2-bob bo‟yicha xulosa - O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga
oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy muassasa joylashgan
joydagi davlat soliq xizmati organiga yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun
belgilangan muddatlarda taqdim etadi;
- soliq stavkasining pasayishi o‘z-o‘zidan kamayishiga olib kelmaydi.
Chunki soliq stavkasining pasayishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda
rag‘batlantiruvchi rol uynab, korxonaning boshqa iqtisodiy ko‘rsatgichlari bilan bir
qatorda soliqqa tortuvchi asosning ham o‘sishiga olib keladi;
- hozirgi kunda respublikamizda amal qilayotgan aktsiz solig‘ini ikkiga,
ya‘ni O‘zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni
ishlab chiqaruvchi yuridik shaxlardan olinadigan aktsiz solig‘iga hamda
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan aktsiz solig‘iga tortiladigan
tovarlar uchun yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan aktsiz solig‘iga
bo‘lishimiz mumkin;
- hisobga olinadigan aktsiz solig‘i summasi ustidan nazoratni amalga
oshirish uchun aktsizosti xom-ashyosi (mahsuloti)ni etkazib beruvchilar
hisobvaraq-fakturalarda yuklab jo‘natilgan xom ashyo (mahsulot) bo‘yicha aktsiz
solig‘i summasini ajratib ko‘rsatishlari kerak;
- soliq islohotlarini amalga oshirishda quyidagilarga e‘tibor qaratilmoqda:
bevosita va bilvosita soliqqa tortish ob‘ektlarining keskin ko‘paytirilishi (Masalan,
minimal ish haqini daromad solig‘iga tortish, yagona soliq stavkasini oshirish),
soliqqa tortish uslublarining o‘zgartirilishi; amaldagi soliq stavkalariga
o‘zgartirishlar kiritilishi; soliq to‘lovlari buzilishiga qat‘iy choralar joriy etilishi
kabilar.