Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/28
tarix17.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
 
 
 
 
 
 


13 
2.bob. Insho mavzusi va uni yoritish uslubiyati. 
2.1.Og’zaki va yozma insho turlari. 
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo‟lib, maktabda alohida o‟rin 
tutadi; barcha nutqqa oid mashqlar ma‟lum mazmunda inshoga bo‟ysunadi. 
Insho 1-sinfda kichik og‟zaki axborot va emotsional hikoyadan boshlanib
o‟z fikrini ifodalashga, o‟quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan, 
ta‟lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‟lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi. 
Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita bo‟lib, his-hayajon uyg‟otadi, 
aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko‟rgan-kechirganlari va o‟zlashtirganlarini 
baholashga o‟rgatadi; kuzatuvchanlikni o‟stiradi, voqea-hodisalar o‟rtasidagi 
sabab-natija bog‟lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga 
o‟rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o‟quvchilarda o‟ziga, o‟z kuchi va 
imkoniyatiga ishonch tug‟diradi. 
“Insho” asli arabcha so‟z bo‟lib, ma‟nosi “”yaratish”, “”bino qilish”, 
“”boshlash” demakdir. Bu co‟zning ma‟nosi hozirda ancha torayib, asosan, 
o‟quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma‟nosida 
qo‟llanadi. 
Insho - ijodiy ish: o‟quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. 
Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida 
o‟ylash, logik bog‟lanishni belgilash, so‟z, so‟z birikmasini tanlash, gap tuzish va 
uni o‟zaro bog‟lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o‟quvchidan 
aqliy kuchini to‟la ishga solish bilan birga, o‟z ma‟naviy faoliyatini boshqarish 
ko‟nikmasini ham talab etadi. 
Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo‟shiladi. O´quvchi inshoni, u 
mustaqil, ijodiy xarakterda bo‟lgani, «o‟ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi. 
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan 
hikoyasi - inshoga alohida ahamiyat berilgan.Maktablar yangi, o‟quvchilar nutqini 
o‟stirish, aqliy, ijodiy o‟sishiga mo‟ljallangan dasturga o‟tishi munosabati bilan 
uning ahamiyati yanada o‟sdi. 


14 
Og‟zaki va yozma inshoga o‟rgatish jarayonida o‟quvchilarda mavzuni 
tushunish va yoritish, o‟z inshosini aniq fikrga bo‟ysundirish, material to‟plash, uni 
tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va 
nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini 
takomillashtirish ko‟nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar 
ham amalga oshiriladi, ya‟ni matnni yozishda imloviy va husnixatga doir matnni 
abzastlarga bo‟lish, xat boshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga 
ham amal qilinadi. 
Og‟zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, 
tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. 
Insho material manbaiga ko‟ra uchga bo‟linadi: 1) o‟quvchining o‟zi 
ko‟rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, ya‟ni mehnat, kuzatishlar, ekskursiyalar, 
o‟yinlar, o‟z tajribasi va boshqa jonli materiallar asosidagi insho; 2) kitob 
materiali, rasmlar, film, spektakl, o‟qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar 
asosidagi insho; 3) turli manbalar materialidan foydalaniladigan insho.
Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko‟rish metodiga ko‟ra insho ikki xil 
bo‟ladi: 1) sinf o‟quvchilari uchun umumiy bir mavzu asosida jamoaviy 
tayyorgarlikdan so‟ng yoziladigan insho; 2) alohida mavzu asosida individual 
tayyorgarlikdan so‟ng yoziladigan individual insho. 
Janriga ko‟ra hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi inshoga bo‟linadi. 
Boshlang‟ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud bo‟lgan hikoya 
tarzidagi inshodan ko‟proq foydalaniladi. 
Inshoni tasnif qilish ta‟limiy vazifalarni chuqur anglash va metodik 
vositalarni tanlashga, shuningdek, ish turlarini zaruriy yo‟nalishda, baravar 
taqsimlashga yordam beradi. 
Boshlang‟ich sinflarda yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri 
kichik yoshdagi o‟quvchilarning shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir. 
Rasm asosidagi insho maktablarda tez-tez o‟tkaziladi, chunki rasm bolalar 
nutqiy ijodini, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Rasm bolalar sezgisiga ta‟sir 


15 
etadi, hayotning bola tajribasida hali uchramagan tomonlarini ochadi. Rasm 
o‟quvchilarga tanish bo‟lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi. 
Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor: 1) rasmlar seriyasi yoki rasmli 
reja asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 2) sujetli, o‟quvchilarni o‟ylashga, 
faraz qilishga undaydigan bir rasm asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 3) 
rasmni tasvirlash (tasviriy insho). O´quvchilar avval rasmlar seriyasi asosida, so‟ng 
bir rasm asosida, undan so‟ng tasviriy insho yozish (rasmni tasvirlash)ga 
o‟rgatiladi. 
Dasturga ko‟ra, 1-sinf o‟quvchilari o‟yinlari, mehnatlari, voqea-hodisalar 
haqidagi taassurotlari asosida o‟qituvchi rahbarligida hikoya tuzishlari va uni 
ma‟lum tayyorgarlikdan so‟ng yozishlari; 2 - sinfda rasmlar seriyasi asosida kichik 
hikoya tuzish va uni jamoa tarzda tuzilgan reja asosida yozish; tabiatni kuzatish va 
mehnat jarayoni haqida, bolalarning o‟yinlari, ishlari, sayillari haqida, avval 
o‟qituvchi rahbarligida, keyin mustaqil ravishda kichik hikoya tuzish va uni 
yozish, shaxsiy ishlari haqida xat yoza olish; 3 - sinfda rasmlar (bir mavzuga oid 
bir necha rasm, syujetli bir rasm, rasmni tasvirlash) asosida, hayotiy tajribalari, 
kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan taassurotlari asosida rejani, avval kollektiv 
ravishda, keyin mustaqil tuzib hikoya qilish va uni yozish talab etiladi. 
Boshlang‟ich sinflarda insho ta‟limiy xarakterda bo‟ladi, 3- sinfdagina 
tekshiruv insho o‟tkazish mumkin.Rag‟batlantirish maqsadida ta‟limiy insholar 
ham baholanadi, lekin salbiy baho qo‟yish tavsiya etilmaydi. 
Boshlang‟ich sinflarda yozma inshoga nisbatan og‟zaki insho ko‟p 
o‟tkaziladi. Og‟zaki hikoya tuzish bola maktabga kelgan birinchi kunlardanoq 
boshlanadi, yozma insho esa 1-sinf oxiri va 2-sinfdan boshlab.o‟tkaziladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin