F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


-bob. IQTISODIY GEOGRAFIYA FANINING PREDMETI, TADQIQOT



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

1-bob. IQTISODIY GEOGRAFIYA FANINING PREDMETI, TADQIQOT 
USLUBLARI, MAQSADI VA VAZIFALARI 
1.1. Turizm va iqtisodiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi va 
rivojlanishi 
1.2. Turizm va iqtisodiy geografiyaning mazmuni va mohiyati, predmeti 
va obyekti 
 
1.1. Turizm va iqtisodiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi va 
rivojlanishi. 
Turizm iqtisodiy sohalar ichida daromad keltirishi bo‘yicha yetakchi 
sohalardan biridir. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha 
ko‘pgina ishlar olib borilmoqda.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining, iqtisodiy geografiya esa iqtisodiy va 
ijtimoiy geografiyaning tarkibiy qismidir. Iqtisodiy geografiya fanining boshlanish 
manbai turli fanlarda, ayniqsa tasviriy geografiya, statistika, tarix va boshqa fanlar 
kuzatiladi. Geografik bilimlar kartografik muassasalar, universitetlarda maxsus 
kurslar paydo bo‘lgan davrdan boshlab tashkiliy shaklga ega bo‘la boshladilar. Bu 
jarayon XIX asrda geografik jamiyatlar, universitetlarda maxsus kafedralar, fakultet 
bo‘limlari tashkil etilishi, Shu asosda professional geograflarni tayyorlash 
boshlangandan keyin yanada kuchaydi. Shundan keyin geografiya bo‘yicha millliy 
maktablar paydo bo‘ldi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida iqtisodiy 
geografiya mustaqil fan sifatida shakllandi. XX asrning 70-yillaridan boshlab 
iqtisodiy geografiya “iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” yoki “ijtimoiy iqtisodiy 
geografiya” deb atala boshlandi. Ushbu fan rivojlanish tarixida obyektiv ravishda 
differensiatsiya va integratsiya ta’sirida ko‘plab yangi tarmoqlarpaydo bo‘ldi. 
Iqtisodiy geografiya fanini shakllantirish va rivojlantirishga ko‘plab olimlar ktta hissa 
qo‘shganlar.



1.1-rasm. Iqtisodiyot va gaegrafiyaning o‘zaro bo-liqligi. 
 
An’anaviy “iqtisodiy geografiya”(ekonomicheskaya geografiya) atamasi rus 
tilidan o‘zbek tiliga so‘zma-so‘z tarjima qilingan bo‘lib, u ushbu shaklda fanning asl 
mazmun va mohiyatini to‘la ochib bermaydi. Terminologiya qoidalari talablariga 
muvofiq “ekonomicheskaya geografiya”(“ekonomist-geograf”) atamasi “iqtisodiyot 
geografiyasi”(“iqtisodchi-geograf”) shaklida tarjima qilinishi to‘g‘ri bo‘ladi. Shu 
sababdan “iqtisodiyot geografiyasi” nomiga o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Xorijiy adabiyotlarda iqtisodiy geografiya fanini tushuntirishda o‘ziga xos fikrlar 
mavjud.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin