to‘qson bir ming to‘qqiz yuz qirq) so’mni ni rejalashtirilgan kreditlar 60 miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
3. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI 3.1 Ta’lim muassasasi: 3.1.1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyul 569-son qarori bilan tasdiqlangan «Muhammad al-
Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi nizomda nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish;
3.1.2 Talabalarga qonun bilan berilgan huquqlarining erkin amalga oshirilishini va ta’lim muassasasi Nizomiga muvofiq
majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
3.1.3 Talabani tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlarga muvofiq, Davlat ta’lim standarti talablari darajasida o‘qitish;
3.1.4 O‘qitish uchun to‘lovning belgilangan miqdori to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar berish;
3.1.5 O‘qitish narxi o‘zgargan taqdirda bu to‘g‘risida talabaga uch ish kunida xabar berish;
3.1.6 Amaldagi baholash tizimi asosida talabalar bilimini shaffof baholash tamoyiliga ko‘ra tashkil qilish;
3.1.7 Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni oladi.
3.2 Talaba: 3.2.1 Qayta o‘qitishning to‘liq qiymati 709 194 (yetti yuz to‘qqiz ming bir yuz to‘qson to‘rt) so’mni shartnoma
imzolangandan so‘ng uch bank ish kunida to‘lash;
3.2.2 Ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan darslarga muntazam ravishda qatnashish va davlat ta’lim standartlari
talablari asosida bilim olish majburiyatini oladi.
4. O‘QITISH MUDDATI 4.1 Shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan kuchga kiradi.
4.2 Talaba qayta o‘qitish summasini to‘liq to‘lagandan so‘ng ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan qayta o‘qishga
qatnashishga ruxsat etiladi.
4.3 O‘qish muddati ta’lim muassasasi tomonidan akademik qarzdorlik hajmidan kelib chiqib belgilanadi.