3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/35
tarix19.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#132633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja

Ziddiyatlar – narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno 
etish va bir-biriga o‘tish munosabatlaridir. Ziddiyatlar borliqning barcha 
hodisalari va jarayonlariga xos bo‘lib, o‘zgarish va rivojlanishning manbai
harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni shu sababli ziddiyat dialektik 
ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh kategoriya hisoblanadi. 
Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki ularning tarqalish 
jarayoni hamdir. Shu tufayli ham, Gegel g‘oyalariga asoslanib, ziddiyat 
tarqalishining quyidagi bosqichlari (fazalari) farqlanadi: ayniyat, tafovut, qarama-
qarshilik, ziddiyat va asos (ya’ni ziddiyatning echilishi).
Dialektik ziddiyat – bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita 
birligidirQarama-qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi bo‘g‘inlar esa 
– ularni echish mexanizmidir. Quyidagi faktlar bog‘lovchi bo‘g‘inlar roli va 
qarama-qarshiliklar 
tushunchasiga 
misol 
bo‘lishi mumkin: Irsiyat va 
o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi holati, balki 
o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi genetik kod 
bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‘ta boy va o‘ta 
qashshoq qatlamlari qarama-qarshiliklari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini 
o‘rta sinf bajaradi. O‘rta sinf mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil etishi 
lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror bo‘lishini Aristotel qadim 
zamonlardayoq qayd etgan edi. Zero, mayda mulkdorlar olgan daromadining bir 
qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor kon’yunkturasini o‘rganadi va 
unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi. Yana 
bir misol – shaxs va jamiyat munosabatlari. Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-
qarshiliklar hisoblanadi, shaxs a’zo bo‘lgan ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida 
bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi. Bu va boshqa dalillar bilishda ichki 
qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham, bog‘lovchi bo‘g‘inlarni ham hisobga olish 
muhim ekanligini ko‘rsatadi. XX asr 30-yillarining boshida ingliz fizigi Pol Dirak 
pozitronlar, ya’ni elektronlarga o‘xshash, lekin musbat zaryadga ega bo‘lgan 
zarralar mavjudligini bashorat qildi. Garchi olim o‘z nazariyasida biron-bir xato 
topmagan bo‘lsa-da, aksilzarralar mavjudligiga uning ishonchi yuq edi.
Shunday qilib, qarama-qarshiliklar aloqasi va ziddiyatlarni echishning bir-biri bilan 
bilvosita bog‘liqligi umumiy xususiyat kasb etadi, aloqa usuli esa bog‘lanish 
xususiyati bilan belgilanadi. Bog‘lovchi bo‘g‘inlarning o‘zi ziddiyat qarama-
qarshi a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin