o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. Qonun lokal sharoitlarga nisbatan invariant, lekin u
bazis sharoitlarga nisbatan invariant emas.
Masalan, Arximed qonuni uchun suyuqlik va unga solingan jismning, og‘irlik
kuchining mavjudligi bazis sharoitlar hisoblanadi.
Bu sharoitlarga nisbatan
Arximed qonuni noinvariantdir: ular mavjud bo‘lmasa, qonun amal qilmaydi. Bu
erda suyuqlikning tarkibi va solishtirma og‘irligi, jismning fizik tuzilishi va shakli
lokal sharoitlar hisoblanadi. Ularga nisbatan qonun invariantdir. Ammo uning amal
qilishi turli natijalarda aks etishi mumkin: ayrim hollarda jism suvda suzadi, ayrim
hollarda esa – u cho‘kib ketadi.
Odamlar qonunlarning amal qilish sharoitlarini o‘zgartirib, ulardan o‘zlari istagan
natijalarga erishish uchun foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Yangi bazis
sharoitlarni yaratish yo‘li bilan esa ular ayrim qonunlarning amal qilishini
to‘xtatish va boshqa qonunlarni amalga kiritishga qodirlar.
Hodisalarning
muntazamligi,
takroriyligida
qonunlarning
amal
qilishi
(shuningdek fenomenlogik qonun, empirik bog‘lanish) qonuniyat-deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: