ketma-ketlikda joylashtirish va sutkaning qismlarini tartibi bilan aytish
topshirig‘ini berish mumkin. Yil oxirida bolalarga shu mashqlar asosida sutka
haqidagi umumlashgan tasavvurlarni berish va sutka so‘zining mazmunini ochib
berish mumkin.
O‘rta guruhda bolalar ―kecha‖, ―bugun‖, ―ertaga‖ tushunchalarini
farqlashni o‘rganib olishlari kerak. Kattalar tomonidan tegishli nomlardan har
doim foydalanish buning uchun eng Yaxshi sharoitdir. Masalan, bolalarga yangi
o‘yinchoqni kursatishdan oldin tarbiyachi ularga bugun u yangi o‘yinchoq
ko‘rsatishi va ular shu o‘yinchoqni o‘ynashlari haqida ogohlantirishi kerak. Yoki
tarbiyachi bolalarga kecha nima bilan mashg‘ul bo‘lganliklarini, bugun ertalab
nima qilganliklarini eslashni taklif qiladi. Bolalarga bunday deyish mumkin:
―Bugun biz sizlar bilan loy va plastilindan narsalar yasaymiz, ertaga esa, rasm
chizamiz. Kecha biz sizlar bilan uchastkada sayr kildik, bugun esa parkka
boramiz‖ va hk. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachi bilan har doim shunday
muloqotda bo‘lib, bu tushunchalarni o‘zlashtiradilar. Konkret misollarda ―tez-
sekin‖ tushunchalari bilan tanishadilar.
Dostları ilə paylaş: