52
Hisobga olinadigan aktsiz solig‘i summasi ustidan nazoratni amalga oshirish
uchun aktsiz osti xom ashyosi (mahsuloti)ni etkazib beruvchilar hisobvaraq-
fakturalarda yuklab jo‘natilgan xom ashyo (mahsulot) bo‘yicha aktsiz solig‘i
summasini ajratib ko‘rsatishlari kerak. Agar xarid qilinayotgan aktsiz osti xom
ashyo (mahsulot) bo‘yicha aktsiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada
ajratib
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u hisob-kitob yo‘li bilan hisoblab chiqarilmaydi va tayyor
mahsulot bo‘yicha hisobga olinmaydi. Soliq kodeksining 236-moddasiga muvofiq,
aktsiz solig‘ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va aktsiz solig‘ining
belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchilar soliq davri mobaynida joriy to‘lovlarni kiritish orqali
aktsiz
solig‘ini to‘laydilar. Aktsiz solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini aniqlash
uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat
soliq xizmati organiga joriy soliq davri uchun aktsiz to‘lanadigan
tovarlarni
realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan hajmi hamda aktsiz solig‘ining
belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan aktsiz solig‘ining summasi
haqida ma‘lumotnoma taqdim etadilar.
Aktsiz solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 25-kunidan kechiktirmay
yil choragi bo‘yicha aktsiz solig‘i summasining
uchdan bir qismi miqdorida
to‘lanadi. Aktsiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan
hajmidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan aktsiz solig‘i summasi soliq
davri uchun byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan aktsiz solig‘i summasiga nisbatan
10 foizdan ko‘proq
kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy
to‘lovlarni byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan aktsiz solig‘ining haqiqiy
summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.
Aktsiz
solig‘ini
to‘lash
hisob-kitoblarni
topshirish
muddatlaridan
kechiktirmay amalga oshiriladi. Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha aktsiz
solig‘ini to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda
amalga oshiriladi.
Aktsiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan import qilinadigan aktsiz
to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘i aktsiz markalari olinguniga qadar
53
to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi
hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek
uning bojxona hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli
ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan
tartibda aktsiz markalari bilan tamg‘alanishi shart.
Dostları ilə paylaş: