2. Qishloqlar. Bu formalar qishloq aholisi guruh – guruh bo’lib yashaydi. Ammo bu formada
ham qishloqlar qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar bo’ylab tarqoq joylashgan
bo’ladi. Bu forma dunyoning deyarli barcha qisimlarida tarqalgan bo’ib, qishloq
aholisining asosiy yashah formasidir. Qishloqlarning katta kichikligi ekin ekiladigan
massivlarning katta kichikligiga, taraqqiy etgan qishloq xo’jalik tarmog’ining ko’p
yoki kam mehnat talab qilishga bog’liq.
3. Shaharlar. Aholi manzilgohlari ijtimoiy mehnat taqsimotining mahsuli sifatida vujudga
kelgan asosiy tipi, hozirgi zamonda aholining eng keng tarqalgan yashash formasidir.
Shahar bilan qishloqni bir – biridan ajratib tutadigan asosiy belgi – ularning
qishloq xo’jaligida bajaradigan funktsiyasidir.
Qishloq doimo qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi aholi yashaydigan
manzilgohlar. Shahar esa, mehnat faoliyatining qishloq xo’jaligidan boshqa
tarmoqlari bilan shug’ullanuvchi aholi yashaydigan, odatda qishloqlarga nisbatan
katta bo’lgan aholi manzilgohlari.
Bizda aholi manzilgohlari shaharlarga aylantirish yoki qishloq holiday saqlab
qolishningqonun – qoidalari bor, masalan Rossiyada 1957 yilgacha aholining soni
1000 kishidan kam bo’lmagan, qishloq xo’jaligida ishlovchilarning salmog’I 25
foizdan ortiq bo’lmagan aholi manzilgohlari shaharga aylantirilishi mumkin edi.
Shuningdek, aholi manzilgohlari iqtisodiy va madaniy ahamiyati ham e’tiborga
olingan. Hozir aholi manzilgohini shaharga aylantirish uchun undagi aholi soni 12
ming kishidan kam bo’masligi, barcha aholining 85 foizi ishchi, xizmatch va ularning
oila a]zolaridan iborat bo’lishi kerak.
O’bekiston aholi manzilgohini shaharga aylantirish uchun undagi aholining
soni 7 mingdan bo’lmasligi, aholining 2/3 qismi, ishchi, xizmatchi va ularning oila
a’zolaridan iborat bo’lishi kerak. Turli respublikalarda aholi manzilgohlari
shaharlarga aylantirish shartlari xilma – xildir. Bu xilma – xillik mahalliy sharoitlar
bilan bog’liqdir. Umuman dunyoning turli mamlakatlarida aholi manzilgohlari shahar
deb atash va shaharga aylantirish shartlari turlichadri.
AQSh da aholisining soni 2500 kishidan ortiq barcha aholi manzilgohlari
shahar qatoriga kiritiladi. Frasiyada aholi soni 2000 kishi, Islandiyada atiga 200 kishi
bo’lsa kifoya, shaharga aylantiriladi. Gollandiyada esa aksincha aholi manzilgohlari
shaharga aylantirish uchun u yerda 20000 kishidan ortiq aholi yashashi kerak,
Koreyada 40000 kishi va bundan tashqari.