PEDAGOGIK METODLARDAN FOYDALANISH HAQIDA
O’quvchilarning matematika fanidan mustaqil ravishda misol va masalalarni
yecha olishi, turli didaktik o’yinlar bilan shug’ullanishi, tarqatma materiallar bilan
mohirona ishlab bilishi, suhbatlar uyushtirishi, teatrlashtirilgan ko’rinishlarni tashkil
etishi kabi turli usullardan foydalanib, faoliyat ko’rsatishi ularning amaliy san’at
mashg’ulotlari mazmunini sifatli o’zlashtirishga keng yo’l ochib beradi va eng muhimi,
amaliy san’at fanlari o’quv mashg’ulotlarini qiziqarli tashkil etishga yordam beradi.
Har qanday yuqori saviyada o’tkazilgan dars garchand u aniq dalillarga tayangan
bo’lsa ham, agar uzoq vaqt davom etsa, o’quvchining eshitish qobiliyati susayadi va
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1846
charchaydi. Bu holat o’quvchining loqayd eshituvchiga aylantirib qo’yishi mumkin. Shu
sababli qisqa savol-javob, fikr almashuvlar olib borishga to’g’ri keladi. Dars davomida
mavzuni asta-sekin o’quvchining kundalik faoliyatiga doir misollar bilan bog’lab borish
orqali tegishli yechimlarini topishga keng yo’l ochadi, o’quvchilarda befarqli o’rniga
ichki intilish yuzaga keladi. Eng muhimi, o’quvchini mustaqil o’z shaxsiy fikrini
asoslashga va fikr almashuvi orqali o’z bilim hamda malakasini oshirishga olib keldi.
Demak, biror bir narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun qo’llash
lozim bo’lgan usullar majmuasini amaliy qo’llashda alohida usullar orqali amalgam
oshirish tartibi qo’llaniladi.
O’quvchida mustaqil tafakkur uslubini shakllantirish uning aqliy taraqqiyotining
belgilab beradi. Demak, o’z-o’zidan kelib chiqadiki, o’quvchida mustaqil tafakkur
uslubini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lgan yangi pedagogik texnologiyaning aqliy
taraqqiyotiga ham o’z hissasini qo’shar ekan. Umuman aytganda, shaxs taraqqiyotining
asosiy yo’nalishlaridan biri uning aqliy taraqqiyotidir. O’quvchi aqliy taraqqiyotning
natijasi o’laroq, shaxs ham taraqqiy qila boradi. Samarali ta’lim o’quvchilar xotirasida
qanchalik ko’p ilmiy bilimlarning saqlanib qolishi bilan emas, balki shu muhim bilimlar
asosida o’quvchi qay darajada mustaqil fikrlay olishiga qarb belgillaniladi. Ta’limga
nisbatan qo’yilgan bu talab ta’limga yangi ta’lim usullarni joriy qilish zaruriyatini
keltirib chiqardi. Shunday qilib, pedagogik tajribada yangidan-yangi izlanishlar
dunyoga keldi va bu izlanishlar samarasi o’laroq, yangi pedagogik texnologiyalarning
turlaridan biri-muammoli dars berish uslubi ishlab chiqildi. Muammoli dars berish
uslubi o’quvchilarning xotirasiga emas, birinchi navbatda, tafakkur jarayoniga ta’sir
qilishi ko’zda tutilgan.
Ta’lim jarayonini, xususan matematika darslarini ijodiy yondashuv asosida
tashkil etishda nostandart dars metodlarini o’rni va roli beqiyosdir. Zero ular o’z
mohiyatiga ko’ra, o’quvchilarni faollikka undaydi, ta’lim jarayonida qizg’in bahs
munozaralarni yuzaga keltirish imkoniyatlariga ega [1-30]. Ijtimoiy va tabiiy jarayonlar
muayyan qonuniyatga ega bo’lganligi, har bir ijtimoiy voqelik tabiiy hodisalar ma’lum
tartib asosida kechganidek, nostandart darslarda foydalanishda ham bir qator qoidalarga
amal qilish ularning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Quyidagi
nostandart ta’limni tashkil etish yoki ixtiyoriy shakldagi ta’lim jarayonida nostandart
darslardan foydalanishning asosiy shartlari tariqasida quyidagilarni e’tirof etish
mumkin.
Bulardan 1) maqsadni aniq belgilab olish. O’quvchilar bilan ularni qiziqtirgan
mavzuda “kichik suhbat” tashkil etilganidan so’ng darsning umumiy holati qisqacha
shartlanadi. Ya’ni o’quvchilar dars loyihasi bilan tanishtiriladi va ko’zda tutiluvchi
maqsad ifoda etiladi. Maqsadning barcha uchun tushunarli bo’lishi muhimdir. Asosiy
maqsad darsning har bir bosqichida o’z ifodasiga ega bo’lishi lozim. 2) mavzudan
chetga chiqmaslik. Darsning har bir bosqichida vazifalarning bajarishiga e’tibor qaratish
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
Dostları ilə paylaş: |