9
I BOB. Tavakkalchilikni boshqarishning nazariy asoslari
1.1 Boshqaruv ilmida tavakkalchilik tushunchasi va uning nazariy jihatlari
Umumjahon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilarmonlik
faoliyati to„g„risidagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlikka mulkiy mas‟uliyat
va o„zining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga
yo„naltirilgan fuqarolar va ular guruhlarining mustaqil, tashabbuskor faoliyati
deb ta‟rif beriladi.
Ko„p hollarda tadbirkorlik mustaqillik, tashabbuskorlik, mas‟uliyatlilik,
faol izlanuvchanlik, jo„shqinlik va chaqqonlik kabi xislatlar bilan tavsiflanadi.
Bu xislatlarning yagona jamlanmasi iqtisodiy faoliyatga xos bo„lib, to„liq asosli
holda tadbirkorlik yoki biznes deb ataladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda mehnat
yutuqlarini ta‟minlash uchun o„z hatti-harakatlarini takomillashtirib boradi,
chunki yutuqlar ishlab chiqarish texnologiyalari va tovar sifatini o„zgartirishga,
narx, iste‟molchilar doirasi va boshqa ko„plab omillarga bog‟liq bo„ladi.
Muammolar yechimining turli yo„llarini topish, tanlash va o„zgartirish
faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin bo„ladi. Shu sabab
tadbirkorlikning zaruriy sharti izlanishda va turli-tumanlik holatida iqtisodiy
faoliyatning usullarini tanlash erkinligida namoyon bo„ladi. Biznesni
tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas.
Tavakkalchilikning kuchayishi - bu mohiyatan tadbirkorlik erkinligining
aksi bo„lib, buning uchun o„ziga xos to„lov hamdir. Bozor munosabatlari
sharoitida yashab qolish uchun texnikaviy yangilanish, dadillik va jo„shqin
harakatga tayaniladi, bu esa o„z navbatida tavakkalchilikni kuchaytiradi. Demak,
bundan tadbirkor tavakkalchilikdan qochmasligi, balki uning darajasini baholay
bilishi va tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida uni boshqara bilishi lozimligi
kelib chiqadi.
Ishlab chiqarishning barcha sohalarida, ayniqsa kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikda tavakkalchilik holatini o„rganish foydani oshirishga keng
imkoniyat yaratadi. Sobiq ittifoqda boshqarish va iqtisodiyot nazariyasida
tavakkalchilik voqeligiga mutlaqo e‟tibor berilmagan. Shu sababli iqtisodiyot
10
katta yo„qotishlarga uchragan.
Yuqorida ta‟kidlanganidek, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi,
bozor munosabatlariga o„tishi iqtisodiyotga oid fanlar turkumiga “risk” –
tavakkalchilik tushunchasining kirib kelishiga sabab bo„ldi.
Hozirgi kunda, respublikamiz universitet va institutlarida umumiy “risk
menejmenti” bilan bir qatorda tarmoq va soha tavakkalchiliklari ham alohida fan
sifatida o„qitilmoqda.
Mavjud adabiyotlarda tavakkalchilikning xislat, xususiyat va elementlari
obyektiv va subyektiv jihatlari, o„zaro munosabatlari va mazmunini anglash
turlicha tavsiflangan.
Tavakkalchilikning mohiyati to„g„risidagi xilma-xil fikrlar ko„p hollarda bu
hodisaning serqirraligi, amalda mavjud xo„jalik faoliyati qonuniyatlarida uning
to„liq tan olinmasligi, shuningdek real iqtisodiy amaliyotda va boshqaruv
faoliyatida yetarlicha qo„llanilmasligi bilan sharhlanadi.
Bundan tashqari tavakkalchilik - bu bir-biriga mos kelmaydigan, ba‟zida
hatto qarama-qarshi real holatlar yig‟indisidan iborat murakkab jarayondir.
Tavakkalchilik tushinchasi rus tilidagi “risk” so„ziga ekvivalent sifatida olinadi.
Endi “risk” toifasidagi tushunchaga nisbatan mavjud ba‟zi-bir yondashuvlarni
qarab chiqamiz.
Shunisi diqqatga sazovorki, maxsus lug„atlarda (falsafa, harbiy, iqtisodiy
va h.k.z.) “risk” tushunchasi umuman uchramaydi. U hatto katta sovet
ensiklopediyasi va Sovet ensiklopedik lug„atining oxirgi nashrlarida, besh tomli
falsafiy ensiklopediya va falsafiy ensiklopedik lug„atda hamda “Ilmiy-texnik
taraqqiyot lug„ati” va boshqalarda ham uchramaydi. Tahlillar adabiyotlarda
“risk” to„risidagi tushunchaga omadsizlik yoki xavf-xatarga (xavf-xatar holati)
imkoniyat degan ta‟rif keng tarqalganligini ko„rsatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda
ham shunday hol ko„zatiladi.Jumladan, “Moliyaviy menejment” kitobida unga
quyidagicha ta‟rif beriladi: “Risk - tavakkalchilik - bu bashorat qilinayotgan
variantlarga nisbatan daromad ololmaslik yoki zararlarning paydo bo„lish
ehtimoliyatidir. “Zamonaviy biznesda tavakkalchilik” kitobida: tavakkalchilikka
11
ma‟lum bir ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida
qo„shimcha xarajatlarning paydo bo„lishi yoki daromadning olinmasligi hamda
tashkilot tomonidan o„z resurslarini yo„qotish ehtimolligini anglash deb ta‟rif
beriladi
2
.
Yuqorida keltirilgan barcha ta‟riflardan: “tavakkalchilikni xavf-xatar, zarar
ko„rish holati” - degan xususiy xislatini ajratib ko„rsatish mumkin bo„ladi. Lekin
keltirilgan ta‟riflar tavakkalchilikning barcha mazmuni va mohiyatini to„liq
ifodalay olmaydi.
“Tavakkalchilik” ta‟rifini to„liq belgilash uchun, oldin “tavakkalchilik
vaziyati” tushunchasiga ta‟rif berishimiz kerak, chunki bu bevosita
“tavakkalchilik” atamasi mazmuni bilan uzviy bog‟liqdir.
Biz rus lug„atida qabul qilingan “risk” so„zini “tavakkalchilik” deb tarjima
qildik. Bu atamaga yana ekvivalent o„zbek tilida «qaltislik» va «risk»ni o„zini
ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so„zi «Risk»ni to„la
mazmunini o„zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o„zbek tilida qaysi so„zni
tanlashni ko„rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun
imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb
ta‟rif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish
uchun imkoniyat yaratish yoki unga to„sqinlik qilishi mumkin.
Har xil vaziyat turlari ichida, tavakkalchilik vaziyati alohida o„rin tutadi.
Aksariyat iqtisodiy jarayonlarni amal qilish va rivojlanishi noaniqlik ya‟ni
mavhumlik elementlarga tayanadi. Bu esa bir xil yechimi bo„lmagan
vaziyatlarni yuzaga kelishiga asos bo„ladi.
Agar u yoki bu vaziyatni ehtimoliyati darajasini miqdor va sifat jihatdan
aniqlash imkoniyati mavjud bo„lsa u tavakkalchilik vaziyati bo„ladi.
Tavakkalchilik vaziyatlardan «chiqish uchun», subyekt tanlov o„tkazadi va
uni amalga oshirishga harakat kiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash
aynan shu jarayonda o„z ifodasini topadi. Subyektning faoliyat rejasi esa bu
jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o„z ifodasini topadi. Amalga
2
Xodiev B.Yu., Karlibaeva R.X., Akramova N.I. “Korporativ boshqaruv” T.: “Cho„lpon”, 2011. – B.302.
12
oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo„lganidek, amalga
oshirish bosqichida ham mavjud bo„ladi.
Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik konkret ziddiyatlarni noaniq
vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish
usuli bilan subyekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Bunday
sharoitda «Bozor va tavakkalchilik» kitobida keltirilgan «tavakkalchilik»
tushunchasining ta‟rifi ancha to„liq ifodalanadi. Tavakkalchilik- bu omadsizlik
holatida vaqtincha tanlovga qadar bo„lgan holdan ham yomon vaziyatda bo„lish
imkoniyati mavjud bo„lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat
(xatti-harakat)dir. Bu ta‟rifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda,
alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi.
Bizning fikrimizcha tavakkalchilikning ancha to„liq ta‟rifi «Tavakkalchilik
va uning jamiyat hayotidagi roli» kitobida berilgan.
Tavakkalchilik- bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf
etish bilan bog„liq jarayonda ko„zlangan natijalarga erishish omadsizlik va
maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati
mavjud holdagi faoliyatidir.
«Tavakkalchilik»- hodisasida uning mohiyatini tashkil etuvchi va o„zaro
bog„liq bo„lgan quyidagi asosiy elementlarini ajratib ko„rsatish mumkin:
-tanlangan muqobillikni (alternativni) amalga oshirish maqsadida
ko„zlagan maqsaddan chekinish mumkinligi;
-ko„zlagan natijaga erishishning ehtimolligi.
-ko„zlagan maqsadga erishish uchun ishonchsizlik (ishonchning yo‟qligi)
-muqobillikni noaniq sharoitdagi tanlovni amalga oshirish bilan bog„liq
moddiy, ma‟naviy va boshqa yo„qotishlarning mavjudligi.
Tavakkalchilikning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan
chekinish ehtimolini borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy
xislatda bo„lishi mumkin.
Ko„rsatib o„tilgan elementlar, ularning o„zaro bog„liqligi va o„zaro
ta‟sirchangligi tavakkalchilikning mazmun mohiyatida namayon bo„ladi.
13
Shu bilan bir qatorda tavakkalchilikga uning mohiyatini anglash imkonini
beruvchi bir qancha xislatlar xosdir.
Tavakkalchilikka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi xislatlar:
1.Qarama-qarshilik (zidlik)
2.Alternativlik (muqobillik)
3.Noaniqlik (mavxumlilik)
Qarama-qarshililik- tavakkalchilikning muhim xislatlaridan biri bo„lib u
turli qarashlarda namoyon bo„ladi.
Tavakkalchilik- faoliyatining xilma-xilligini ifodalar ekan, bir tomondan
tanlov muqarrarlik vaziyatida va noaniqlik sharoitidaligi murakkab uslublar
bilan umum ahamiyatga moyil natijalarni olishga yo„naltirilgan bo„ladi. Shu
bilan bir qatorda u konservatizm, do„g„matizm, qoloqlik kabi jamiyat
tarakkiyotga ruhiy to„siqlarni bartaraf etadi. Tugamoq bo„luvchi ruhiy
to„siqlarni bartaraf etadi va yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga
qarshilik jamiyat taraqqiyotiga tormoz qiluvchilarga qarshi muvoffaqiyatni
ta‟minlashga yo„naltirilgan yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga
tashabbuskor ijtimoiy eksprimentlarni yangi g„oyalarni amalga oshirishni
ta‟minlaydi.
Tavakkalchilikning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma‟naviy
ruhiy oqibatga sabab bo„ladi chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini
ta‟minlaydi, jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta‟sir etadi. Ikkinchi
tomondan, tavakkalchilik avaityurizm, valyuntarizm, subyektivizimga, ijtimoiy
taraqqiyotni tormozlashga olib keladi.
Tavakkalchilikning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal harakatlarning
to`qnashuvida namoyon bo„ladi. Masalan u yoki bu harakatni amalga oshirish
uchun maqbul yo„lni tanlagan kishi o„zini tavakkal ish qilgan deb hisoblasa,
boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik, har qanday tavakkalchilikdan xolis
yoki aksincha deb baholash mumkin.
Tavakkalchilikning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi
imkoniyatlar yo„nalishlar harakatlar orasidan o„ziga mos - keluvchi variantni
14
tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud bo„lmasligi,
tavakkalchilik holatini inkor etadi. Qayerdagi tanlov bo„lmasa u yerda tavakkal
harakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak tavakkalchilik mavjud bo„lmaydi.
Tavakkal vaziyatning aniq mazmuniga bog„liq xolda alternativlik turli
darajada murakkablikga ega bo„ladi va u turli usullarda hal etiladi. Agar oddiy
vaziyatlarda tanlov amalga to‟plangan tajriba va ichki xis-tuyg„uga asoslansa,
murakkab vaziyatlarda qo‟shimcha maxsus usul va uslublardan foydalanish
zarur. Tavakkalchilikni mavjudligi bevosita o„z mazmun shaklining xilma-xiligi
bilan farqlanuvchi noaniqliklar bilan bog„liq.
Tavakkalchilikning
bu
xislatiga
tavakkalchilik
manbaalarini
o„rganayotganimizda batafsil to‟xtalamiz. Bu erda biz faqat «tavakkalchilik»ni
ishonchsiz va bir xillikni inkor etuvchi noaniqlikni «bartaraf etish»usullari
sifatida qarab chiqamiz.
Tavakkalchilikni bu xislatiga e‟tiborni qaratishimizning muhimligi shundan
iboratki u noaniqlikning obyektiv va subyektiv manbaalarini inkor etadi va
boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, qolaversa gap qandaydir
noaniqliklarni to„liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo„lmagan),
balki ratsional alternativni tanlash maqsadida tavakkalchilikni hisobga olish
zarurati ustida ketmoqda.
Tavakkalchilik- bu mumkin bo„lgan noaniqliklarda ma‟lum hajmdagi
faoliyatni bajarish, ya‟ni bajariladigan ishlar natijasiga zarar yetkazuvchi har xil
ziyonlar yoki katta hajmda daromad olish imkoniyatidir
3
.
Ko„p hollarda tadbirkor ma‟lum bir tavakkal asosida ishlab chiqarishga
majbur. Majburiy tavakkalchilikda tavakkalchilikni boshqarish uchun mumkin
bo„lgan noaniqliklarni bartaraf etishga intilinadi. Iqtisodiyotning bozor
munosabatlariga o„tishida talab va va taklif munosabatlari orasida ham ma‟lum
bir tavakkalchilikga tayaniladi.
3
Sharifxo„jayev M., Abdullayev Yo.“Menejment”. Darslik. T.: “O„qituvchi”, 2001. – B.702.
|