47
Soliq kodeksining 229-moddasiga muvofiq, aktsiz solig‘i to‘lovchilari bo‘lib
quyidagi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig‘i solinadigan tovarlarni
(aktsiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz to‘lanadigan
tovarlarni import qiluvchilar;
Oddiy shirkat aktsiz to‘lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda,
oddiy
shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan
sherigi (ishtirokchisi).
Aktsiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aktsiz to‘lanadigan
tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qaroriga binoan aktsiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi mumkin.
Soliq kodeksining 230-moddasiga muvofiq, quyidagi operatsiyalar aktsiz
solig‘i solinadigan ob‘ekt hisoblanadi:
1) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:
tovarni sotish (jo‘natish);
garov bilan ta‘minlangan majburiyat
bajarilmagan taqdirda, garovga
qo‘yilgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan
topshirish;
aktsiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish;
aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga
yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki
hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga)
topshirish;
aktsiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda
boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga)
ayirboshlash uchun topshirish;
2) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav
kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi
bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;
48
3) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga
(muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan)
taqdirda yoki
yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan
topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan
aktsiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning
shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan
yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;
4) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga
topshirish, shuningdek ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu
jumladan aktsiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli
bo‘lgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab
chiqaruvchi tomonidan qayta
ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish;
5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni
o‘z ehtiyojlari uchun topshirish;
6) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston
Respublikasining bojxona
hududiga import qilish.
Soliq kodeksining 231-moddasiga muvofiq, aktsiz to‘lanadigan tovarlar
oluvchiga jo‘natilgan (topshirilgan) kun aktsiz to‘lanadigan tovarlarga doir soliq
solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir.
Garovga qo‘yilgan aktsiz to‘lanadigan tovarlar garovga qo‘yuvchi
tomonidan topshirilgan taqdirda, garov narsasiga bo‘lgan mulk huquqi o‘tgan sana
garovga qo‘yuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Import qilinayotgan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan
o‘tkazilgan sana ularga doir operatsiya amalga oshirilgan sanadir.
Aktsiz solig‘ini bazasi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Aktsiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat‘iy)
belgilangan aktsiz
to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aktsiz to‘lanadigan
tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida quyidagi formula bilan aniqlanadi:
49
S x A,
bunda:
S - tegishli o‘lchov birliklarida sotilgan mahsulotning fizik hajmi;
A - aktsiz solig‘ining qat‘iy stavkasi, o‘lchov birligiga so‘mlarda.
Aktsiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab
chiqarilayotgan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha realizatsiya qilingan aktsiz
to‘lanadigan tovarlarning aktsiz solig‘i hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i
kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Stavkalari foizlarda belgilangan aktsizlanadigan mahsulot bo‘yicha aktsiz
solig‘ining hisob-kitobini shartli misol tariqasida tahlil etamiz.
Aktsiz solig‘i summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
O x A / 100
bu yerda:
O – QQS va aktsiz solig‘i kiritilmagan narx;
A - aktsiz solig‘i stavkasi.
Yuqoridagi formuladan foydalanib quyidagi jadval ma‘lumotlarini
tahlil
etamiz (12-jadvalga qarang):
12-jadval
Dostları ilə paylaş: