www.scientificprogress.uz Page 1845
9.
Dars mavzusini boshqa o’quv fanlari bilan bog’liqligini ta’minlash.
10.
O’quvchilarni yaxlit ilmiy dunyo qarashni shakllantirish.
11.
O’quvchilarda dars mavzusini mos ravishda iqtisodiy, huquqiy, ekologik
madaniyatini tarkib taptirish.
12.
Darsda davlat ta’lim satandartlariga o’quvchilarning bilim, ko’nikma va
malakalariga qo’yilgan talablarni to’liq bajarishga erishish.
Zamonaviy darsni tashkil etish bilan bog’liq bu talablar mazmunidan shunday
xulosa qilish mumkinki, maktab amaliyotda mustahkam o’rnashib qolgan standart
darslarda ushbu talablarni bajarish imkoniyati yo’q.
DARS JARAYONIDA MATEMATIKANI O’RGANISH BOSQICHLARI Dars jarayonida o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi.
Dars jarayonida matematikani o’rganish bosqichlari, uning metodik izchilligi va amaliy
ishni qanday boshlash hamda qanday tugatish haqidagi ko’rgazmali materiallaridan
foydalanilmog’i lozim. Bulardan tashqari 1.Har bir dars aniq g’oyaviy mafkuraviy
tizimga ega bo’lishi, o’qituvchi undan tarbiyaviy, maqsadda foydalanmog’i lozim. 2.
Har bir dars ijtimoiy imkoniyatlatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog’lanishi,
ko’rgazmali vositalar bilan jihozlanishi kerak. 3. Mashg’ulotlar o’ziga mos zamonaviy
uslub, vosita va texnologiyalardan samarali foydalanilgan holda tashkil etilishi kerak. 4.
Dars uchun ajratilgan soatlardan samaraviy foydalanish nazarda tutilishi lozim. 5. Dars
jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’zaro faol munosabatda bo’lishi, mashg’ulotlarda
esa o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish. 6. Mashg’ulotlar davomida
xalqimizning boy ma’naviy merosidan, ma’naviy qadriyatlaridan unumli foydalangan
holda yurtimizdagi bo’layotgan ijobiy o’zgarishlardan o’quvchilarni boxabar qilish
maqsadga muvofiqdir. Xususan dars davomida keltiriladigan matematik tushunchaga
qaysi olim asos solganligi va aynan o’sha olimning matematika fani rivojiga qo’shgan
hissasi haqida qisqa, lo’nda ma’lumot berish o’quvchilarning matematika faniga bo’lgan
qiziqishlarni orttiradi. Bunday ma’lumotlarni o’qituvchi darsga kirishdan oldin turli
adaboyotlardan va internet manbalaridan shakllantirishi mumkin bo’ladi.