bog‘lanishlar, narsalarning ob’ektiv belgilanganligi chiqarib tashlanadi: dunyoda
faqat tasodif hukm suradi.
Ilmiy dunyoqarash birinchi nuqtai nazarni ham, ikkinchi nuqtai nazarni ham tan
olmaydi. Zaruriyat va tasodif alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi. Ularning o‘zaro
aloqasi shundan iboratki, tasodif zaruriyatning namoyon bo‘lish shakli sifatida va
uning to‘ldiruvchisi sifatida amal qiladi. Masalan, mamlakatda amalga
oshirilayotgan islohotlar zaruriy xususiyat kasb etadi. Ularda bu islohotlarni yo‘lga
soluvchi muayyan siyosiy arboblar tasodifiy element hisoblanadi.
Zaruriyat va tasodif dialektikasi ikki muhim jihatni nazarda tutadi. Birinchidan,
tasodif rivojlanish jarayonida zaruriyatga aylanishi mumkin (u yoki bu biologik
turning qonuniy belgilari avval tasodifiy og‘ishlar sifatida paydo bo‘ladi va
to‘planib boradi, so‘ngra ularning asosida tirik organizmning zaruriy sifatlari
shakllanadi). Ikkinchidan, zaruriyat son-sanoqsiz tasodiflar orqali o‘ziga yo‘l
ochadi. Masalan, jamiyatning rivojlanishi turli maqsadlarni ko‘zlovchi, fe’l-atvori
har xil bo‘lgan kishilar faoliyati bilan belgilanadi. Bu maqsadlar va intilishlarning
bog‘lanishi, chatishuvi va to‘qnashuvi pirovard natijada rivojlanishning zaruriy,
muqarrar xususiyatga ega bo‘lgan muayyan yo‘nalishiga olib keladi.
Dialektikaning barcha qonunlari va kategoriyalari kabi, zaruriyat va tasodif
ob’ektiv voqelikni bilishning tayanch nuqtalari hisoblanadi. Bu kategoriyalarning
funksiyalari teng qimmatga ega emas. Bilishda tasodif doim boshlang‘ich
instansiya sifatida, zaruriyat – maqsad sifatida amal qiladi. Bilish faoliyati
tasodifdan zaruriyat sari yuksalish tarzida yuz beradi. Zaruriyat va tasodif
tushunchalariga ta’rif berishda odatda imkoniyat kategoriyalariga tayanadilar. Shu
sababli u yuz berishi yoki yuz bermasligi mumkin. Zaruriyat va tasodifning
qarama-qarshiligi – ichki va tashqi narsalar qarama-qarshiligidir. Tasodif – tashqi
omillar bilan belgilanadigan aloqa tipidir.
Dostları ilə paylaş: