Book · December 022 citations reads 28,319 authors


Oliy Majlis II chaqiriq 1-majlisida (2000-yil 22-yanvar) Birinchi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/38
tarix20.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132909
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
(1)

Oliy Majlis II chaqiriq 1-majlisida (2000-yil 22-yanvar) Birinchi 
Prezident I.A.Karimov o„zining “Ozod va obod vatan, erkin va 
farovon hayot-pirovard maqsadimiz” nomli ma‟ruzasida ushbu 
masalaning dolzarbligini shunday uqtiradi: 
Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi 
yuksalib borgani sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va 
fuqarolarning o„zini-o„zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich 
o„tkazib borish zarur. 
Bu borada o„zini-o„zi boshqaradigan idoralarning, mahallalarning 
nufuzini va mavqeini oshirish, ularga ko„proq huquqlar berish katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Fuqarolik jamiyatining mustahkam asoslarini barpo etish yo„lidagi 
ishlarimizning mazmun-mohiyatini ham aynan mana shu masala tashkil 
etadi. 
“Birgina yangi tahrirdagi Fuqarolarning o„z-o„zini boshqarish 
organlari to„grisida”gi hamda Fuqarolar yig„ini raisi(oqsoqoli) va uning 
maslahatchilari saylovi to„grisida”gi O„zbekiston Respublikasining 
qonunlari, mahallalar hamla ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga 
oid 20 dan ziyod nizom qabul qilinib, ijtimoiy hayotga tatbiq etildi. 
Shunungdek, tizimda faoliyat ko„rsatayotgan xodimlarning malakasini 
oshirish bo„yicha o„quv kurslari hamda “Maxalla” ma‟rifiy teleradio kanali 
tashkil etildi 


60 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning”Maxalla 
institutini yanada takomillashtirish chora –tadbirlari to„grisida”gi 
2017 yil 3-fevralda imzolangan Farmonida maxalla institutini yanada 
takomillashtirishning ustuvor yo„nalishlari belgilab berildi. 
Davlat hokimiyati tizimiga kiruvchi hokimiyatlardan biri sud 
hokimiyatidir. Sud hokimiyati boshqa hokimiyatlar kabi xalq manfaatlarini 
ko„zlab va O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qabul qilingan 
qonunlar asosida o„z vakolatlarini amalga oshiradi. 
O„zbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagicha: besh yil 
muddatga saylanadigan O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, 
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O„zbekiston Respublikasi Oliy 
xo„jalik 
sudi, 
Qoraqalpog„iston 
Respublikasining 
Oliy 
sudi, 
Qoraqalpog„iston 
Respublikasi 
Xo„jalik 
sudi, 
shu 
muddatga 
tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar 
sudlari, viloyat xo„jalik sudlari, harbiy sudlarlardan iborat.
Mazkur sudlarning huquqiy holati O„zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida, O„zbekiston Respublikasining 1993 yil 2-sentyabrda 
qabul qilingan “Sudlar to„g„risida”gi Qonunida bayon etilgan. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi-fuqarolik, jinoiy va ma‟muriy 
sudlov sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Shu bilan 
birga og„ir va o„ta og„ir jinoyatlarni sodir etgan bir guruh shaxslarga; oldin 
sudlanmaganlarga, biron bir joyda ishlamasdan, mo„may pul topish yo„liga 
o„tib ketganlarga nisbatan belgilangan jazolarni qonun kuchidan to„la 
foydalanilmagan ishlarning jazo qismini yengil deb bekor qilib, og„irroq 
jazolashga o„z ko„rsatmasini beradi. 
Respublika Oliy sudi 1994-yilda 149 kishiga nisbatan quyi sudlar 
tomonidan tayinlangan jazolar og„ir deb topilganligi sababli hukmlar 
o„zgartirilib, jazolar qisqartirilgan bo„lsa, 1995-yilda 247 kishiga nisbatan 
jazolar og„ir deb topilib, hukmlar o„zgartirildi, 25 shaxsga nisbatan jinoiy 
ishlar sudlanganlarning harakatida jinoyat tarkibi yo„qligi sababli 
harakatdan to„xtatildi. 
Og„ir va o„ta og„ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun 1994 - yilda quyi 
sudlar tomonidan 89 kishiga nisbatan belgilangan jazolar yengil deb 
topilib, hukmlar bekor qilingan bo„lsa, 2017-yilda esa tergov organlari 
tomonidan 238ta holatda jinoiy xodisa yuz bermagani aniqlandi, 302 ta 
holatda javobgarlikga tortish muddati o„tgani, 370 ta holatda aybdorlar 


61 
qilmishiga chin ko„ngildan pushaymon bo„lgani inobatga olindi. 549 ta 
xolatda qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo„qotgani, 1 ming 636 ta 
holatda qilmishda jinoyat tarkibi yo„qligi isbotlandi. Ana shunday 
asoslarga tayanib, 3,5 mingdan ortiq jinoyat ishi tugatildi. 
Sud-huquq sohasidagi islohjtlarni yanada chuqurlashtirish borasidagi 
ishlar O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-dekabrda 
Parlament va O„zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida har 
tomonlama yana bir bora asoslandi. Jumladan Prezidentimiz tomonidan 
ta‟kidlanganidek, “Adolat bu - davlatchilikning mustahkam poydevoridir. 
Adolat va qonun ustuvorligini ta‟minlashda esa sud hokimiyati hal 
qiluvchi o„rinni egallaydi”. Shunday ekan odil sudlov va uning faoliyati 
doimo diqqat e‟tiborda bo„laveradi. Sudlar faoliyatidagi adolat 
mezonlarining tiklanishi jarayonlariga e‟tibor qaratiladigan bo„lsa, 2020- 
yilda quyidagi holatlarga alohida urg„u berish kerak bo„ladi. Sudlar 
mustaqilligining ta‟minlanishi natijasida 2020-yilning o„zida 719 nafar 
fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Jazo muddatini o„tayotgan va 
tuzalish yo„liga qat‟iy kirgan 616 nafar fuqaro avf etildi. 4 yil ichida sud-
huquq sohasida 40 dan ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi. 2019 yilda 
viloyat sudlari qabul qilgan 13 mingta qaror Oliy sud tomonidan bekor 
qilindi. 2021-yildan “bir sud - bir instansiya” tamoyili amal qilinishi 
yo„lga qo„yiladi, viloyat darajasidagi 3 ta sudlar bitta sud sifatida 
birlashtiriladi, ishlarni nazorat tartibida ko„rish amaliyoti bekor qilinadi, 
birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga probatsiya nazorati 
qo„llanilish amaliyoti joriy etiladi. Buning natijasida 6 ming fuqarolar 
mahalla nazoratiga olinadi. 25 ta manzil-koloniyalar bosqichma-bosqich 
qisqartiriladi.
O„zbekistonda 
sud 
tizimini 
isloh 
qilish, 
sud 
hokimiyatini 
shakllantirishda ham birmuncha ishlar qilindi. Sud tuzilishi va sudlov 
ishlarini yurgizishga oid barcha demokratik konstitutsiyaviy tamoyillar 
yanada rivojlantirildi.
O„zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy 
Majlisning ikkinchi chaqiriq VI sessiyasida (2001- yil 29-avgust) “Adolat 
qonun ustuvorligida” nomli ma‟ruzasida sog„lom jamiyat uchun 
jinoyatchini jazolashdan ko„ra, jinoyatning oldini olish muhim ekanligini 
uqtirib o„tdi. Prezidentimiz ma‟ruzalarida sudlar faoliyatiga baho berib 
“Sud bugungi kunda avvalgidek hukmron kommunistik tizimning qatag„on 


62 
va jazolash apparati emas, balki u har bir inson va fuqaroning huquq 
hamda erkinliklarni ishonchli tarzda qo„riqlash va himoya qilishga 
qaratilgan chinakam mustaqil davlat institutiga aylanmoqda. Fuqarolarning 
sudga ishonchi mustahkamlanib bormoqda”,-dedi. Shuningdek, ma‟ruzada 
sud hokimiyati tizimidagi kamchiliklarga ham to„xtalib o„tildi. Bu borada 
Prezident: “...afsuski, sudyalar, prokuratura va tergov organlari xodimlari, 
bir so„z bilan aytganda, qabul qilingan yangi qonunlarning hayotga tatbiq 
etishi lozim bo„lgan kishilarning dunyoqarashi va tafakkuri ancha 
qiyinchilik bilan o„zgarayapti. Eng avvalo jazolashning repressiv, 
ozodlikdan mahrum qilish hollarini qisqartirish hisobiga qonunchilikning 
adolat va insoniylik kabi tamoyillarining kuchayishini va amalda 
qo„llanishini ta‟minlashimiz zarur”-deydi. Ma‟ruzada Jinoyat va Jinoyat-
protsessual kodekslariga kiritilayotgan o„zgarishlar, masalan, 110 turdagi 
uncha og„ir bo„lmagan jinoyatlarning ijtimoiy xavfi katta bo„lmagan 
jinoyatlar toifasiga o„tkazish, 12 turdagi jinoyatni og„ir toifadan 
unchaog„ir bo„lmagan jinoyatlar toifasiga, 7 turini esa o„ta og„ir jinoyatlar 
toifasidan og„ir jinoyatlar toifasiga o„tkazish haqidagi takliflar bayon 
qilindi. Shuningdek, iqtisodiy sohada jinoyat sodir etgan shaxslarga 
nisbatan iqtisodiy ta‟sir choralarini qo„llash imkoniyatlarini kengaytirish 
zarurligi, butun jahonda muhokama etilayotgan muhim masalalardan biri-
o„lim jazosini jinoiy jazo chorasi sifatida qolayotganligi bilan bog„liq 
muammolar, qonunchiligimizda jinoiy jazo turi sifatida mol-mulkni 
musodara qilish jazosini qo„llash tartibini qayta ko„rib chiqish kerakligi 
ta‟kidlandi. 
Insoniyat tarixida yangi davr-Inson huquqlari davri boshlandi. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995-2005- yillarni kurramizda “Inson 
huquqlari o„n yilligi” deb e‟lon qildi. O„zbekiston Respublikasi birinchi 
Prezidentining ma‟ruzalarida inson huquqlari sohasida amalga oshirilishi 
lozim bo„lgan quyidagi besh strategik yo„nalish belgilab berilgan: 
-inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali 
mexanizmini ta‟minlash; 
inson huquqlari bo„yicha Xalqaro huquqning umum e‟tirof etilgan 
tamoyillari va normalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish; 
-qabul qilingan qonunlarga og„ishmay amal qilish mexanizmini ishlab 
chiqish va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini 
ta‟minlash; 


63 
-sudlov islohotini amalga oshirish yo„li bilan sud tizimini 
demokratlashtirish; 
-aholi ayniqsa yoshlar va mansabdor shaxslar, huquq-tartibot idoralari 
xodimlari, o„rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, ularning 
huquqiy ongi va madaniyatini oshirish. 
Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning birdan bir zaruriy sharti 
sud-huquq organlarining ishlarini isloh qilish va erkinlashtirishni 
jadallashtirishdan 
iborat. 
Sudlar 
faoliyatiga 
prokuraturaning 
aralashmasligi, prokuror va advokatlar huquqlarini tenglashtirish
sudlarning tarbiyaviy rolini oshirish lozimligini taqqoslab ko„rsatadi.
Xavfsiz jinoyatlarni ma‟muriy choralar bilan almashtirish natijasida 
so„nggi 2,5 yil davomida 11 milrd. so„m undirildi. Har yuz ming kishiga 
hisoblaganda O„zbekistonda 158 kishi qamoqda muddatini o„tamoqda. Bu 
ko„rsatkich AQShda 715, Rossiyada 584, Ukrainada 416, Qozog„istonda 
386 kishidan iborat. 
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng o„tgan qisqa davr ichida 
insonning huquq va erkinliklari to„g„risida milliy qonunchilik tizimini 
tashkil etuvchi yuzdan ortiq qonunlar qabul qilindi. O„zbekiston inson 
huquqlari bo„yicha 40 ga yaqin xalqaro shartnomaga qo„shildi va ularga 
bizning mamlakatimizda ham amal qilinmoqda. 
O„zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini 
muhofaza qilishning ta‟sirli vositasini barpo etish, xalqaro va huquqni 
muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat 
muassasalari xodimlari va barcha respublika aholisining inson huquqlari 
bo„yicha madaniyatini oshirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi 
Birinchi 
Prezidentining 
“Inson huquqlari bo„yicha O„zbekiston 
Respublikasi Milliy Markazini tuzish to„g„risida” 1996- yil 31-oktyabr 
Farmoni e‟lon qilindi.
O„zbekiston Respublika Oliy Majlisi 1997- yil 29-avgustda “Jamiyat 
huquqiy madaniyatini yuksaltirish Milliy dasturi”ni tasdiqladi. Dasturda: 
“Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar 
barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini 
har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy 
bilim, huquqiy e‟tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va 
davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta‟minlaydi 


64 
Milliy dasturning maqsad ahamiyati aholining barcha qatlamlarini 
huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega 
bo„lishlari hamda huquqiy bilimlarni kundalik hayotda qo„llay olishlari 
uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam 
tizimini yaratishdir” deb ta‟kidlangan. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy tarbiyani 
yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, 
huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik 
fikrini o„rganish ishini yaxshilash haqida” (1997- yil, 25-iyun) Farmoni 
e‟lon qilindi. Ushbu farmonning 1-bandida shunday deyiladi:
“Aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini 
yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy 
yo„nalishlaridan biri etib belgilansin”. 
Respublikamizda istiqlol yillari milliy davlatchilikni barpo etish 
borasida sobiq ma‟muriy-buyruqbozlik tizimiga, uning hokimiyat va 
boshqaruv organlariga barham berish bilan bir vaqtda davlat va jamiyat 
hayotining yangi demokratik huquqiy asoslari yaratildi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin