Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


O’quvchilarni tarbiyalashda inshoning ahamiyati



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/28
tarix17.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
O’quvchilarni tarbiyalashda inshoning ahamiyati.Inshoning tarbiyaviy 
ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho ustida o‟quvchilar
qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g‟oyasiga ham bog‟liq. 
Insho bolalarni voqea-hodisalarni chuqur his etishga yordam beradi, izchil 
fikrlashga o‟rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini o‟stiradi. Bolalar eng 


16 
qiziqarli va o‟zlariga yaqin voqea-hodisalar haqida hikoya qiladilar va yozadilar, 
ularning inshosi mustaqil ishlash malakasini o‟stiradi, ommaviy faollikni oshiradi. 
Tanlangan mavzuning g‟oyaviy yo‟nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal 
qilishga imkon beradi.Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi
bolalarning hayoti, maktab, tug‟ilib o‟sgan qishlog‟i yoki shahri haqidagi, urush 
qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa qulay.Bu mavzulardagi insholar mehnat 
kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi. 
Insho jamiyat hayotini tushunishga o‟rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning 
yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga 
muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, 
hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashda bolalarga yordam beradi. 
Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish 
talab etiladi: 
1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og‟zaki va yozma inshoni 
muntazam o‟tkazib borish bilan o‟quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash. Mustaqil 
insho o‟quvchilar faolligini o‟stiradi. 
2. Inshoni hayot bilan bog‟lash. Bunda kuzatishlar asosidagi insho, kundalik 
yuritish, qilingan ishlar yuzasidan «hisobot» tarzidagi insho, xat, maqola, o‟qilgan 
kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. 
3. Insho uchun maktab va o‟qituvchining tarbiyaviy vazifalariga mos 
bo‟lgan mavzu tanlash. Bunday mavzularga mehnat haqidagi, kishilarning 
maqtovga loyiq ishlari haqidagi, axloqiy muammolar, Vatan haqidagi mavzular 
kiradi. Mavzuni o‟qituvchi maktab sharoiti va o‟z sinfi o‟quvchilarining 
xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlaydi. 
4. Insho ustida ishlashda ishning emotsionallik darajasini- ta‟sirini oshirish. 
Tabiatni obrazli, emotsional tasvirlash, qahramonlikni yoki foydali harakatni 
qiziqarli, ta‟sirchan qilib tasvirlash. 
Vatan so‟zida kishining bolalikda o‟sib-ulg‟aygan joyi tasviri ko‟z oldiga 
keladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat haqidagi insho 
yangi tarbiyaviy imkoniyatlarni ochib beradi: unda bolalar ishlab chiqarishdagi 


17 
muvaffaqiyat va qiyinchiliklar, ilg‟or kishilar haqidagi, kasb va mutaxassislik 
haqidagi, texnika haqidagi ma‟lumotlardan foydalanadilar. Ishlab chiqarishga 
ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog‟liq holda kasb haqida suhbatlashishga 
to‟g‟ri keladi va bu inshoda o‟z aksini topadi. Mehnat haqidagi insho gazetaga 
maqola shaklida yozilishi mumkin. Mehnat yoki ishlab chiqarish haqidagi insho 
mavzulariga «Bizning qishloq», «Karam uzish», «Bog‟da», «Bizning jamoa 
xo‟jaligimiz», «Pochtada», «Do‟konda», «Paxtakorlarga yordamimiz», «Bizning 
hashar», «Maktab yer uchastkasida», «Daraxt o‟tqazish» kabilar kiradi. «Men 
nimalarni bilaman» mavzusidagi tanlovga bolalar juda qiziqadilar.Tanlov 
bolalarning mehnat ko‟nikmalarini aniqlabgina qolmay, ularni uyda, polizda, 
bog‟da ishlashga rag‟batlantiradi.Maqsad kishilarga foyda keltiruvchi mehnatga 
hurmatni tarbiyalashdir.Qishloq maktab o‟quvchilari ota-onalariga sabzavotlar 
ekish, hosilni yig‟ish, o‟tin tayyorlash kabi ishlarda qanday yordamlashganliklari 
haqida yozadilar.Sinfda mehnat haqidagi insho muhokama qilinadi.Bolalar foydali, 
zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida mehnatning mohiyatini tushuntiradilar.Ular har 
qanday mehnat e‟zozlanishini aytadilar. 
Kelajak haqida «Kim bo‟lishni xohlayman?» mavzusida tayyorgarliksiz 
hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. 
Juda yaxshi yozilgan inshoni sinfda ifodali o‟qib berish va tahlil qilish 
bolalarni tarbiyalaydi. Ba‟zi maktablarda bolalar inshosi va hatto bolalar she‟rlari 
to‟plami tuziladi, yaxshi yozilgan hikoya uchun tanlov e‟lon qilinadi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin