Axborot kommunikatsion texnologiyalar


§ Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘llari



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/82
tarix19.06.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#132647
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

 
2.1§ Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘llari 
Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini 
mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan chambarchas 
bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil 
etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va 
uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeini belgilaydi.
Axborot sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishning 
strategik yo‘nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi 
maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi. Shu bilan birga davlat 
axborot siyosati mamlakatning tashqi va ichki siyosatining asosiy tashkil etuvchisi 
hisoblanadi hamda jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oladi. 
Xavfsiz tizimda tegishli apparat va dasturiy vositalardan foydalanib
axborotni o‘qish, yozish, hosil qilish va o‘chirish huquqiga ega shaxslar yoki ular 
nomidan amalga oshiradigan jarayonlar orqali axborotdan foydalana olish 
boshqariladi. 
Ma’lumki, mutlaqo (absolyut) xavfsiz tizimlar mavjud emas, lekin «ishonish 
mumkin bo‘lgan tizim» ma’nosidagi ishonchli tizimlardan foydalaniladi.
Yetarlicha apparat va dasturiy vositalardan foydalanib, bir vaqtning o‘zida 
turli maxfiylik darajasidagi ma’lumotlarni foydalanuvchilar guruhi tomonidan 
foydalanish huquqlarini buzmagan holda qayta ishlash imkonini beruvchi tizim 
ishonchli hisoblanadi. 
Ishonchlilikni baholovchi asosiy mezonlar - bu xavfsizlik siyosati va 
kafolatlanganlikdir. 
Xavfsizlik siyosati - xavfsizlik obyektlari va subyektlarining berilgan 
ko‘pligining xavfsizligini ta’minlash protseduralari va mexanizmlarini belgilovchi 
qoidalar to‘plami. Tizim xavfsizligini ta’minlashning aniq mexanizmlarini tanlash 
qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. 


22 
Axborotni muhofaza qilish keng ma’noda axborot xavfsizligiga tahdidni 
oldini olish va ularning asoratlarini yo‘q qilishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy va 
texnik choralar kompleksini bildiradi. Axborotni muhofaza qilish axborotga 
bo‘lgan salbiy ta’sir manbalarini hamda sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf 
etish ma’nosini anglatadi. Bu manbalar axborot xavfsizligiga tahdidlarni tashkil 
etadi. 
Axborotni muhofaza qilish quyidagilarga yo‘naltirilgan: 
­ axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tahdidlarning oldini olish; 
­ tizimli tahlil va nazorat orqali real va ehtimoli katta bo‘lgan tahdidlarni 
aniqlash va ularni o‘z vaqtida oldini olish choralari; 
­ aniq tahdidlar va jinoiy harakatlarni aniqlash maqsadida tahdidlarni topish; 
­ jinoiy harakatlarni bartaraf etish, shuningdek aniq jinoiy harakatlarni 
hamda tahdidlarni yo‘q qilish bo‘yicha choralar ko‘rish; 
­ tahdid va jinoiy harakatlarning oqibatlarini yo‘q qilish va mavqeini 
saqlash. 
Ushbu barcha usullarning maqsadi axborot resurslarini noqonuniy 
tahdidlardan himoya qilish va quyidagilarni ta’minlashdan iborat: 
­ konfidentsial axborotlarning tarqalib ketishini oldini olish; 
­ konfidentsial axborot manbalariga noqonuniy kirishni taqiqlash; 
­ axborotning butunligi, to‘liqligi va undan foydalana olishni saqlash; 
­ axborot konfidentsialligiga rioya qilish
­ mualliflik huquqlarini ta’minlash. 
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, axborotni muhofaza qilish deganda davlat, 
jamiyat va shaxslarning axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan usul, 
vosita va choralar majmuini tushunish mumkin. 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin