7-rasm
Faoliyat ko‟rsatayotgan oilaviy korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari
bo‟yicha ulushi, foizda
Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari
Tadbirkorlik
faoliyatini
rivojdanishi
hamda
tadbirkorlik
muxiti
imkoniyatlarini o‘rganish natijasida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
birinchidan, mintaqada tadbirkorlikni rivojlanishi viloyat iqtisodiy salohiyatini
yanada oshirishda muhim omil hisoblanadi; ikkinchidan, tadbirkorlikni
rivojlanishi demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va mulkdorlik
hissini oshishiga yordam beradi; uchinchidan, bu sohani rivojlantirish milliy urf-
odatlarimizning saqlanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi; to‟rtinchidan,
tadbirkorlik mintaqa aholisining qadimiy a‘analari va milliy hunarmandchiligini
dunyoga tarqalishiga hizmat qiladi va turizm rivojlanishi imkoniyatini beradi;
beshinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik viloyatda aholi bandligini
ta‘minlash va farovonligini yuksaltirishga katta turtki beradi; oltinchidan,
mahallalarda oilaviy biznes va xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga
57
ko‘maklashish va rivojlantirish turli jinoyatchilikni kamayishiga sabab bo‘lishi
mumkin va h.k.
2.3. Istiqbolda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‟nalishlari
Tadbirkorlik faoliyati va muxitini rivojantirishdagi mavjud muammolarni
yechimini topish istiqbollashtirilayotgan ishlar ijrosini ta‘minlash, ushbu sohada
tadbirkorlik faolligini oshirishning yo‘nalishlarini aniqlash va ular bo‘yicha chora
tadbirlarni belgilashni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2015 yil 26
noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari
sessiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi iqtisodiyotimizning hal
qiluvchi tarmoqlaridan biriga aylanib borayotgani, uning Namangan viloyatida
izchil rivojlanayotganini alohida e‘tirof etib, hozirgi kunda yalpi hududiy mahsulot
tarkibida bu sohaning ulushi 80 foizni tashkil etganligini, ish bilan band aholining
82 foizdan ziyodi ushbu sektorda mehnat qilayotganligini ta‘kidladilar. SHu bilan
birga, bu sohada ayrim muammolar borligi ham qayd etilib, ―… viloyatda
ro‘yxatga olingan 14 ming 765 ta kichik biznes sub‘ektining 2 mingdan ortig‘i
faoliyat ko‘rsatmayapti. Kichik biznes sub‘ektlari o‘z ishini tashkil etishi uchun
ularga
binolar,
yer
uchastkalari
ajratish,
muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlariga ulanish masalalarida hali-beri to‘siq va g‘ovlar uchrab turibdi‖
10
deb
e‘tirof etdi.
Qo‘yilayotgan talab va extiyojlardan kelib chiqib, tadbirkorlik faolligini
oshirish uchun quyidagi umumiy sharoitlar ta‘minlashi zarur:
- milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlash negizida uni
barqaror rivojlanishini ta‘minlash;
- iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllanishi ta‘miinlash;
- Tadbirkorlikni davlat tomonidan qullab – quvvatlash tizimini amalga oshrish
orqali, uning mexanizmlarini takomillashtirish asosida rivojlantirib borish;
10
Karimov I.A. 2015yil 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari
sessiyasida so‘zlagan nutqi. ―O‘zbekiston ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr.
58
- Tadbirkorlik muxitini shakllantirishga xizmat ko‘rsatuvchi infrtuzulmalarni
samarali harakat qilishini ta‘minlash.
Shuningdek Namangan viloyatia tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
- Tadbirkorlik muxitini shakllantirishning huquqiy-meyoriy va tashkiliy
asoslarini iqtisodiyotda turli omillar ta‘sirida ruy berayotgan o‘zgarishlarga
mos ravishda uzluksiz takomillashtirib borish;
- davlat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash mexanizmlarini
samaradorligini oshirish, bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasidagi yangi
mexanizmlarni mavjud sharoitlarga moslashtirgan holda amaliyotga
qo‘llash;
- Tadbirkorlik faoliyatini innovatsiya negizida rivojlanishini ta‘minlash
borasida chora – tadbirlarni ishlab chiqish;
- Tadbirkorlik faoliyati sust bo‘lgan tumanlarda soxani moliyaviy jihatdan
ta‘minlashning mavjud mexanizmlarini samaradorligini oshirish va
moliyalashtirishtirishning yangi manbalarini harakatga keltirish negizida
qulay investitsiya muhitini yaratish;
- Tadbirkorlik sub‘ektlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini
takomillashtirish va imtiyozlar joriy etish;
- Viloyatdagi ta‘lim muassaslarida tadbirkorlik saohasi uchun malakali
raqaobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish;
- Tadbirkorlik sohasida kooperatsiyani chuqurlashtirish va tumanlar doirasida
klasterlarni shakllantirish.
Tadbirkorlik yo‘nalishlarda olib boriladigan chora tadbirlarni ishlab
chiqishda kichik biznesni rivojlantirish borasida xorijiy tajribani o‘rganish va uni
mamalkatimiz
sharoitlariga
tatbiq
etish
muhimdir.
Xususan,
statistik
ma‘lumotlarga ko‘ra Italiyada yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishi 3-5 foizni
tashkil etadi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSH, Yaponiya,
Germaniya va Frantsiyadan keyin 5-o‘rini egallaydi. Bu davlatda kichik biznesning
59
o‘ziga xos xususiyati shundaki, yirik firmalarda ishlash bilan birga o‘rindoshlik
bo‘yicha kichik va hunramandlik korxonalarida ham mehnat qilish uchun keng
imkoniyatlar yaratilgan. SHuningdek ishlab chiqarish tuzilmasining eng muhim
tarkibiy qismlaridan biri kooperativ (shirkat) sektoridir. Korperatsiya shakli
mamlakat tashqarisida «sanoatlashtirishning italьyan modeli»dir. Bunday sanoat
okruglarining samaradorligi shundaki, ular mahalliy imkoniyatlardan samarali
foydalana oladilar. Buning natijasida korxonalar bir qancha imkoniyatlarga ega
bo‘ladi, jumladan:
korxonalararo munosabatlar moslashuvchanligi yuzaga keladi;
korxonalarga tashkilot, uyushmalar va institutlar tomonidan ko‘rsatiladigan
xizmatlarga oid ma‘lumotlar olish imkonini beradigan aniq axborot tizimi yuzaga
keladi;
milliy mahsulotni tashqi bozorlarga olib chiqishda kichik korxonalar
yetakchi mavqega ega bo‘ladi;
tarmoq usulida tashkil etilgan kichik ishlab chiqarish kooperativlarida
bandlik yuqori darajada bo‘ladi.
Iqtisodchi olimlar tadqiqotlariga ko‘ra Italiya iqtisodiyotida turli sohalarda
faoliyat yurituvchi korxonalarni texnologik jihatdan birlashtirish tashkilik shakli
«konstellyatsiya»
11
ahamiyati alohida e‘tirof etiladi. Bunda bir-biriga bog‘liq
bo‘lgan, murakkab tayyor mahsulotni ishlab chiqiarishda cheklangan miqdordagi
korxonalar birlashib faoliyat yuritadi. Bunday tashkiliy shaklda birlashgan
korxonalarning biri mahsulot tayyorlash jarayonini bajarsa, ayrimlari texnologik
jarayon uchun mas‘ul bo‘ladigan, ba‘zilari esa savdo bilan shug‘ullanadilar.
Natijada nafaqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish muammosi hal bo‘ladi,
shuningdek, ishlab chiqarish ko‘lami ham kengayadi. Bunday jarayonda
yetakchilikni konstellyatsiyada oxirgi bosqichdagi ishlarni bajaradigan korxona
amalga oshiradi. Ular boshqa firmalardan barcha kerakli butlovchi qismlarni sotib
oladi va lurga tarli ishlar bo‘yicha buyurtmalar beradi.
Demak korxonalardagi faoliyatning muvofiqlanishuvi yuzaga keladi. Turli
11
―constellazione‖ – юлдузлар туркуми демакдир
60
konstellyatsiyalarda hamkorlik qilish, bozorda ma‘lum bir mahsulot turiga bo‘lgan
talabning kengaytirilishi va erkin raqobat muhiti yaratiladi, shu bilan birga
mahsulotning tannarxi va uning narxi pasayishiga olib keladi.
Fikrimizcha,
Italiya
Respublikasida
kichik
biznes
sub‘ektlarini
rivojlantirishning bu tashkiliy shakli O‘zbekistonda ham mavjud xususiyatlar
asosida foydalanish mumkinligini e‘tirof etmoqchimiz. CHunki bois
konstellyatsiya usulini O‘zbekiston amaliyotida ham qo‘llash, tadbirkorlikda
afzalliklar yaratadi, bular:
- Tadbirkorlik korxonalarini moliyalashtirishni ta‘minlaydi;
- texnologik jihatdan murakkab bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish
imkonini beradi;
- korxonalarning ishlab chiqarishda raqobatbardoshligini oshiradi;
- marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning realligini ta‘minlaydi.
Samarali eksport faoliyatini amalga oshirishlari uchun tashqi bozor
talablariga to‘liq javob beradigan marketing majmuasi axborotlari bilan
ta‘minlangan bo‘lishlari zarur. Bozorlarning o‘ziga xos salohiyati va bozor
kon‘yukturasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha joriy axborot tizimiga, kompaniyalarning
barcha resurslari bevosita savdo faoliyatiga qaratilgan va asosiy xaridorlar bilan
doimiy aloqa o‘rnata oladigan tashkilotlar bu eksport savdo kompaniyalaridir.
Jahon amaliyotida eksport faoliyatini tashkil etishning chet ellarda savdo uylarini
ochish shakli ham tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning shakli sifatida keng
tarqalgan.
O‘zbekiston savdo uylarining chet ellarda tashkil etilishi mahalliy
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar eksport faoliyati samaradorligining
oshishiga ham imkoniyat yaratadi. Ularning tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishishida
savdo vositachilari ko‘mak beradi va hamkorlar va xaridor topishga dastlabki
imkoniyat yaratishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib tadbirkorlikni rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlarini va xorijiy tajribani o‘z ichiga qamrab oluvchi ―Mintaqada
tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish dasturi‖ni ishlab chiqish maqsadga
61
muvofiq deb hisoblaymiz. Uni ishlab chiqish jarayonida quyidagi jihatlarga
alohida e‘tibor berish lozim:
Dostları ilə paylaş: |