7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
1) unlilar orasiga ba`zan y undoshi qo`shib aytilsa ham, yozilmaydi:
a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi;
b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi;
d) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi;
e) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi;
f) ea: teatr, okean, laureat kabi;
2) ae, oe unlilar so`z ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga
muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi.
Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi:
manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum,
muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.
UNDOSHLAR IMLOSI
8. Bb harfi:
1) bobo, bahor, bir, majbur, zarb kabi so`zlarda jarangli portlovchi lab
undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) kitob, yuzlab, kelib kabi so`zlar oxirida p aytilsa ham, b yoziladi;
3) qibla, tobla kabi so`zlarda ba`zan v aytilsa ham, b yoziladi.
9. Pp harfi paxta, pichoq, opa, tepa, tup, yop kabi so`zlarda jarangsiz
portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi.
10. Vv harfi:
1) ov, suv, kuyov; ovoz, savol; volida, vatan kabi so`zlarda ovozdor
sirg`aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) avtobus, avtomat kabi o`zlashma so`zlarda v ba`zan f aytilsa ham, v
yoziladi.
11. Ff harfi:
1) fan, fe`l, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof kabi so`zlarda jarangsiz
sirg`aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) fasl, fayz, Fotima, fursat kabi so`zlarda f tovushi ba`zan p aytilsa ham,
asliga muvofiq f yoziladi.
12. Mm harfi moy, muborak, tomon, ilhom kabi so`zlarda ovozdor lab-lab
burun undoshini ifodalash uchun yoziladi.
13. Dd harfi:
1) dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi so`zlarda til oldi jarangli portlovchi
undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) odob, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxo`r kabi so`zlarda
Dostları ilə paylaş: |