Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

12. Koison oilasi.
 
13. Basklar oilasi.
 
14. Burishlar oilasi. 
16. Xettlar oilasiga Rossiyaning shimoliyadagi xalqlar kiradi.
 
17. Santibet oilasi.
 
18. Avstro-osiyo oilasi (Vetnam, Kombadja hudularida).
19. Xaratay oilasiga Laos, Tailand, Vetnam davlatining shimoli, qisman 
Myanma davlatlarida yashovchi xalqlar kiradi.
 
20. Mayya-Yava oilasi – Laosning shimoliy qismi, qisman Xitoyda, 
Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo, Tibet, Laos, Birma xalqlari.
 
21. Avtsroneziya oilasi.
 
22. Papuas oilasi – Yangi Gvineya, Timor orollari hududlaridagi xalqlar.
 
23. Avtraliya oilasi – Avstraliya markazidagi xalqlar.
 
24. Nadene oilasi (Kanada, AQSh davlatlari).
 
25. Shimoliy Amerika oilasi – Kanada. Meksikaning sharq iva 
Gvatemaladagi xaqlar.
 
26. Markaziy Amerika oilasi (Meksika, AQSh).
 
27. Chibchapaes oilasi (Panama, Gonduras, Gayana).
 
28. And oilasi (Chili).
 
29. Ekvatorial Tukanaon oilasi – Bariziliya, Boliviya, Kolumbiyaning 
janubi, Paragvay, Argentinaning shimolidagi xalqlar.
 
30. Jepano-Karib oilasi – Braziliya, Venesuellaning janubiy qismi, 
Peruning sharqidagi xaqlar.
 
 
AHOLINING HUDUDIY TAQSIMLANISHI VA ZICHLIGI 
R E J A: 
1. Zichlik to’g’risida tushuncha. 
2. Aholining xududiy joylashuviga tasir etuvchi omillar. 
3. Dunyo aholisining hududiy joylashuvi. 
4. O’zbekiston aholisining hududiy joylashuvi va zichligi. 


- 54 - 
Aholining 
hududiy 
joylanishi 
– yer yuzining kishilar tomonidan 
o’zlashtirilishi bilan bog’liq bo’lgan juda uzoq tarixiy jarayonning natijasidir. Yer 
sharinig turli qisimlarida, turli mamlakatlarda aholining hududiy joylashishi va 
zichligi tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy va tabiyi omillar ta’sirida vujudga keladi. Bu 
asosiy omillar dunyoning turli qisimlarida ham hududiy va xech vaqt nuqtai nazardan 
bir xil emasligi va xech qachon bunday bo’lmasligi o’z – o’zidan ma’lum. Shuning 
uchun ham turli kontinentlarda, uning zichligida katta farqlar mavjud. Odatda 
aholining hududiy joylashuvini har bir kvadrat kilometrga to’g’ri keladigan aholi soni 
bilan ko’rsatiladi. Yer sharida aholining o’rtacha zichligi har kv km ga 47 kishi 
to’g’ri keladi. Ammo dunyoning turli qisimlarida aholining zichligi turlichadir. 
Dunyoning ayrim hududlarida zichlik juda yuqori Germaniyaning Rur havzasida, 
angliyaning Midlend rayonida o’rtacha zichlik 1000 kishiga etadi. AQShning 
Atlantika sohilidagi katta hududda (Bostondan Voshingtongacha) o’rtacha zichlik 
300 kishidan ortiq. Bu hududlarda yuqori zichlik asosan industrial taraqqiyot va yirik 
shaharlarinig keng rivojlanganligi hisobiga bo’lsa, dunyoning ayrim rayonlarida ko’p 
mehnat talab qiladigan qishioq xo’jaligi ham yuqori zichlikka sababchi bo’lmoqda. 
Masalan, Bangiladej davlatida o’rtacha zichlik 400 kishi, Indoneziyaning Yava 
orolida 500, Xindistonning ayrim hududlarida 300 kishidan ortiqdir. 
Misr Arab Respublikasining Nil daryosi delvtasida zichlik 800 kishiga etadi. 
O’zbekistonning ayrim qishloq xo’jalik rayonlarida ham aholi zich (Moldaviya, 
G’arbiy Ukraina va O’zbekistonning yirik qishloq xo’jalik rayonlarida zichlik 300 – 
400 kishiga etadi) Professor Yo. G. Saushkin obikor dehqonchlik, tronik dehqonilgi 
va ayniqsa sholikorlik rivojlangan rayonlarda aholining juda zich yashashligi xaqida 
ko’plab misolllar keltirib hulosa chqargan: 
1. Keyinroq o’zlashtirilgan va yangidan sug’orila boshlangan yerlardagiga 
nisbatan qadimdan sug’orib kelinayotgan yerlarda aholi doimo zichroq bo’ladi: 
2. Sug’oriladigan hududlar orasida sholi ekiladigan rayonlarda aholi ayniqsa 
zich bo’ladi. Boshqa g’alla ekinlari va texnika ekinlari ekiladigan rayonlarda zichlik 
sholikorlik rayonlaridagiga nisbatan past bo’ladi. Agar dunyo aholisinig joylashuvi 
va zichligi kartasiga nazar tashlasak aholi eng ko’p va zich yashaydigan areallarni 
ajratish qiyin emas. Birinchi navbatda eng yirik to’rtta ana shunday areal yaqqol 
ko’zga tashlanadi.
1) Eng yirik birinchi areal o’z ichiga Xindiston yarimorolini, janubiy – sharqiy 
Osiyoni, Xitoyning sharqiy qisimini, Koreya yarim orolini va Yaponiyani oladi. Bu 
arealning ko’pchilik qismida (Masalan, Gang daryosi vodiysi, Yava oroli, Yanszi 
havzasi va boshqa) zichlik 200 kishiga etadi va undan ham ortadi. Faqat tog’li 
o’lkalarda zichlik birmuncha past. Bu arealda qator yirik millioner shaharlar (Tokiyo, 
Shanxay, Kolkutta, Bombay, Osaka, Kiota va boshqa) joylashgan.
2) Aholi zich joylashgan ikkinchi yirik areal Evropadir. Skandinaviya 
yarimorolini va Rossiya Evropa qismining shimoliy – sharqiy hududlarini hisobga 
olmaganda Evropaning qolgan barcha qismini shu arealga kiritish mumkin. Bu yerda 
zichlik 50 ko’p hududlarda 100 kishidan ortiq.
3) Aholi ko’p zich joylashgan AQShning Atlantika sohili. 


- 55 - 
4) Nil daryosi quyi oqimi hamda deltasini o’z ichga oladi. Dunyo aholisi 
zichligi kartasida aholi eng ko’p va zich joylashgan areallar bilan birqatorda deyarli 
o’zlashtirilmagan hududlarni ham ko’rish mumkin. Bunday areallardan ham bir 
nechta xarakterlisini ajratsa bo’ladi. Jumladan, Artika atrofidagi rayonlar kam 
o’zlashtirilgan eng yirik arealdir. Bu arealga Grendlandiya, Shimoliy Amerika 
materigining qisimlari, Kanada, Artika arxepelagi, Rossiya hududida Sibir va Uzoq 
sharqning shimoliy qisimlarini kiritish mumkin. Bu hududda aholi kamligi asosan 
Artika va Subartika iqlimining sovuqlilgi oqibatidir. Aholi kam yashaydigan ikkinchi 
yirik areal Sahroi Kabr, uchinchisi Avstraliya cho’llari, to’rtinchisi Gobi, 
Taklamakan cho’llari, Tibet yassi tog’ligi va uni janubdan o’rab turgan qudratli 
tog’lari, beshinchsi Janubiy Amerika materiginig ichki qisimlaridagi ayrim hududlar 
Amazoniya, Braziliya yassi tog’ligining g’arbiy qismi va boshqalardir. Shuningdek 
kam o’zlashtirilgan areallarni Arabiston yarimorolida Kalaharia cho’lida va boshqa 
joylarda ham ko’rish mumkin. Yer sharidagi aholining hududiy joylashishi va 
zichligida bir qancha katta farqlar bo’lib ular uzoq tarixiy davirda va hilma – hil 
omillar ta’sirida vujudga kelgan. Bulardan eng asosiylari tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy, 
tabiiy va boshqa omillardir.
O’bekiston hududining tabiiy sharoiti ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi 
imkoniyatlarining turli tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Mamlakar 
bo’yicha aholi joylashuvining o’rtacha zichligi 1 km
2
ga 55,4 kishidan iborat bo’lgan 
xolda, Navoiy viloyatida 7,1 kishidan, Andijon viloyatida 515,6 kishigacha farq 
qiladi. (Bu borada ichki tafovut 70 marttadan iborat).
Qadimdan sug’oriladigan voxalarda aholi zich, Masalan; Farg’ona, 
Namangan, Xorazim viloyatlari. Qoraqalpag’iston respublikasi va Navoiy viloyati 
respublira maydonining 61,9 % ini egallasada bu hududda respublika aholisining 
atiga 9,3 % yashaydi. Toshkent aglomeratsiyasida aholi zichligi 600 – 700 kishga 
etadi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin