Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/28
tarix17.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131769
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Insho mavzusi va uni yoritish. Mavzu insho predmeti bo‟lib, uning 
mazmunini tashkil etadi.Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, 
dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to‟g‟ri va to‟liq bo‟lishi o‟qituvchi mavzuni 
qanday shakllantirishi, o‟quvchilar uni qanday tushunishlariga bog‟liq. 
Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa og‟zaki va 
yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rol o‟ynaydi. 
O‟quvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab o‟rganadilar. Ular 
mavzuga oid gap tuzadilar.Masalan, qish havosi haqida, ona qishlog‟i (shahri) 
haqida, qo‟rqoq quyon, ayyor tulki haqida gap tuzadilar.Keyin savollar asosida bir 


18 
mavzuga oid bir necha gap tuzib, uni yozadilar. Insho uchun iloji boricha tor - aniq 
chegaralash mumkin bo‟lgan mavzuni tavsiya qilish foydali. «Kuz» mavzusi 
o‟quvchilar uchun juda keng mavzu bo‟lib, bunda o‟quvchi umuman kuz haqida, 
kuzda qilinadigan ishlar haqida yozishi mumkin, u yozadi - gaplarining aniq 
chegarasini bilmaydi. O´quvchilarga kuzga oid «Paxta terimiga yordam», «Kuz 
kunlarining birida», «Oktyabrda ob-havo», «Bog‟da olma terdik», «Pomidor 
terishga yordamlashdik», «Kech kuzda bog‟ manzarasi» kabi mavzularni tavsiya 
qilish mumkin. 
Og‟zaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib uni yoritishni talab 
qilishdan tashqari, avval material to‟plash va shu yig‟ilgan materiallar asosida 
mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin. Masalan, kech kuzda tabiatni 
kuzatish va material yig‟ish tavsiya qilinadi: kuzatishlar «Kech kuzda» mavzusida 
insho yozish bilan yakunlanadi. Bunda o‟quvchilar mavzuni to‟liq yoritadilar. 
Reja tuzish. Reja har qanday og‟zaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy 
pog‟onasi, uning «loyihasi»dir. Kishi o‟z nutqi haqida o‟ylab, asosiy gaplarini 
belgilab oladi. Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 1 - sinfda reja 
rolini o‟qituvchi savollari, ya‟ni so‟roq gaplar tarzidagi reja bajaradi; 2 - sinfda reja 
jamoa o‟qituvchi rahbarligida tuziladi; 3 - sinfda esa mustaqil tuziladi. 
Boshlang‟ich sinflarda 3 - 5 talik reja tavsiya qilinadi. 
Bolalar avval o‟qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta 
hikoya qiladilar, keyin insho rejasini tuzadilar, so‟ng bir mavzuga oid bir necha 
rasm (rasmlar seriyasi) asosidagi insho rejasini, ya‟ni rasmli reja tuzadilar, inshoga 
sarlavha topadilar. Shundan so‟ng tasvirlangan voqea-harakatlar aniq ajratilgan, 
reja tuzishga qulay bo‟lgan rasm yoki kuzatishlar asosida yoziladigan insho 
rejasini tuzishga o‟tiladi. Reja tuzishga o‟rgatishda oldin nima haqida to‟xtalish, 
keyin uni qanday davom ettirish, undan so‟ng nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani 
qanday tugatish kerakligini o‟quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi. 
Reja avval so‟roq gap tarzida, keyin darak gap, oxiri nominativ gap tarzida 
tuziladi. 


19 
Reja ko‟pincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida (rasm 
asosida yoziladigan insho rejasi kabi) tuziladi. Ba‟zan rejani ekskursiya
kuzatishdan oldin, unga tayyorgarlik jarayonida tuzish maqsadga muvofiq. 
Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu ishlar bajarilishidan oldin 
yoki ular yuzasidan material to‟plash, insho uchun material tanlash va uni tartibga 
solish jarayonida tuziladi. Bunday reja insho yozishdan oldin ko‟rib chiqilib, unga 
ayrim aniqliklar kiritiladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin