Binobarin, kuchning nuqtaga nisbatan momenti vektor,
moment markaziga
nisbatan kuch qo‘yilgan nuqta radius vektorini kuch vektoriga vektorli ko‘paytmasiga
teng bo‘lar ekan.
6. Kuchning o‘qqa nisbatan momenti.
𝐹⃗ kuchning z o‘qqa nisbatan momentini hisoblaymiz. Buning uchun z o‘qqa
perpendikulyar tekislik o‘tkazamiz va bu tekislikka 𝐹⃗ kuchni proeksiyalaymiz. 𝐹⃗
kuchning mazkur tekislikdagi proeksiyasi
𝐹⃗
1
bilan belgilanadi (1.15a-rasm).
O‘q va tekislikni kesishish nuqtasini aniqlab,
kuchning tekislikdagi
proeksiyasidan aniqlangan nuqtaga nisbatan moment hisoblaymiz. Hisoblangan
moment
𝐹⃗ kuchning z o‘qqa nisbatan momentini ifodalaydi. Agar, 𝐹⃗
kuchning z
o‘qiga nisbatan momentini 𝑀
𝑍
(𝐹⃗) bilan belgilasak, u quyidagicha ifodalanadi:
(1.6)
Demak, kuchning biror o‘qqa nisbatan momenti deb, kuchning shu o‘qqa
perpendikulyar tekislikdagi proeksiyasining o‘q bilan
tekislik kesishgan nuqtaga
nisbatan hisoblangan momentiga aytilar ekan.
O‘qqa nisbatan kuch momenti skalyar miqdordir. U musbat ishoraga ega bo‘ladi,
agarda z o‘qining musbat yo‘nalishidan qaraganda, kuchning tekislikdagi proeksiyasi
jismni soat milining aylanishiga teskari yo‘nalishda aylantirishga intilsa aks
xolda,o‘qqa nisbatan kuch momenti manfiy ishoraga ega bo‘ladi (1.15a,b-rasmlar).
1.15a -rasm
1.15b-rasm
Kuchning o‘qqa nisbatan momenti quyidagi hollarda nolga teng bo‘ladi:
1)
𝐹
1
= 0 bo‘lsa, ya’ni kuch o‘qqa parallel bo‘lsa.
2)
ℎ = 0 bo‘lsa, ya’ni kuchning ta’sir chizig‘i o‘qni kesib o‘tsa - yelka nolga
teng bo‘lsa.
1.15a-rasmdan
𝑀
𝑧
(𝐹⃗) = 2 𝑆
∆𝑂𝐴
1
𝐵
1
(1.7)
ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: