57
saylandi. 12 deputat tashabbuskor guruhlardandir.
Mahalliy hokimiyat
organlaridan yuqori palata Senatga har bir viloyatdan 6 nafardan jami 84
senator va 16 senator Prezident tomonidan ko„rsatilishi belgilab qo„yildi.
Yuqori palata hisoblangan Senat hududiy asosda shakllantirildi. Har bir
hududdan teng asosda – 6 nafardan mahalliy Kengash deputatlari orasidan
yashirin ovoz berish yo„li bilan saylanishi belgilandi.
O„zbekistonda davlat hokimiyatining
huquqiy demokratik tizimi
yildan-yilga takomillashib bormoqda, oxirgi yillardagi o„zgarishlar haqida
keyingi mavzuda alohida o„rganiladi.
Mamlakatimiz yangi asrga kirar ekan,
jamiyatda siyosiy, demokratik
islohotlarni chuqurlashtirishda ham yangi, yuqori bosqichga ko„tarildi.
O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov
birinchi
chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o„n to„rtinchi
sessiyasidagi ma‟ruzasida (1999-yil, 14-aprel) O„zbekistonning XXI
asrdagi taraqqiyot strategiyasining asosiy yo„nalishlarini ko„rsatib berdi.
Shulardan
birinchi ustuvor yo„nalish-mamlakat siyosiy, iqtisodiy
hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish
ekanligini belgiladi.
Siyosiy sohani erkinlashtirish borasida:
-avvalambor, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish,
jamiyatda
manfaatlar
va
qarama-qarshi
kuchlar
o„rtasida
muvozanatni
ta‟minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarur.
Demokratiyaning eng muhim tamoyili-odamlarning saylov huquqini,
o„z xohish-irodasini erkin ifodalash, o„z manfaatlarini ro„yobga chiqarish
va himoya qilish
uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin
yaratib berish lozim.
Dostları ilə paylaş: