Menejment va marketing


-rasm. Qarorlar o„rganish qabul qilishda tavakkalchilikni



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/24
tarix19.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#132557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish (1)

1-rasmQarorlar o„rganish qabul qilishda tavakkalchilikni
4

Noaniq qarshiliklar natijasida yuzaga keluvchi tavakkalchilik «Vis major» 
deyiladi. Ko„p hollarda noaniqliklar va tavakkalchilikni sinash tushunchalar 
deyiladi. Lekin (tavakkalchilik uchun) noaniqliklar ba‟zi hollarda tavakkalchilik 
sifatida ko„rinadi yoki ba‟zi bir noma‟lum hodisalarni paydo bo„lishida yoki 
paydo bo„lishi bizga noaniq vaziyat ehtimoli ko‟rinishida paydo bo„ladi. Amalda 
uzoq muddatli va qisqa muddatli tavakkalchilik mavjud. 
Uzoq muddatli tavakkalchilik qishloq xo„jaligi va uning tarmoqlarini rivoji 
bilan bog„liq bo„lib ko„p xollarda butun xalq xo„jaligi darajasida qabul qilinadi. 
Qisqa muddatli tavakkalchilik kon‟yunkturali hisoblanadi, ya‟ni ma‟lum 
vaqt davomida bajariladigan ma‟lum turdagi ishlarni bajarishda qabul qilinadi. 
Bundan tashqari tavakkalchilik o„zining mazmun va mohiyatidan kelib 
chiqib quyidagi turlarga bo„linishi mumkin: tarmoqlar bo„yicha tavakkalchilik 
va sohalar bo„yicha tavakkalchilik. 
Rivojlanish yo„lini tanlash sohasidagi tavakkalchilik to„g„risidagi masalalar 
ichki va tashki bozor muammolari bilan bog„liq holda qarab chiqiladi.
Mamlakat iqtisodiyotini ko„zlangan masalalarida uni bajarayotgan korxona 
maqsadga erisha olmasa, bu yuqori organlarning rejalashtirishdagi xatosi bilan 
emas, balki shu korxonaning rejalashtirishdagi kamchiliklar tufayli sodir bo„ladi, 
deb hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan yondoshilganida rejalar qanchalik puxta 
4
Сабиржанова Д., Туляганова Ш. Совершенствование корпоративного управления// Рынок, денги и 
кредит.-2006.-№3.-С.62-64 
Qarorlar qabul qilishda 2 turdagi tavakkalchilikni o‟rganishni taklif 
etiladi: 
 
Umumdavlat qarorlarini 
qabul qilish 
Mahalliy ahamiyatga 
molik qarorlar qabul 
qilish 


16 
ishlangan bo„lsa, tashkilot uchun tavakkalchilik shunchalik kam bo„ladi. 
Shunday qilib, ilmiy asoslangan rejalashtirish – bu tavakkalchilikning xatarli 
oqibatlarini kamaytirish usulidir. Shu bilan bir qatorda maxsus adabiyotlarda, 
rejalashtirish tavakkalchilikka qarshi kurash vositasi deb qaralmasligi lozim, - 
degan nuqtai nazar mavjud. Ilmiy asoslangan rejalashtirish – noaniqlarni 
kamaytiruvchi ishonchli omil hisoblansada, eng yaxshi reja ham, ijtimoiy 
iqtisodiy vaziyatdan yuzaga keluvchi noaniqliklarning barcha unsurlarini o„zida 
mujassamlashtira olmaydi. 
Ichki va tashqi bozor bilan bog„liq tavakkalchilik turlari bir-biri bilan 
mustaxkam aloqada bo„lgan, bir biriga ta‟sir etuvchi ko„plab umumiy unsurlarga 
ega. Shuning uchun tavakkalchilikning bu ikki turini birinchi navbatda ichki va 
tashqi bozor uchun xarakterli bo„lgan xislatlarini inobatga olib qarab chiqamiz. 
Ichki bozor bilan bog„liq tavakkalchilikning tashkil etuvchi muhim unsurlariga 
quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
-eski va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va strukturasini aniqlash 
bilan bog„liq tavakkalchilik (Biz bu masalani yangi va eski mahsulotlarni 
parallel 
ishlab chiqarishning afzalligi va kamchiliklari to„g„risida 
gapirganimizda ko„rib chiqqan edik); 
-mahsulot ishlab chiqarishda yangi mahsulot ulushini sezilarli darajada 
ortishini ilmiy tad qiq qilishni moliyalashtirish to„g„risida bir qarorga kelish 
bilan bog„liq tavakkalchilikni o„sishi (bu erda yangi ishlab chiqarilgan mahsulot 
talab darajasidagi sifatga javob bera oladimi? degan masalaga befarq bo„lib 
bo„lmaydi). O„zini oqlagan yangi texnologiya importi rivojlanish sohasidagi 
tavakkalchilikni pasaytiradi, shuningdek u ortiqcha foyda qismini saqlab qolish 
imkonini yaratadi (baho tarkibidagi tavakkalchilik ulushini kamaytirish 
hisobiga), chunki mahsulot bozorga baho egri chizig„ini ancha yuqori nuqtasida 
ekanlichidagi narxda boradi.
Ishlab chiqarish bilan bog„liq tavakkalchilik (ya‟ni tashkilot ixtiyorida 
ma‟lum bir davr davomida oldindan nazarda tutilgan sifat va miqdordagi ishlab 
chiqarish zahiralari bo„ladimi?) 


17 
-bozor bilan bog„liq tavakkalchilik (ya‟ni yangi va eski mahsulot taklifi 
to„lovga qobil talab miqdoriga mos keladimi?) 
Xarajat va narx bilan bog„liq tavakkalchilik (ya‟ni oldindan hisoblangan 
yoki past narxda sotilganda to„lovga qobil talab mahsulotga bo„lgan ehtiyoj 
xarajatlarini qoplaydimi? va haqiqiy xarajatlarni hisobga olganda daromad olish 
mumkinmi) 
Korxonani rivojlantirish sohasiga oid qaror qabul qilishda ko„proq darajada 
xalqaro mehnat taqsimoti va uning ehtiyojiga tayanish lozim bo„ladi. Buning 
mazmuni shuki, nafaqat bizdagi mavjud moddiy resurslar birinchi navbatda 
ichki ehtiyojlarni qoldirish zaruratidan kelib chiqqan holda balki xalqaro 
iqtisodiy tendensiyalarini, ulardan foydalanish, nisbatan qulaylik darajasini 
hisobga olib taqsimlanishi lozim. 
Boshqacha qilib aytganda mavjud resurslar ma‟lum darajadagi noaniqlikda 
baholanuvchi tashqi omillarni o„rganish asosida taqsimlanishi va qayta 
taqsimlanishi lozim. 
Barcha bu dalilsiz baholar o„z ichiga xilma-xil tavakkalchilik elementlarini 
oladi: aynan kutilgan va kutilmagan hodisalarni kelgusida sodir bo„lish yoki 
bo„lmasligi bilan bog„liq tavakkalchilik, (har xil teng sharoitda) oldindan 
baholash tizimidagi o„zgarishlar imkoniyati bilan bog„liq tavakkalchilik
foydalanilayotgan oldindan baholash davomidagi axborotlarning aniqligi bilan 
bog„liq tavakkalchilik. 
Agar ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarilsa va u yangi mahsulot bo„lsa 
u holda bu mahsulot iste‟molchi tomondan faqatgina ishlab chiqarishda 
texnologik qayta ko„rishdan so‟nggina foydalanilishini hisobga olish lozim. 
Shuning uchun yangi uskunalarni olish, uni o„zlashtirish uchun zarur bo„lgan 
kapital qo‟yilmani qo„shimcha xarajatlar va iste‟molchi tomonidan bu 
xarajatlarni qoplash manbaalarini hisobga olish zarur. 
Agar gap an‟anaviy mahsulotlar ustida borsa, u xolda texnologiyani 
yangilash, ancha zamonaviy yoki ancha arzon mahsulot ishlab chiqarishga sabab 
bo„ladi. 


