Franshizalar odatda davlat tomonidan davlat mol-mulkidan (masalan, kabel
televideniesi kompaniyasi) foydalanish huquqiga egalik qilish uchun yoki
kommunal xizmatlar ko‘rsatish (elektr energiyasi), shuningdek xo‘jalik yurituvchi
subyektlar tomonidan aniq maqsadlar va aniq xizmatlardan (“O‘zbekiston havo
yo‘llari”) foydalanish huquqiga egalik qilishlari uchun beriladi.
Ko‘pgina hollarda franshizani olish qiymati yuqori bo‘ladi va odatda
franchayzi franchayzorga uning boshlang‘ich qiymatini to‘lashi talab etiladi.
Franshizaning boshlang‘ich qiymati
kapitallashtirilishi va undan keyingina xarajatlar yuzasidan hisobdan chiqarilishi
lozim. Franshizalardan amortizatsiya qilish uning oldingi davriy baholari bilan
birgalikda aniq belgilangan xizmat qilish muddatiga asoslanadi. Biroq to‘liq
amortizatsiya davri 40 yildan oshib ketishi mumkin emas.
Eng ommaviy tarqalgan va oddiy aktivlar bo‘lib Gudvill (firma bahosi)
hisoblanadi. U o‘zida firmaning aniqlanadigan aktivlaridan olinishi kutilayotgan
daromadlariga qo‘shimcha ravishda daromadlarning ko‘payishiga olib keluvchi
firmaning imidji natijasida yuzaga kelgan qimmatlikni aks ettiradi. Gudvill, faqat,
bir xo‘jalik yurituvchi subyekt ikkinchisini sotib olgan hollardagina ro‘yxatdan
o‘tkaziladi. U sotib olish dalilisiz ham amal qilishi mumkin, biroq buxgalteriya
hisobida, bir korxona boshqasini sotib oladigan bo‘lsa yoki ularning qo‘shilishi yuz
beradigan bo‘lsagina tan olinadi.
7-sonli BHMSda aktivlarni buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlar sifatida
bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
a)
moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo‘lmasligi;
b)
aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar
ko‘rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq
muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12
oydan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish. Bunda
aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekistonda belgilangan (xarid
qilish paytida) eng kam ish haqi miqdorining kamida 50 baravarini tashkil qiladi.
Korxona rahbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish maqsadida hisobot davri
uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli;
d)
korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi;
e)
ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning
mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar,
guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz
kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi;
f)
identifikatsiyalash imkoniyati. Identifikatsiyalash sharti mezonlaridan biri
- nomoddiy aktivlarni korxonadan ajratish va uning shartnomaviy hamda boshqa
yuridik huquqlardan, ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan ajratiladigan
bo‘lishidan qat’iy nazar yoxud boshqa huquqlar va majburiyatlardan yuzaga kelishi
mavjudligida bajariladi.
Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo‘lib hisoblanadi, agarda u
quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa:
a)
ajraladigan bo‘lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo‘lsa hamda sotish, berib
yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog‘liq aktiv, kontrakt yoki
majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo‘lsa. Agar
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning (shu
jumladan o‘rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega
bo‘lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun dasturlar va
ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq
huquq korxonaga tegishli bo‘lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi;
b)
ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va
majburiyatlardan ajraladigan bo‘lishidan qat’iy nazar, shartnomaviy va boshqa
yuridik huquqlardan paydo bo‘ladi.
Intellektual mulk obyektlarining huquqiy tabiati O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 1031-1111-moddalari bilan, ularning buxgalteriya hisobi va
moliyaviy hisobotda aks ettirilishining uslubiy asoslari esa 7-son BHMS “Nomoddiy
aktivlar”, 21-son BHMS “Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash
bo‘yicha Yo‘riqnoma” bilan belgilangan.
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va
harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga
oshiriladi:
0410 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xau”;
0420 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”;
0430 “Dasturiy ta’minot”;
0440 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari”;
0460 “Franchayz”;
0470 “Mualliflik huquqlari”;
0480 “Gudvill”;
0490 “Boshqa nomoddiy aktivlar”.
Nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘yicha jamlangan amortizat- siya to‘g‘risida
ma’lumotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
0510 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amorti- zatsiyasi”;
0520 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namu- nalarining
amortizatsiyasi”;
0530 “Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi”;
0540 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi”;
0560 “Franchayzning amortizatsiyasi”;
0570 “Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi”;
0590 “Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”.
Barcha turdagi nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi boshlang‘ich qiymat
bo‘lishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ushbu qiymat bo‘yicha qabul qilinadi.
Haq evaziga sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati
quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
a)
huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi
(sotuvchi)ga to‘langan summalar;
b)
huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati
bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari, patent bojlari
va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;
d)
bojxona bojlari va yig‘imlari;
e)
nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to‘lana- digan soliqlar
va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);
f)
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq axborot va maslahat
xizmatlari uchun to‘langan summalar;
g)
nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to‘lanadigan
haqlar;
h)
asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini
sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;
i)
aktivdan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish
bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar
(akkreditiv ochish bo‘yicha xarajatlar, o‘tkazmalar uchun bankning vositachilik
haqi, nomoddiy aktivlarni chet el valyutasiga sotib olish chog‘ida valyuta
konvertatsiyasi bo‘yicha vositachilik haqi va bankning boshqa xizmatlari), sotib
olish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq
xarajatlar hamda aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa
xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular
sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinishi kerak.
Agar shartnoma shartlarida to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib- bo‘lib to‘lash
nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash chog‘ida
haqiqiy xarajatlar buxgalteriya hisobiga dastlab tan olingan kreditorlik qarzi
summasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga doir xarajatlar qarzga
olingan kapital hisobidan to‘liq yoki qisman sotib olingan nomoddiy aktivlarning
boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |