- 44 -
guruhga bo’lamiz: 1. Bir millatli davlatlar. 2. Ko’p millatli davlatlar. 3. oralik
davlatlar.
Bir millatli davlatlarga Evropada 20dan ortik davlatlar kiradi (Polьsha,
SHvetsiya, Germaniya, Vengriya, Daniya, Porto’g’aliya va boshkalar). Ba
davlatlarning har birida o’z asosiy millati halqning 90%ini yoki undan ortigini tashkil
etadi.
Ko’p millatli davlatlarga Buyuk Britaniya, Ispaniya, Shveytsariya, Chehiya,
Sloveniya, Belьgiya va boshka davlatlar kiradi. Jumladan B. Britaniyaning asosiy
millati inglizlardan tashkari, shotlandiyaliklar, irlandlar, yahudiylar va boshka
mamlakatlardan kuchib kelgan ko’plab muhojirlar yashaydi.
Ispaniyaning shimoliy-sharqida katalonlar, shimoliy-garbida gelisiyaliklar va
shimolida basklar istiqomat qiladi. Bunday misollarni Horijiy Evropaning ayrim
boshka mamlakatlarida ham kurish mumkin.
Horijiy Evropaning ko’pchilik mamlakatlarida milliy masala hali ham hal
qilinmagan. Evropadagi dunyoning boshqa qismlaridan kuchib kelgan immigrantlar
esa ogir ahvolda yashaydi. Fakat mustaqil davlatlardagina teng hukukli hisoblanadi.
Horijiy Osiyo aholisining soni jihatidangina emas ko’p millatligi bo’yicha
ham dunyoning boshqa qismlaridan ajralib turadi. Bu erda bir millatli davlatlar juda
kam. Bir millatli davlatlarga asosan Yaponiya, Koreya va ayrim arab davlatlarining
kiritish mumkin. Arab mamlakatlaridan Iroq, Suriya, Livan, va shuningdek Turkiyada
asosiy mamlakatlardan tashkari ko’plab mayda millatlar yashaydi. Eron – Osiyoda
aholisining etnik tarkibi hilma hil bo’lgan mamlakatlardan biridir. Eronda asosiy
millat va elatlar (20 dan ortik xalqlar) yashaydi. Afgoniston, Pokiston, Myanma,
Hitoy
va
Filippin
ham
ko’p millatli davlatlardir. Osiyoning ko’pchilik
mamlakatlarida milliy masala hal qilingan emas. Ayrim xalqlar bir necha davlatlarga
bulinib ketgan, masalan kurdlarning etnik xududi Turkiya, Eron, Iroq, Suriya
o’rtasida bulib olingan balujlar etnik hududi Eron, Afgoniston, Pokiston o’rtasida,
Afgonlar, - Afgoniston bilan, bunday misollarni esa ham bir nechtasini keltirish
masalan. Bunday hollar esa milliy o’zaro hamkorlikni kiyinlashtiradi va davlatlar
o’rtasida munosabatlardaayrim nizolarni keltirib chiqaradi. Kurd va kushtun
muammolari milliy masala negizida kelib chiqan va murakkab, keskin siyosiy
muammoga aylangan. Hitoyda mayda millatlarga karshi, millatlarni «hitoylashtirish»
siyosati yahudiy-arab mojarolari ana shunday muammolardandir.
Afrika
aholisining
milliy
tarkibi
o’ziga hos, o’zok davom etgan
mustamlakachilik afrikaliklarning ijtimoiy iqtisodiy va madaniy rivojlanishni ancha
orqada qoldirdi. Ularning yirik millatlar va elatlarga birlashuviga halgl berdi.
Mutahassislar Afrikani aholisini milliy tarkibiga karab 3ta etnik viloyatga bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: