54
qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 93,9 foizi) amalga oshirilgan
bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 106,6 foizga ko‗payganligi kuzatiladi.
Bozor munosabatlari sharoitida oilaning iqtisodiy funktsiyalariga uy
xo‘jaligi, iste‘molchi, ishlab chiqaruvchi, ishchi kuchi
va investor sifatiga qarash
mumkin. Oilaning mazkur jamiyatdagi funktsiyalari ijtimoiy va iqtisodiy
jarayonlarda qator muammolarni hal qilishga hamda malakat ishlab chiqarish
jarayonlarining jadallashuviga xizmat qiladi.
2012 yil 26-apreldagi O‘RQ-327 sonli qarori bilan ―Oilaviy tadbirkorlik
to‘g‘risida‖gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonun normalari bilan
mamlakatimizda bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish
jarayonida
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining kam tahminlangan,
lekin iqtisodiy faol qatlamini bu sohaga keng jalb etish, ularda tadbirkorlik
ko‘nikmalarini shakllantirish, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
orqali yoshlar va ayollar, umuman mehnat bilan band bo‘lmagan aholi qatlami o‘z
ishini yo‘lga qo‘yishi uchun qulay shart-sharoit yaratilgan. Oilaviy tadbirkorlik
sohasida, ayniqsa, qishloq joylarda barqaror yangi
ish joylarini tashkil etish
hisobiga, hozirgi vaqtda norasmiy sektorda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan
ishchi kuchlarini shu jumladan mehnat shartnomasini rasmiylashtirmasdan
tadbirkorlarga yordam berayotgan oila a‘zolarini rasmiy bandlik sohasiga
bosqichma-bosqich jalb etilishini ta‘minlaydi.
Oilaviy tadbirkorlik – kichik tadbirkorlikni tashkil etishning shakllaridan biri
bo‘lib, unda bir oila a‘zolari va ularning qarindoshlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan
korxonaning mulkdori va ishchisi hisoblanadi. SHuningdek,
oilaviy tadbirkorlik
oila a‘zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy
javobgarligi ostida daromad
(foyda) olish maqsadida amalga oshiriladi va o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga
asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan
holda amalga oshirilib yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan
oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxona xisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni yuritishning bugungi xolati,
mamlakat iqtisodiy ko‘rsatkichlarida kichik va xususiy tadbirkorlikni yuqoriligini
55
ko‘rsatadi. Oilaviy tadbirkorlik mamlakat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Mazkur xolat, mamlakatda bu soxaga katta
e‘tibor qaratilayotganligi bilan birga faoliyatning bunday shakli o‘zbek xalqi uchun
an‘anaviyligidan dalolat beradi. Qolaversa, o‘zbek xalqi oiladagi ma‘naviy va
moddiy manfaatdorlik uyg‘unligi, oila a‘zolarining birday ma‘sulligi, oilada turli
kasb va hunarlarning avloddan avlodga o‘tishi kabi azaliy urf odatlarga ega. Bu
xolat oiladagi ijtimoiy munosabatlarning yanada yaxshilanishiga olib kelishi
natijasida jamiyat taraqqiyotining barqarorligini
hamda iqtisodiy rivojlanish
asosini ta‘minlashga xizmat qiladi. Bugungi kundda putr yetgan yuqoridagi o‘zbek
oilasiga mansub an‘analar va fazilatlarni ya‘ni, milliy xunarmandchilik, savdo va
xizmat ko‘rsatish sohasidagi azaliy urf odatlar va meroslarni saqlab qolishda
oilaviy tadbirkorlikni hissasi katta hisoblanadi. Aytish joizki, oilaviy tadbirkorlik
uchun qulay muhit yaratishdan kam ta‘minlangan oilalar, vaqtincha ishsiz kishilar,
ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari bevosita manfaatdor bo‘ladi. Yangi ish
o‘rinlari yaratilishi va aholi uchun barqaror daromad manbalari muhim ahamiyat
kasb etadi.
Namangan viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan oilaviy korxonalarning
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida qaralganda oilaviy korxonalarning 76,6 foizi
yoki 127 tasi sanoat, 60,9 foizi yoki 37 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 26,1
foizi yoki 29 tasi savdo, 12,5 foizi yoki 27 tasi qishloq , o'rmon va baliq xo'jaligi,
-
1.6 fo iz i yoki 3 tasi axborot va aloqa, 2 tasi qurilish, yoki 3 tasi tashish va saqlash
hamda 12,5 foizi yoki 18 tasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to'g'ri kelmoqda (7-
rasm).
2017 yilda 98 ta yaangi tashkil etilgan oilaviy
korxonalarning iqtisodiy
faoliyat turlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, 58 ta sanoatda, yashash va ovqatlanish
xizmat- larida 12 ta, savdoda va qishloq va o‘rmon va baliq xo‘jaligida 10 tadan,
boshqa turlarda 8 ta oilaviy korxonalar tashkil etilgan. Ko‘rinib turibdiki viloyatda
oilaviy korxonalar asosan sanoat tarmoqlarida tashkil etilagan. Bu mintaqa sanoat
ixtisoslashuvini hamda sanoat koperatsiyasini rivojlanishini keltirib chiqaradi.