18.2. Birlashgan Arab Amirliklarini turistik salohiyati
BAAning turizm sanoatiga ajratgan mablag‘lari yildan yilga ko‘payib borgan.
Buni ba’zi mehmonxonalarning chindan ham g‘ayritabiiy xizmatlarni taqdim etib,
ko‘pgina mablag‘ ajratayotganliklari bilan izohlashimiz mumkin. Masalan, “Burj al
Arab” mehmonxonasi BAAga tashrif buyuradigan turistlarning xohishiga qarab, ular
uchun vertolyotdan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Vertolyot qo‘nishi uchun
mehmonxonaning tomida maxsus qo‘nish joyi qurilgan.
Shuni ta’kidlash zarurki, bu kabi xizmatlar mehmonxonaga daromaddan ko‘ra
ko‘proq xarajat qilishga olib keladi. Lekin mehmonxona turistlar uchun barcha
sharoitlarni yaratish va ilojsiz narsani o‘zi yo‘qligini ko‘rsatish uchun Shunday
xizmatlarni ko‘rsatadi. Jahon bankining hisobotiga ko‘ra xalqaro turizm xarajatlari
bo‘yicha BAA 191 ta mamlakat ichida 24 o‘rinni egallagan
9
.
BAAda mehmonxonalar uchun 5 yulduzli fransuz tizimi qabul qilingan.
Apartament va villalar ham keng tarqalgan.
Mehmonxonalarni guruhlashda Britaniya turizm agentliklari Uyushmasining
tasnifi eng to‘g‘ri hisoblanadi:
9
UAE economy, www.factfish.com
141
Budjet mehmonxonalari (1 yulduzli). SHaharning markaziy qismlarida
joylashgan bo‘lib, minimum darajadagi qulayliklarga ega.
Turizm klassidagi mehmonxonalar (2 yulduzli). Bar va restoranlarga ega.
O‘rta klassdagi mehmonxonalar (3 yulduzli). Xizmat ko‘rsatish yetarli darajada
yuqori.
Birinchi klassdagi mehmonxonalar (4 yulduzli). Yashashning juda yuqori
darajadagi sifati va xizmat ko‘rsatishning a’lo darajasi.
Yuqori klassdagi mehmonxonalar (5 yulduzli). Xizmat ko‘rsatish va
yashashning eng oliy klassi.
Dubay amirligi ishbilarmonlik, savdo va turizm markazlari bo‘lib kelmoqda.
Dubay katta mablag‘larni infrastrukturani rivojlantirishga kiritgan bo‘lib, arab
mamlakatlari ichida eng yetakchi texnologiyalari bilan ajralib turadi. Uning
menejmenti g‘arb tizimida olib borilmoqda.
Dubayda mehmonxonalar soni 500 dan ortiq va ularning sifati yildan yilga
yaxshilanib bormoqda
10
.
Dubay mehmonxona fondining katta qismi 4 va 5 yulduzli mehmonxonalardan
iborat. Ushbu darajadagi mehmonxonalarning ko‘pchiligi Fors ko‘rfazida “Jumayra
bich” rayonida qirg‘oq bo‘ylab joylashgan. Ushbu rayonlarda 20 yildan buyon
shiddat bilan hashamatli mehmonxonalar qurilmoqda. Yetakchi mehmonxona
tarmoqlari qatoridan «Accor», «Hitnot», «Kempenski», «Redison» lar muhim o‘rin
egallagan.
5 yulduzli eng sara mehmonxonalarga «Royal Mirat» mehmonxonasi kiradi.
Mehmonxona uchta dabdabali saroylar “Arabian Court, The Resident and SPA” dan
iborat. U Fors ko‘rfazi qirg‘og‘idagi 65 akr
11
masofani egallagan. Mehmonxona 475
ta serhasham xonalardan iborat bo‘lib, arabcha uslubda bezatilgan. Bu yerda 1100
dan ortiq ishchi xizmat ko‘rsatadi
12
.
10
World Economic Forum, “The Travel & Tourism Competitiveness Report’, 2011
11
акр (Англия ва Шимолий Америкада 0,4047 гектарга тенг ер ўлчови).
12
The challenges of economic diversification through tourism: the case of Abu Dhabi. International Journal
of Tourism Research, Sharpley R. 2012.
142
Dubay shahri bir qancha diqqatga sazovor joylari bilan yildan yilga
turistlarning katta oqimini jalb qilib kelmoqda.
- Dunyodagi eng katta bino – Burj–Xalifa. Hozirgi kunda ushbu imorat
jahondagi eng baland inshootlar reytingida 1 o‘rinni egallaydi. Balandligi 828 metrni
tashkil etadi. Ushbu bino “shahar ichidagi shahar” tarzida loyihalashtirilgan. Ajoyib
arxitektura loyihasining muallifi amerikalik arxitektur Edrian Smit bo‘lgan.
- Ski Dubay chang‘i kurorti. Oddiy inson uchun yil bo‘yi quyosh charaqlab
turadigan issiq mintaqada chang‘i kurortining bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Dubay
shahri uchun ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Eng yirik savdo markazida 22 500 kvadrat
metr maydonni egallagan chang‘i kurorti qurilgan. Ushbu chang‘i uchish kompleksi
butun yil davomida ishlaydi
13
.
- Dunyo arxipelagi. Ushbu ajoyib arxitetura asari ko‘plab kichik sun’iy
orolchalardan iborat. Agarda yuqoridan samolyot orqali arxipelagga qaralsa, dunyo
xaritasini ko‘rish mumkin.
- Palma orollari. Bu orollar Dubay shahriga doimo tashrif buyuradigan turistlar
oqimining ko‘payib borayotganligi uchun, ularni joylashtirish maqsadida qurilgan.
Ushbu orollar shakli jihatidan palmalarni eslatadi.
- Deyra soat minorasi. Ushbu minora shahar tashqi ko‘rinishining o‘zgarganini
ko‘rsatgan timsol bo‘ldi. Bu ishshoot 1963-yilda, ya’ni neft eksporti boshlanganda
qurilgan. Minora Maqtum Bridj ko‘prigining darvozasi oldida turadi.
- Internet Siti Dubay. Ushbu rayon soliqlardan ozod qilingan va o‘zining
yuqori texnologiyalari bilan ajralib turadi.
- Dubay amirligining asosiy yo‘li – SHayx Zayd Road. Ushbu yo‘lsiz Dubay
shahri bilan tanishish to‘liq bo‘lmaydi. Bu yo‘l Dubay amiri bo‘lmish shayx Maqtum
bin Rashid al–Maqtumning sharafiga nomlangan.
- Dubay Marina. Bu rayon shaharning san’at qismini o‘zida aks ettiradi. Bu
erda eng muhtasham mehmonxonalar, savdo va ko‘ngilochar markazlar, zodagonlar
saroyi va g‘ayrioddiy binolarni ko‘rish mumkin.
13
The Observer. 2010. Ski in the desert? It could only happen in Dubai. The Observer 20
November.
143
- Al Bastakiya – qadimiy rayon. Ushbu rayon 1890-yillardan buyon zamonaviy
Dubayda qadimiyligi bilan alohida o‘rin egallaydi.
Dostları ilə paylaş: |