xatolar. Bunday xatolar so‟zlarni tog‟ri talaffuz qila 
bilmaslik, sheva va dialektlar ta‟sirida bo‟ladi. Fonetik xatolar asosan 
quyidagi ko‟rinishlarda bo‟ladi. 
Masalan: 1. Borgan edi – boruvdi. (sheva xatolari) 
2. Tomni – tommi. Piyolaga – piylaga. (Assimilatsiya hodisasi) 
3. Go‟sht – gosh. G‟isht – g‟ish 
5. Devor – devol. (tovushlar almashuvi) 
Grafik xatolar 
Harflar shakllarini buzib 
yozish 
So‟zda harflar birikmasini 
buzib yozish 
Harflarni bir-biriga noto‟g‟ri 
ulab yozish 
Marfologik xatolar 
So‟zning 
ma‟nosini 
tushunmaslik 
Grammatik 
qoidalarni 
bilmaslik 
Orfagrafik 
qoidalarni 
unutish 
Parishon 
xotirlik 
Mexanik 
xatolar 
Fonetik xatolar 
Dissimilatsiya 
hodisasi natijasida 
Dialekt va sheva 
xatolari 
Assimilatsiya 
hodisasi natijasida 
Tovushlar almashuvi
natijasida 


12 
Xatolar ustida ishlashda orfografik tahlilni ahamiyati katta bir necha gapni 
orfografik jihatdan to'la tahlil qilish kerak. Bu bilan o'quvchilar so'z ma'nosi va 
uning imlosini puxta o'zlashtirib oladilar. O'quvchilarning to'g'ri, xatosiz yozishga 
o'rgatish va yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e'tibor 
berish kerak:
1. Eng avvalo o'quvchilarni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish. Ya'ni 
so'z aytilganda tovushlarni aralashtirmay, tovush tushirib yoki orttirib 
talaffuz etmaslik. Masalan: kitob o'rniga kitob, ruchka o'rniga yuchka, 
maktab o'rniga matab deyishga yo'l qo'ymaslik. 
2. Har bir darsda ko'pchilik uchun bir xil uchraydigan tipik xatolar 
doskada ko'rsatilib, tuzatiladi. 
3. Ayrim o'quvchilar uchun tegishli xatolar o‟sha o'quvchi bilan 
birgalikda tuzatiladi. 
4. Agar o'quvchilar biror qoidani bilmasligi natijasida xatoga yo‟l 
qo‟ygan anashu qoidani takrorlash bilan tushuntirish kerak bo‟ladi.
Shuni aytish mumkinki, o‟quvchilar yozuvida xatolar bo‟lmasligi uchun 
lug'at ishiga ta'limiy harakterdagi yozma ishlarga ko'proq o'rin berish zarur. Imlosi 
qoidalashtirlmagan va qiyin so'zlar jadvali tuzilib, sinf xonasiga o'quvchilarga 
ko'rinarli qilib osib qo'yilishi va uni vaqti-vaqti bilan almashtirib turishsa yaxshi 
natija beradi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin