1.2 Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarishning turli yondashuvlar
Tadbirkor uchun tavakkalchilikdan ko„rilgan zarar va foyda nisbatan
qoniqarli bo„lsagina tavakkal qilish tug„risida bir qarorga kelish mumkin. Bu
yerda shuni ta‟kidlash lozimki, har bir yuqorida qayd etilgan nisbatni mos
kelgan har bir aniq vaziyati xilma xil bo„lib u ko„plab omillarga ya‟ni mulkiy
6
Мартин Г., Хетрик С. “Корпоративные репутации, брендинг и управление персоналом”. Учебник. М.::
«Группа ИДТ», 2013. – 23-с.
O‟z kapitalingiz imkoniyatidan ortiq xavf-xatarga yo‟l qo‟ymang
Tavakkalchilik oqibati to‟g„risida o‟ylab ko‟ring yoki yetti
o‟lchab bir kesing
2
3
1
Tavakkalchilik darajasi, uni baholash va pasaytirish qoidalari
21
xolatga tadbirkorning tavakkalchilik xavf-xatari sohasidagi siyosati, taktika va
strategiyasi loyiha vazifa va maqsadlariga bog„liq bo„ladi. Vaholanki,
mas‟uliyatining bu masalasi ham iqtisodiy va huquqiy jihatlar mavjud. Xo„jalik
qarorlari bilan bog„liq tavakkalchilikdagi mas‟uliyat masalalari, amaliy tajribalar
va bu sohada to„plagan tajribalar to‟g„risida batafsil to„xtalamiz.
Tavakkalchilik tushunchasi tabiiy fanlarda aniqlab o„z ta‟rifini topgan
hamda matematik formulalarda ifoda etilgan. Ammo iqtisodiyot o„ziga xos
xislat va xususiyatga ega. Shuning uchun «xo„jalik tavakkalchiligi» degan
maxsus atamani ta‟rifini berishimiz zarur. Keyingi yillarda ko„plab maqola va
ilmiy ishlarda mualliflar tashkilotning xo„jalik faoliyati, rejalashtirish, bozor
mexanizmi, talab va taklif munosabatlarini qarab chiqishda xo„jalik
tavakkalchiligi masalalariga katta e‟tiborni qaratmoqdalar. Biz ko„plab hollarda,
ilmiy xulosalarda yuqorida aytib o‟tilgan sohalarda qarorlar qabul qilishda
tavakkalchilik elementlarini hisobga olish zarurligini va xatto uni maqsadga
muvofikligini qayd etilgashini ko„zatdik. Aksariyat mualliflar texnikaviy va
xo„jalik qarorlarini qabul qilishni tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo„lmaydigan
g„oyani ilgari surmoqdalar chunki tavakkalchilikni tan olmaslik, rivojlanishga
sun‟iy to„siq qo„ygan bilan barobardir. Biz ishlari bilan tanishgan yana bir guruh
mualliflar: tavakkalchilikning mohiyati-maqsadiga erishishda ko„riladigan
zararda emas. Balki maqsadga erishish uchun yo„nalishni o„zgartirish to„g„risida
qabul qilingan qarorlar uchun yaratilgan imkoniyatda degan g„oyani ilgari
suradilar. Tavakakalchilik tushunchasini ko„rinishi mumkin bo„lgan zarar
imkoniyati darajada tor ma‟noda talqin qilinishi uni iqtisodiy sohada to„g„ri
qo‟llanilishini ancha cheklab qo„yadi.
Shuni ham qayd etish lozimki, ba‟zi iqtisodchilar so„zma-so„z
«tavakkalchilik» va «noaniqlik» terminlar tushunchalari orasidagi farqni
izlashadi. Noaniq vaziyatlardan tavakkalchilik vaziyati sifatida sodir bo„lishi
ehtimoli bo„lgan va hatto baholangan noma‟lum hodisalar qaraladi. Ayni paytda
sodir bo„lishi ehtimolini oldindan bilmagan noaniq vaziyatlar endi biz an‟anaviy
usullar bilan bartaraf etolmagan vaziyatlarni - «noaniqlik» deb ataymiz. Bundan
22
ancha mashhur bo„lgani «vis major» (yengilmas to„siq) bo„lib, uning sodir
bo„lishi hamma vaqt to„la tasodifdir.
Shuni qayd etish lozimki, rejalashtirilgan kelgusi natijalardan chekinish
hamma vaqt zarar ko„rish bilan bog„liq bo„lmay, goho qo„shimcha daromad ham
keltiradi. Shunga ko„ra daromad tavakkalchiligi ham mavjud bo„lib, u xarajatlar
qilish tavakkalchiligi bilan bir katorda namoyon bo„ladi va qo„shimcha daromad
(foyda) olishdagi tavakkalchilik darajasini baholash imkonini beradi.
Iqtisodiy o„sishda tasodifiy omillar ta‟sirini tan olinishi, kutilgan vaziyatni
sodir bo„lishini orqaga surishi, yoki uni mazmun-mohiyatini o„zgartirishi
mumkinki, u o„z-o„zidan kun tartibiga, xo„jalik tavakkalchiligi muammolarini
qo„yadi. Iqtisodiyotni davlat boshqaruvi sharoitida 2 turdagi xo„jalik
tavakkalchiligi mavjud, aynan xalq xo„jaligi tavakklchiligi (global,umumiy) va
tashkilot doirasidagi tavakkalchilik (lokal, mahalliy) bo„lib, ular dialektik
yagona qarama-qarshilikda turadi, bir-birini to‟ldiradi, bir-biriga ta‟sir etadi,
ayni paytda ma‟lum darajada avtonom holda uchraydi. Ular shuningdek, o„zaro
qarama-qarshi mayl, rag„batlarni tashuvchi hamdir, ayniqsa u iqtisodiy muhit
ikkala tavakkalchilik vaziyatini vujudga keltirish uchun bir xil imkoniyat
yaratganda yaqqol namoyon bo„ladi. Tavakkalchilik elementlarini paydo bo„lish
imkoniyatlari nafaqat yirik yo„qotishlarda ifodalanadi, balki birinchi navbatda
katta daromad olishda ham gavdalanadi, shuning uchun ham barcha xo„jalik
rahbarlari tavakkalchilikka borishadi. Bir xil sharoitda olinadigan katta
daromad-jadval rivojlanish natijasidir.
Moliya bilan bog„liq tavakkalchilik- bu ehtimol qilinadigan moliyaviy
zararlar bo„lib, u o„z navbatida investitsiya va pulning sotib olish qobiliyati
bilan, shuningdek:
-inflyatsiya;
-valyuta bilan bog„liq bo„lgan tavakkalchilik turlariga bo„linadi.
Inflyatsiya bilan bog„liq tavakkalchilik – bu olingan daromadlarning qadri
yuqori inflyatsiya oqibatida tezroq qadrsizlanishini bildiradi.
23
Valyuta bilan bog„liq tavakkalchilik- bu chet el valyutasi kursining
o„zgarishi oqibatida ko„riladigan katta zararni bildiradi. Bu tavakkalchilik
eksport-import operatsiyalarini, shuningdek, valyuta operatsiyalarini baholashda
o„ta zarurdir.
Investitsion tavakkalchilik o„z o„rnida quyidagi turlarga bo„linadi:
7
Tizimli tavakkalchilik- u yoki bu bozorda konyukturaning yomonlashishi
yoki tushib ketishi oqibatida ehtimol qilinadigan zarar. Bu tavakkalchilik
investitsiyani aniq bir obyektga emas, balki muayyan bozor (masalan, valyuta
bozori, ko„chmas mulk bozori va boshqalar) uchun barcha qo„yilgan mablag„
bo„yicha tavakkalchilikni ifodalaydi. Bunda investor katta zarar yetkazmasdan
turib o„z mablag„ini qaytara olmaydi.
Tizimli tavakkalchilik usulida investitsiyani qaysi bir aktivga tavakkal qilib
sarflash maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
Selektiv tavakkalchilik- u yoki bu bozorda investitsiya obyektini noto„g„ri
tanlab olinishini oqibatida ko„riladigan tavakkal zarar yoki boy berilgan naf.
Masalan, qimmatli qog„ozlar portfelini shakllantirishda fond birjasidagi
qimmatli qog„ozlarni noto„g„ri tanlash oqibatida ko„riladigan zarar shunday
tavakkal turiga kiradi.
Kredit tavakkalchiligi- qarz olgan tomonning o„z majburiyatlarini to„lay
olmaslik xavfi. Bank yaxshi foyda ko„rishi uchun kreditlash xavfini kamaytirishi
shart. Bank hamisha qarzning o„z vaqtida va foiz bilan qaytib kelishi qay
darajada mumkinligini nazarda tutib tavakkalga boradi. Bunday tavakkalchilikka
kreditni to„lash muddatini kechiktirish yoki obligatsiyalarga to„lashni
“muzlatib” qo„yish misol bo„ladi.
Korxona tavakkalchiligi investitsiya obyekti bo„lgan aniq korxona faoliyati
bilan bog„liq. Garchi bu tavakkalchilik tarmoq va regional tavakkalchiliklar
ta`siri ostida bo„lsada, undagi tavakkal darajasi korxonaning bozordagi mavqei,
doimiy mijozlar (iste`molchilar)ning bo„lishi, ishlab chiqarilayotgan
7
Мартин Г., Хетрик С. “Корпоративные репутации, брендинг и управление персоналом”. Учебник. М.::
«Группа ИДТ», 2013. – 33-с.
24
mahsulotning sifati va boshqalarga bog„liq.
Tavakkalchilikni hisobga oluvchi rejalashtirilgan tadbirda ijobiy natijaga
erishishni ta‟minlovchi sharoit yaratish murakkab ish. Bu sharoit birinchi
navbatda iqtisodni boshqarish tizimi bilan belgilanadi.
Davlat tomonidan boshqariluvchi iqtisodiyotni boshqarish tizimida katta
rolni (katta hajmda) tashkilotlar o„ynaydi. Ular nafaqat o„zlari ishlab
chiqaruvchi mahsulotlar miqdorini belgilaydi, ya‟ni kelgusida ularni sotilishga
tavakkalchilikga boradi va shuning uchun ham tashkilot rivoji uchun
yo„naltirilgan bir qism mablag„ ularning xususiy qarorlari ixtiyorida bo„ladi.
Xozirgi vaqtda iqtisodiy shart sharoit tashkilot darajasida, shuningdek xalq
xo„jaligining barcha darajasida, jadal rivojlanish bilan bog„liq tavakkalchilikni
qabul qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Lekin bunday xulosa bizni o„ta noto„g„ri yo„nalishga olib borishi mumkin.
Bir tomondan u xalq xo„jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirishda
kon‟yunktura imkoniyatlardan foydalanish va uni ta‟rifini o„z ichiga olmaydi,
ikkinchi tomondan tashkilot oldida istiqbolli rivojlanishni to„sib qo„yadi. Xalq
xo„jaligining barcha tarmog„i, alohida tashkilot rivoji uchun bunday xulosaning
naqadar salbiy ekanligini quyidagi misolda aniq qurish mumkin.
Tashkilot ishlab chiqarishdagi o„zining tutgan o„rnidan kelib chiqib,
kon‟yunkturaviy o„zgarishlarga jadal moslashadi. Lekin u faqatgina barqaror
kon‟yunkturaviy intilishlardan o„zining joriy rejalarini amalga oshirishda
foydalanadi.
Qaror qabul qilishning bu jarayoni nafaqat o„z imkoniyatlarini hisobga
olishga tayanishi, balki shunday strategiyani ishlab chiqishi kerakki, u
«hamkor»lar, hamda raqiblarning xatti harakati va qabul qilishi mumkin bo„lgan
qarorlarini ham hisobga oladi. Faqat bunday mo`ljallarni obyektiv baholash
orqaligina tashkilotni kelgusi muvaffaqiyatini ta‟minlash mumkin.
Bu tavakkalchilik eng sodda qarordan tortib eng murakkab qarorgacha
barchasini ajralmas xislati ekanini yaqqol namoyon etadi.
|