yuridik shaxslarni soliqqa tortish jarayonining oziga xos xususiyatlari
3-bob bo‟yicha xulosa - soliq siyosatining cheklangan shart-sharoitlarini hisobga olgan holda
umumdavlat va mahalliy soliqlar optimalligini ta‘minlashda mulkiy soliqlarni
takomillashtirish yuridik shaxslar mol-mulkidan olinadigan soliq tushumlarini
oshirish muhim o‘rin tutadi;
- mol-mulk solig‘i resurs to‘lovlari singari soliqqa tortish tizimining
ajralmas qismi bo‘lib, uning funktsional vazifasi, asosiy fondlar hamda moddiy va
nomoddiy aktivlar hisoblangan resurslarning iqtisodiy samaradorligini minimal
chegarasini tartibga solishdan iborat;
- moliyaviy barqarorlashtirish muammosini hal etishda ahloqiy va siyosiy
fikr yuritishlar ahamiyatga ega bo‘lmaganligi uchun soliqlardan bo‘yin tortishda
soliq to‘lovchining iqtisodiy ahvoli ko‘pchilik hollarda hal qiluvchi ahamiyatga
ega bo‘ladi;
- soliqlardan qochish hodisasining tarqalishiga faqat alohida olingan soliq
to‘lovchilarning iqtisodiy ahvoligina ta‘sir qilib qolmaydi. Bu hodisaning
tarqalishiga umumiy iqtisodiy kon‘yunktura ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Chunki,
kon‘yunkturani hisobga olish, o‘z navbatida, ma‘lum darajada soliq yukining soliq
to‘lovchilar orasida o‘zaro taqsimlanishini o‘zgartirishi mumkin;
- soliq nazorati iqtisodiy tanazzul davrida yoki iqtisodiy kursning
o‘zgarayotgan paytida milliy hudud doirasida cheklanib, transmilliy kompaniyalar
va hamkorlikdagi (qo‘shma) korxonalar oldida qurolsiz bo‘lib qoladi. Bu narsalar,
o‘z navbatida, texnikaviy jihatdan soliqlardan qutilishga qulay sharoit yaratib
beradi;
- soliqlarning o‘z vaqtida va belgilangan summada to‘lamayotgan,
amaldagi soliq qonunchiligiga rioya qilmayotgan, soliqqa tortilishdan turli yo‘llar
bilan bo‘yin tortishga harakat qilayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan jazo
choralarini yanada keskinlashtirish va bu jazolarning qo‘llanilish muqarrarligiga
erishish.