Ўзбекистон банклари ассоциацияси



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/35
tarix19.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132347
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
yuridik shaxslarni soliqqa tortish jarayonining oziga xos xususiyatlari

1-taklif. Soliq to'lovchilar bilan ishlashda soliq solish tartibi va soliq tizimi 
xodimlariga nisbatan jamoatchilik fikrini o'rganib borish tizimini joriy etish. 
2-taklif. Amaldagi soliq kodeksining 197-moddasiga aosoan yagona soliq 
to'lovini to'lovchilar bo'lgan yuridik shaxslar soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi 
davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar 
bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq to'lovini 
to'lovchilar bo'lgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim 
etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qo'shilgan qiymat solig'ini 
to'lashi mumkin. Yil davomida kichik korxonalarning qo'shilgan qiymat solig'i 
to'lashga o'tishi yoki qaytishi xom ashyo materiallarga tegishli qo'shilgan qiymat 
solig'ini qayta hisob-kitob qilishni majbur qilib qo'yadi. Ushbu jarayondagi 
murakkablik va noaniqliklarni bartaraf etish uchun mukammal uslubiyat ishlab 
chiqish lozim. 
3-taklif. Qo'shilgan qiymat solig'ining soliq stavkasini 12 foiz miqdorida 
belgilashni taklif qilamiz va qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash uslubiyatini 
barcha uchun tushunarli hamda sodda tartibda ishlab chiqish zarur deb 
hisoblaymiz. 
4-taklif. Soliq kodeksining 360-moddasiga binoan qo'shilgan qiymat solig'i 
to'lovchilar uchun yagona soliq to'lovi summasi byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan 
qo'shilgan qiymat solig'i summasiga, lekin yagona soliq to'lovi summasining 50 
foizidan ko'p bo'lmagan miqdorga kamaytiriladi. Kichik korxonalarning ixtiyoriy 
asosda qo'shilgan qiymat solig'ini to'lashga o'tishida yagona soliq to'lovi bo'yicha 
taqdim etilgan ushbu chegirmaning miqdorini oshirish maqsadga muvofiq. 


69 
5-taklif. 2018 yil 1 yanvardan boshlab soliq kodeksining 22 va 54-
moddalariga ―insofli soliq to'lovchilar‖ tushunchasi kiritildi. Fikrimizcha ―insofli 
soliq to'lovchilar‖ tushunchasini ―namunali soliq to'lovchilar‖ deb nomlanishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
6-taklif. Yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga mol-mulklar (uy-
joy, avtomobil, dala hovli, er uchastkasi va boshqalar) foydalanishga berilganda 
daromad to'lash manbaidan hamisha ham belgilangan tartibda soliq undirish 
imkoni bo'lmaydi. Shuning uchun yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga 
ijaraga 
berilgan mol-mulklar 
bo'yicha 
ro'yxatdan o'tgan 
davlat 
soliq 
inspektsiyalariga alohida tartibda ma'lumotnoma berishni yo'lga qo'yish lozim. 
7-taklif. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i bo'yicha ishlovchilar 
umumiy sonida yoshlarning ulushdan kelib chiqib yuridik shaxslar uchun yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig'i summasini kamaytirish asosidagi imtiyozlarni 
takomillashtirish. 
8-taklif. Chekka hududlarda yashovchi aholiga quyosh batareyalarini 
o'rnatish orqali xizmat qo'rsatuvchi korxonalarga soliqlar va boshqa majburiy 
to'lovlar orqali rag'batlantirish tizimini joriy etish. 
Fikrimizcha, yuqorida berilgan takliflarni inobatga olinishi, yuridik 
shaxslarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirishga, mustahkam soliq 
to‘lovchilar sonininig ortishiga hamda davlat byudjetiga soliq tushumlarini 
barqaror tushishini ta‘minlashga olib keladi. 


70 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin