Mavzu: Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda vaqt va fazoviy idrokni shakllantirish. Reja



Yüklə 483,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix21.06.2023
ölçüsü483,05 Kb.
#133767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda vaqt va fazoviy idrokni shakllantirish

Idrok rivoji. Jismoniy jarayonlar rivojlanishi butun kichik maktab yoshi 
davomida amalga oshadi. Garchi bolalar maktabga yetarli rivojlangan idrok bilan 
kelishsa-da (ularda ko‗rish, eshitish o‗tkirlashadi, ular turli shakllar va ranglarni 
yaxshi farqlaydilar), ularning o‗quv faoliyatidagi idroki faqat shakl va ranglarni 
o‗rganish va anglashdan iborat bo‗ladi. Birinchi sinfda qabul qilingan predmetlar 
tarkibiy qismi va xususiyatlarining tizimli tahlili mavjud emas. Bolaning idrok 
etilgan predmetlarni tahlil qilish va farqlash imkoniyati unda shunchaki his 
etishdan ko‗ra murakkabroq faoliyat turining shakllanishi bilan bog‗liq.
Kuzatish deb atalgan faoliyat turi maktabda o‗qish jarayonida juda intensiv 
ravishda shakllanib boradi, keyinchalik idrok biror maqsadga qaratila boradi. Bola 
kuzatuvchanligi haqida shaxsning alohida xususiyati sifatida gapirish mumkin. 
Tadqiqotlar 
shuni 
ko‗rsatadiki, 
boshlang‗ich ta‘limda kichik yoshdagi 
o‗quvchilarning barchasida bu muhim hislatni sezilarli rivojlantirish mumkin.
Diqqatning rivojlanishi. Maktabga keluvchi bolalar maqsadli diqqatga ega 
bo‗lmaydilar, ular asosan bevosita o‗zlari uchun qiziq bo‗lgan, yorqinligi va 
noodatiyligi bilan ajralib turuvchi (ixtiyorsiz diqqat) narsalarga e‘tibor beradilar. 
Maktab birinchi kundanoq boladan uni qiziqtirmaydigan narsalarni kuzatishni va 
ma‘lumotlarni o‗zlashtirishni talab qiladi. Bola asta-sekin diqqatini tashqi 


tomondan jalb etuvchi narsalarga emas, kerakli narsalarga yo‗naltirish va qat‘iy 
saqlashni o‗rganib boradi. 2-3-sinfda ko‗pchilik o‗quvchilar allaqachon ixtiyoriy 
diqqatga ega bo‗ladilar.
Ixtiyoriy diqqat, uni u yoki bu masalaga maqsadli yo‗naltirish – kichik maktab 
yoshining muhim yutug‗idir. Kichik maktab yoshida diqqatning rivojlanishi 
ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqatning almashinuviga, uning hajmi kengayishiga va turli 
harakat turlari o‗rtasida diqqatni taqsimlay olishga bog‗liq.

Yüklə 483,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin