Mashq. Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang
va ma’nodoshlarini toping.
1. Temur
tug‘i yetmagan
joyni qalam bilan oldi, Alisher
(A.Oripov.). 2. T
iliga
kuchi yetadigan kishi aql podshosidir;so‘zga
ahamiyat bermaydigan kishi
la’natlangan, pastdir
(A. Navoiy). 3. Xalq
oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin,
bu so‘zni xalq qabul qilsin («
Qobusnoma»). 4. Xullas, yaxshinutq tuzish uchun
nahv,
aruz,
mantiq fanlari hamkorligidanfoydalanish zarur bo‘ladi. Ularning
birontasiga ahamiyatbermaslik, bulardan birining
qoidasi buzilishi qolgan
ikkitasigata’sir qilmay qolmaydi (
Beruniy). 5. Agar so‘z senikimiyoki sen so‘znikimi,
deb so‘rasalar, aytgil:
men so‘zniki vaso‘z menikidir, chunki so‘z insonlik
daraxtining
mevasidir,daraxtni
mevadan,
mevani
esa
daraxtdan
ajratib
bo‘lmaydi.Agar nuqsonli so‘z
qaysidir, deb so‘rasalar, Xudo vaRasulning so‘ziga
muvofiq kelmaydigan so‘z, deb javob bergil(
Koshifiy). 6. Agar gapirgan vaqtingda
so‘zning qanday
ma’nogaega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan,
bunday
qushnito‘ti deydilar
(Kaykovus).
Mashq. Gaplarni o‘qing, noo‘rin ishlatilgan so‘zlarni to‘g‘rilaribilan
almashtirib, gaplarni ko‘chiring.
1. Yigitcha raso charchagan ekanmi, ovqat yeb darrovuxlab qoldi. 2. Ko‘lning
zilol suvida tonggi quyosh nurlaritoblanmoqda edi. 3. Asl shoyidan tikilgan ko‘ylak
bu qomatdorqizga yoqishini bildi. 4. Ishimiz shunday suratda davom etsa,
qurilishni bayramgacha tugatamiz. 5. Qara, o‘g‘lim, eshikkabir inson keldi. 6.
Cho‘pon ozg‘in qo‘ylarni yaylovga haydab,o‘z makoniga qaytib keldi. 7. Nachalnikka
uchrashsam, sudgadavo qilishingiz mumkin, dedi.
Topshiriq. Matnni o‘qing. Yozuvchining fikrlariga munosabatbildirib, so‘z
qo‘llashning ahamiyatini asoslang.
Gap shundaki,
hozirgi vaqtda, tilimizning boyligini,uning qochiriqlarini
o‘rganishga eringan, so‘z san’atiga
hunardeb emas, kasb deb qaraydigan, bisotidagi
bir hovuch so‘zniyillar davomida aylantirib kun ko‘rib
yurgan bir turkum
qalamahlining «faoliyati», chala mulla ba’zi olimlarning «ilmiy xulosa
»lari natijasida ajib bir til bunyodga kelgan. Bu tilda hechkim gapirmaydi,
zotan gapirish mumkin ham emas, faqatyozib o‘qib berish mumkin. Bu tilda yozilgan
narsani birqiyomda o‘qimasdan ham iloj yo‘q. Bu tilning hech qayerga
yozilmagan, lekin amalda joriy bo‘lgan temir qonuniga ko‘ra«yaxshi ovqat
yedim!» deb yozib bo‘lmaydi, albatta, «sifatliovqatlandim» deb yozish shart!
«Papiros chekadigan kishigugurtini olib yurishi kerak» deb yozish to‘g‘ri emas.
«Papiroschekish odatiga ega bo‘lgan kishi o‘zini tegishli gugurt bilanta’minlab
yurishi kerak» deb yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi! Bu tilde latifa aytib bo‘lmaydi,
yozib
bo‘lmaydi! Bu tilda hazilga,maqolga, matalga, ajoyib xalq iboralariga o‘rin yo‘q. Bu
tilhar qanaqa jonli fikrga kafan kiygizadi, har qanaqa o‘ynoqimazmunni taxtaga
tortadi, har qanaqa lektorni g‘urbatninguyasiga, har qanaqa auditoriyani o‘lik chiqqan
hovligaaylantiradi!
A. Qahhor, «Quyushqon» hajviyasidan.