18 
Kundalik ehtiyoj mollari ustida gap borsa (tekistil, tamaki, oziq-ovqat va 
kiyim-bosh tovarlari), yangi mahsulotni bozorda paydo bo„lishi va bozorni bu 
tovar bilan to„yinishi, ularni sotishda qiyinchilik tug„diradi. 
Eski mahsulot ishlab chiqarilgan holatda bunga qo„shimcha iste‟mol 
strukturasini o„zgarishi ham qo„shiladi. 
Raqobatchilarning ishlab chiqarishni rivojlantirishlari yo„nalishidagi 
imkoniyatlari to„g„risidagi axborotlardan doimo xabardor bo„lib turish lozim va 
bu axborotlarni quyidagi uch manbaadan olish mumkin: 
-chet ellardagi ilmiy tadqiqotlar axborotidan; 
-kapitallar to„g„risidagi axborotlardan (qimmatli qog„ozlar va aksiyalar 
chiqarishga yo„naltirilgani); 
-dotatsiya, imtiyoz va davlat subsidiyalari to„g„risidagi ma‟lumotlardan 
(davlat tomondan qo„llab quvvatlanuvchi ilg„or mahsulotlarni ishlab chiqarish 
texnologiyasini ishlab chiqish bilan bog„liq tadqiqotlar). 
Tavakkalchilikni boshqarish bu qandaydir darajada tavakkal vaziyatlar 
sodir bo„lishi imkoniyatini bashorat qiluvchi hamda ularning salbiy oqibatlarini 
bartaraf etish imkonini beruvchi tadbirlar, usullar va uslublar jamlanmasi deb 
ta‟rif beriladi. Tavakkalchilikni boshqarish bir tizim sifatida 2 kichik tizimdan 
tashkil topadi. Unga boshqariluvchi quyi tizim (boshqaruv obyekti) va 
boshqaruvchi quyi tizim (boshqaruv subyekti) kiradi. 
Tavakkalchilikni boshqarish tizimida boshqaruv obyekti bo„lib kapital 
kiritishning tavakkalchiligi va tavakkalchilikni amalga oshirish jarayonlari 
xo„jalik subyektlari (tadbirkor va raqiblar, raqobatchilar, qarz oluvchi va qarz 
beruvchilar, 
sug„urtachi 
va 
sug„urtalanuvchilar) 
orasidagi 
iqtisodiy 
munosabatlarga aytiladi. 
Bu sohada tadbirkorning asosiy vazifasi-loyiha qanchalik daromadli bo„lsa, 
uni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasi shunchalik yuqori bo„lishidan 
kelib chikib, mazkur loyiha uchun daromad va tavakkalchilikning birikuvini 
optimal darajada ta‟minlovchi harakat variantini topishdan iborat bo„ladi. Bu 
yerda shuni qayd etish lozimki, ilmiy jarayonning ajralmas bo‟lagi bo„lgan 


19 
· kuchaygan tavakkalchilik sohalarini aniqlash; 
· tavakkalchilik darajalarini baholash; 
· tashkilot uchun mos keluvchi tavakkalchilik darajasini taxlil qilish; 
· zarur vaziyatlarda tavakkalchilik darajasini pasaytirish yoki undan 
himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqish; 
· tavakkalchilik hodisasi sodir bo‟lganida undan ko‟rilgan zararni maksimal 
darajada qoplash bo‟yicha tadbirlar ishlab chiqish. 
tavakkalchilikning mavjudligi, shuningdek, bu sohada qo„llanilayotgan 
boshqaruvga ta‟sir vositalari shunga olib kelmoqdaki, tavakkalchilikni 
boshqarish qator hollarda maxsus mustaqil kasbiy faoliyat sifatida namoyon 
bo„lmoqda. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin