67
2008-yil 20-iyunda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan
birlashgan) ham faoliyat ko„rsatadi.
Mustaqillik yillarida respublikamizda jamoat
tashkilotlarining saflari
oshib, imkoniyatlari kengaydi.
Mustaqillikning dastlabki besh yilida jamoat birlashmalari va nodavlat
tashkilotlar soni 1500 taga ko„payib, ularning soni 2300 taga yetdi: 2017-
yilda yurtimizda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti mavjud, 29
ta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolatxonalari
faoliyat yuritmoqda. 2017-yilda “Nuroniy” jamg„armasi, Yoshlar ittifoqi,
O„zbekiston fermer xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Savdo-
sanoat
palatasi,
O„z-o„zini
boshqarish
organlari
faoliyatini
muvofiqlashtirish bo„yicha Respublika kengashi kabi nodavlat - notijorat
tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni qo„llab-quvvatlashga
qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi.
Xususan, O„zbekiston kasaba uyushmalari 7,5 mln. a‟zoni birlashtirib,
jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirishda faol qatnashmoqda.
O„zbekiston xotin-qizlar qo„mitasi 1991 yil 1- martda tashkil topdi.
Mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik jarayonlarda
ayollarning
faol
ishtirok
etishi
xotin-qizlarni
ma‟naviy-ma‟rifiy
tarbiyalashda muhim rol o„ynamoqda.
2017-yilda xotin-qizlar bandligini ta‟minlash, ularni tadbirkorlik
faoliyatiga keng jalb etish va har tomonlama qo„llab-quvvatlash masalalari
yuzasidan bir qator amaliy tadbirlar o„tkazildi.
Jumladan, 1-Respublika
tadbirkor ayollar biznes-forumi o„tkazildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan
shug„illanayotgan ayollarni qo„llab-quvvatlash maqsadida 2017 yil tijorat
banklari tomonidan 2,2 trillion so„m miqdorida kreditlar ajratildi.
Mexnatga layoqatliligi cheklangan 705 nafar xotin-qizlarga tikuv
mashinalari berilib, ular kasanachilik asosida ish bilan ta‟minlandi hamda
ularning 261 nafariga yangi uy-joylar berildi. “Xalq
bilan muloqot va
inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida respublikamizning olis
tumanlarida ayollarni kasbga o„qitish kurslari tashkil etildi.
Bu borada amalga oshirilayatgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish
maqsadida 2018-yil 2-fevral kuni O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Xotin-qizlarni qo„llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash
sohasidagi
faoliyatini
tubdan
takomillashtirish
chora
tadbirlari
68
to„g„risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda O„zbekiston Xotin-qizlar
qo„mitasi faoliyatining 4 ta asosiy ustuvor yo„nalishlari belgilab berildi.
Farmonga asosan xotin-qizlar qo„mitasi va “Oila” markazi tizimida bir
qator yangiliklar kiritildi. Jumladan:
- Xotin-qizlar qo„mitasining respublikadan tortib eng quyi bo„g„in
mahallagacha vertikal boshqaruv tizimi yo„lga qo„yildi;
- Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma‟naviy-axloqiy qadriyatlarni
mustahkamlash bo„yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi;
- O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila”
ilmiy-tadqiqot markazi va uning
hududiy boshqarmalari hamda
tuman(shahar) bo„linmalari tashkil etildi;
- Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tuman, shahar
hokimi o„rinbosarlari - Xotin-qizlar qo„mitalari raislariga bo„ysundirildi;
- Xotin-qizlarni va oilani qo„llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil
etildi;
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish tartibiga o„zgartirish
kiritildi va qo„shimcha imtiyozlar joriy etildi;
- “Mo„tabar ayol” ko„krak nishoni ta‟sis etildi;
Xotin-qizlar qo„mitasi tizimida ishlayotgan
xodimlarning pensiyasi
to„liq to„lanishi belgilandi.
Qabul qilingan Farmon xotin-qizlarimizning hayotini yanada farovon
va mazmunli bo„lishiga xizmat qilmoqda.
Shuningdek “Nuroniy”, “Ustoz”, “Ulug„bek”, “Umid”, “Xotira” va
shu
kabi
ko„plab jamg„armalar nodavlat tashkilotlar sifatida
respublikamizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda katta hissalarini
qo„shmoqda.
Dostları ilə paylaş: