Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
DEMOGRAFIK BASHORAT R E J A: 1. Demografik bashorat to’g’risida. 2. Demografik bashorat turlari. 3. Demografik bashorat uslublari. 4. Demografik bashorat tarixi. Demografik bashorat deganda malum hudud aholisining soni, tarkibi va
demografik vaziyati istiqbolining asoslangan xolda oldindan aniqlash tushiniladi. Xar
qanday ijtimiiy – iqtisodiy bashoratlar, demografik bashorat zaminida tuziladi.
Kelajakda ishlab chiqarish lozim bo’lgan maxsulotlar miqdorini rejalashtirish uchun
avvalo kelajakdagi aholi soni, yosh-jinsiy, tarkibi, olialar sonini bilish lozimdir.
Ayniqsa, aholining yosh tarkibi bo’yicha bashorati muxim axamiyatga egadir.
Kelajakda maktabgacha bo’lgan bolalar muassalari, maktablar, oily va maxsus o’quv
yurtlarini qurilishini rejalshtirish uchun kelajakda qancha bola maktabgacha
muassasalariga qatnashi mumkin, qancha bola maktab yoshiga yetishi, qancha bola
maktabni tugatib oily va maxsus o’quv yurtlariga borishi xaqidagi malumotlar
zarurdir.
Aholining yosh – jinsiy tarkibi xaqidagi bashorat tibbiy xizmat tarkibi
xaqidagi bashorat tibbiy xizmat ko’rsatish tizimining rivojlanishi uchun xam muxim
axamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy tarkibi bo’yicha tuzilgan bashorat asosida
keljakda qancha bolalar va ayollar shifokorlari aholining, keksa guruhiga xizmat
qiluvchi kardiologlar, onkologlar, nevrotologlar kabi mutaxassislar tayyorlash
rejalshtiriladi. Kelajakda, yangi ish orinlarini tayyorlash xalq xo’jaligi soxalarini
rovojlantirish istiqbollarini aniqlashda esa mexnat yoshidagi aholi xaqidagi bashorat
ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Umuman, iqtisodiyot va aholini ijtimoiy xayotining
barcha qirralari istiqbolini rejalshtirishda shu sotsial jarayonlarning qatnashchilari,
iste’molchialr va yaratuvhcilari bo’lishi aholi guruhlari xaqidagi demografik bashorat
zarurdir. Aks xolda kelajak uchun rejalshtirilgan xar qanday ijtimoiy-iqtisodiy
jarayon ijobiy natija bermaydi. Demografik, bashorat demografiya fani va
demografik tadqiqotlarninf asosiy vazifalaridan biri xosoblanadi. Demografik