144
19-bob. O‘ZBEKISTON TURIZMI GEOGRAFIYASI
19.1. O‘zbekistonda turizmning shakllanishi va rivojlanishi
19.2. Respublika turistik salohiyati
19.1. O‘zbekistonda turizmning shakllanishi va rivojlanishi
O‘zoq tarixdan ma’lumki, mintaqaning rivojlanishida
turizmning hissasi
nihoyatda yuqori bo‘lgan. Chunki, u «Buyuk ipak yo‘li» tugunida joylashgan bo‘lib,
savdo sotiq va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy aloqalardan tushgan daromadlar mamlakat
xazinasiga katta ulush qo‘shganligi Shubhasidir. G‘arb bilan sharqni ya’ni qadimiy
Rim bilan Xitoyni bog‘laydigan «Buyuk Ipak yo‘li» eramizdan avvalgi II asriga borib
taqaladi. Buyuk Ipak yo‘lida hududimiz yetakchi rolni o‘ynab kelgan,
ayniqsa
Samarqand, Buxora, Xiva, Termiz shaharlari Karvon yo‘lidagi asosiy manzillar
bo‘lgan. Ularning yanada rivojlanishida hududni qo‘lay geografik o‘rni muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan.
Bizning hududimizdan etishib chiqqan
dunyoga mashhur allomalar, va diniy
uyushmalar, xadisShunoslar, qadimiy obidalar yaratuvchilar bo‘lib,
ular har xil
sabablarga ko‘ra, turli joylarda safarlarda bo‘lishgan. Ular Imom Al-At-Termiziy,
Bahouddin Nashqband, Maxdumi A’zam, Al-Matrudiy, Al-Farg‘oniy, Xo‘ja
Ahror
Vali, Xo‘ja Ahmad YAssaviy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo
Ulug‘bek, Zahriddin Bobir, Alisher Navoiy kabi buyuk siymolarning milliy,
ma’naviy, madaniy me’rosi va yaratuvchanlik bizning ulkan boyligimiz hisoblanadi.
Bular dunyo sayyohlarida katta qiziqish o‘yg‘otib kelmoqda.
Xususan tarixiy
obidalarga boy bo‘lgan shaharlari, o‘ziga xos bo‘lgan tabiati bilan hamisha jahon
sayyohlarini jalb qilib kelgan.
O‘zbekiston turizmining o‘tmishiga e’tibor berilsa,
u uzoq tarixga borib
taqalsada, ammo alohida tarmoq sifatida Yaqinda paydo bo‘lgan, dastlabki
ekskursiya sayohati byurosi 2996- yilida ochildi va birdaniga O‘zbekiston kasaba
uyushmasi berilib, uning qoshida «Turizm ekskursiya boshqarmasi» tashkil etildi.
1962- yilda «Turizm-ekskursiya kengashi» yuzaga keladi.