Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
 
1. Irq deganda nimani tushunasiz? 
2. Irqlar yuzaga kelishi to’g’risida qanday nazariyalar mavjud? 
3. Asosiy irqlar nechta? 
4. Dunyoda eng keng tarqalgan irq qaysi? 
5. Yevropoid irqining qanday tarmoqlari mavjud? 
6. Negroid irqining irqiy belgilarini izoxlang. 
7. Mongoloid irqi tarqalgan hududlar. 
8. Mongoloid irqining irqiy belgilari qanday? 
9. Dunyo aholisining necha % I negroid irqiga mansub? 
10. Aralash irqlar necha guruhga bo’linadi? 
AHOLINING MILLIY TARKIBI 
R E J A
1. Aholini milliy tarkibi to’g’risida. 
2. Aholining milliy tarkibini aniqlashdagi muammolar. 
3. Ayrim regionlar aholisining milliy tarkibi to’g’risida ma’lumot . 
4. O’zbekiston aholisining milliy tarkibi. 
Millat – etnosning eng yuksak darajasidir. Millat bo’lishi uchun tili, xududi, 
umumiqtisodiy faoliyati va milliy ong shakllangan bo’lishi kerak. 
Ayrim mamlakat yoki butun jaxon aholisining milliy tarkibini aniqlash juda 
mushkul vazifadir. Turli mamlakatlarda yashovchi xalqlar ro’yxatini tuzish dastlabki 
bosqichdanoq aholining biror guruhining qandayligini: etnik birlikni ya’ni aloxida 
halqni tashkil etadigan yoki xalqning bir qismini (etnografik guruhini) yoki birlikning 


- 43 - 
boshqa bir ko’rinishini, masalan davlat siyosiy ko’rinishini tashkil etadimi?‖ 
ko’rsatish zarur/ ammo bunday masalalarni hal qilish ko’pincha qiyin bo’ladi. Ko’p 
hollarda etnografik guruhlar o’ziga xos madaniy va maishiy elementlar tavofut 
qilibgina qolmay, balki alohida dialektlarda gaplashib, etnik jihatdan o’z-o’zini 
butunlay boshqacha anglashga ham olib keladi. Qisman ancha yaxshi o’rganilgan 
xalqlarda (bolgarlar, polyaklar, mazurlar va boshqalarda) ayrim guruhlar yaqin 
o’tmishda ham rasmiy statistika ma’lumotlariga ko’ra alohida xalq sifatida ajralib 
kelinar edi. 
Jahon 
mamlakatlarida 
kansolidatsiya 
va 
assimilyayatsiya 
(korishish) 
jarayonining keng kulamga avj olish tufayli o’ziga hos utkinchi til va madaniy 
formali, milliy jihatdan o’z-o’zini anglash kabi etarli, muhum belgili aholi guruhlari 
mavjuddir.
Binobarin bunday guruhlardan biriga misol qilib, Bochqirdistonda yashovchi 
tatarlarni ko’rsatishimiz mumkin. Aholining bu qismi hozircha tatar halqini bir 
bulag’i hisoblanadi. 
Xalqlarni sonini aniqlashdagi kiyinchilik esa, jahon aholisini etnostatistik 
jihatdan etarli rganilmaganligiga bog’liqdir. Hozirgi vaqtda butun jahon mamlakatlari 
aholi soni ro’yxatga olindi. Biroq bunday ro’yxatlarning kupchiligi aholining milliy 
tarkibini o’z oldiga maqsad qilib quymagan. Bir qator mamlakatlarda milliy tarkib 
(yoki til) haqidagi masalaning yo’qligi, aholining etnik jihatdan nisbatan bir hilligiga 
bog’liqdir. Bunda maskur masala muhum rol o’ynamaydi. Ammo butun dunyo 
aholisining milliy tarki ini bilish mushkul masala. Bu masalaning mushkulligi jahon 
aholisini etnostatistik jihatdan etarli urganilmaganligidir. Hatto hozirgi aholi 
ruyhatlari o’z oldiga avzifa qilib qo;ymaydi. Bunga birqancha sabablar bor ayrim 
mamlakatlarda ro’yhatlar o’tkazishda milliy mansublik etnik jihatdan nisbatan bir hil 
bo’ladi. Boshqa hollarda bunday ko’rsatkischning bo’lmasligi mumkin.
Chunki hukmron davrlar mayda millatlar va ular bilan bog’liq bo’lgan milliy 
muammolar go’yo hal bulgan demokchi bo’ladilar hamda o’z mamlakatlarini yahlit 
milliy mamlakat sifatida ko’rsatishga intiladilar. 
Chet el ro’yhatlarining milliy masala aks etgan ma’lumotlaridan ham 
foydalanish ancha qiyin. Chunki, ayrim olimlar tomonidan kabul qilingan etnik
terminologiya, hamda etnik umumiylik odatda chet el adabiyotlaridagi terminologiya 
va tushunchalardan fark qiladi. Masalan ingliz, franso’z yoki ispan tili 
terminologiyasidan foydalanuvchi kupincha mamlakatlarda «millat» tushunchasi 
doimo «davlat» tushunchasi bilan tenglashadi, «millat» termini esa davlatga 
mansublikni bildiradi. Ayrim aholishunos olimlar esa aralashtirib yuboradilar. 
AQSHda o’tkazilgan aholi ro’yhatlarida millat masalasi irkq masalasi bilan 
aralashtirilgan (oq tanli, negr, amerikalik, indets, hitoy, yapon, filippinlik va 
boshkalar). 
Shuningdek dunyoning barcha qismlarida milliy jinslashish va korshishi 
jarayonlari keng ko’lamda yoyinganligi e’tiborga olsak, planetamiz aholisini milliy 
tarkibini aniklashning mushkulligi yanada aniq kurinadi. 
Baz quyidagi Horijiy Evropa, Horijiy Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya va 
Okeaniya buyicha aholining milliy tarkibi haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin