Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

DEMOGRAFIK SIYOSAT 
R E J A: 
1. Aholining to’grisida tushuncha.
2. Demografik siyosat maqsadi va vazifalari.
3. Demografik siyosat o’tkazish uslublari. 
4. O’zbekistonda demografik siyosat. 
 
Demografik 
siyosat-aholi 
siyosatning asosiy qismi bo’lib, jamiyat 
taraqqiyotining turli bosqichlari va turli davlatlarda o’ziga xos hususiyatlarga, 
yo’nalishlarga egadir. Aholi siyosati demografik siyosatga qaraganda keng qamrovli
bo’lib, aholini rivojlantirish maqsadida olib botiladigan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat
yo’nalishi hisoblanadi.
Aholi rivojlanishi esa, o’z maqsadida uning xam miqdoriy sifatiy jixatlarini
o’zgarib borishida namoyon bo’ladi. Aholining miqdoriy rivojlanishi deganda
ma’lum davrda, ma’lum hudud aholisi yoki millatining son jihatidan o’zgarib borshi
tushiniladi. Aholining sifatiy rivojlanishi esa, asosan uning salomatligi, o’rtacha umr 
ko’rishi, bilim darajasi va ma’lum tarbiya olishi komilligida o’z ifodasini topadi. 
Aholi tivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzviy qismi bo’lib, u o’z ichiga 
asosan oiladan, oila muhitida olar edi. Keyinchlik sanoat asta- sekin rivojlanib borishi 
natijasida mexnatga tayyorlashda maxsus bilimlar, maxsus faoliyat zarur bo’lib qoldi. 
Bu zarurat davlatda ta’lim tizimini yanda rivojlantirishda, yoshlarga naxsus bilim 
berib, kasb-xunar o’rgatishga extiyoj yaratdi. Natijada o’lkamizda ta’lim tizimi 
tashkil topdi va rivojlandi. Xozirgi davrda O’zbekistonda aholi siyosatining asosiy 
maqsadi uning sifatiy rivojlanishini tashkil etishdan iboratdir. Aholining sifatiy 
rivojlanishi quyidagilarni o’z ichiga oladi.
- aholi salomatligining holati, bolalar va onalar o’limi o’rtacha umr davri: 
- aholining ta’lim darajasi va uning tarkibi: 
- aholining kasb-hunarga tayyorlik darajasi: 
- aholining sotsial tarkibi va sotsial mobilligi: 
- aholining urbanizatsiyalshganligi:
- aholining hududiy harakati: 
- aholining ma’naviy madaniy qadriyatlari va ularni saqlash, e’zozlash:
Respublikada aholi siyosati o’zaro chambarchas bog’langan bo’g’inlardan 
tashkil topgan. Ushbu bo’g’inlarga demografik siyosat, aholi migratsiyasi, 


- 66 - 
urbanizatsiya va bandlik siyosatlari kiritish mumkin.
Demografik siyosat aholi siyosatini uzviy qismi bo’lib, uning asosiy maqsadi 
aholini miqdoriy rivojlanishi bosqichlaridan iboratdir. Demografik siyosatning asosiy 
obyekti aholining takror barpo bo’lish jarayoni xisoblanadi.
Demografik siyosat orqali kutilgan, istalgan aholi takror barno turiga erishiladi. 
Ma’lumki aholi takror barno bo’lishi tug’ilish, o’lim, nikoh, ajralish kabi demografik 
jarayonlar bilan bevosita bog’liqdir. Shu bois ushbu jarayonlarni siyosat yo’li bilan 
jamiyat tomonidan boshqarilishi ham demografik siyosat vaziyatlaridandir. Jamiyat 
taraqqiyotiga nazar tashlasak, demografik jarayonlarni, ayniqsa tug’ilish, nikohni 
jamiyat tomonidan boshqarilganligini guvohi bo’lamiz. Hatto bu haqida eng qadimgi 
olimlar Aflotun va Aratsu asrlarida ham uchraydi. Qadimgi Rimda tug’ilish va 
nikohni ozod insonlar o’rtasida qo’llab – quvvatlovchi, qonunlar qabul qilingan. 
Feodalistik jamiyatda esa din tomonidan shunday qattiq qonunlar yaratilganki, ularda 
nikoh, cheklanmagan tug’ilish va katta oilalar aholini muntazam ko’payib borishini 
omili sifatida ximoya qilingan, qo’llab – quvvatlangan Yevropada kapitalistik ishlab 
chiqarish usulini rivojlanishi esa demografik jarayonlarda yangi muammolarini, 
yo’nalishlarni kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Sanoatni rivojlanishini shahar turmushi 
tarzini kengayishi, ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishi tufayli, oilada 
farzandga bo’lgan talab kamaydi. Ko’p bolali ayollarda, kapitalistik ishlab chiqarish 
sharoitida qator iqtisodiy muammolar vujudga keldi, natijada tug’ilish o’z-o’zidan 
kamaya boshladi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlangan Fransiya va boshqa 
Yevropa davlatlarida tug’ilish XIX asrning birinchi o’n yilligidan boshlab kamaya 
bordi. Ushbu davlatlarda XX asirga kelib aholini ta’biy o’sishi nihoyatda kamayib 
ketdi. 
Aholi takror barno bo’lishi kengaygan turgan qisqargan turdan o’tdi. Natijada 
bu davlatlarda aholini qarishini ―Demografik qarish‖ jarayoni sodir bo’ldi. Bu xam 
davlat tomonidan maxsus demografik siyosat olib borishni taqozo etdi. 1946-yilda 
Fransiyada tug’ilishni ko’tarish orqali aholi miqdori ko’payishiga erishishi maqsadida 
oilalarga birinchi va ikkinchi ayniqsa uchinchi farzandlarining tug’ilishida alohida 
nfaqa ajratildi. 1960-1970-yillarda tu’gilishini ko’tarish maqsadidan demografik 
siyosat boshqa rivojlangan davlatlarga xam olib berildi. Lekin ushbu davlatlardagi 
siyosiy mulkchilik formasi tug’ilishini ko’paytirish uchun hamma chora tadbirlarni 
qo’llashda ba’zi muammolarni keltirib chiqarar edi . Shu bois yevropadagi 
rivojlangan davlatlarda tug’ilish darajasini ko’tarib, optimal, normal xolgagina 
keltirishni juda mushkul bo’lmoqda. Rivojlanayotgan davlatlarga esa. Aksincha 
1960-1990-yillarda tug’ilishning yuqori darajada turganligini va o’lim hollarining 
keskin kamayganligi natijasida aholining tibbiy o’sishi juda yuqori darajada bo’ldi. 
Natijada Osiyo, Afrika va janubiy Amerikada joylashgan qator rivojlanayotgan 
davlatlarda aholi soni birdan ko’payib ketdi. Bu xolini demografik mutahassislar 
―Demografik portlash‖ deb atadilar. Ushbu davlatlarda iqtisodiy imkoniyati 
cheklangan. Xolda aholisining bunday tez ko’payishi tug’lilishini cheklashga majbur 
etdi. Natijada rivojlanayotgan davlatlarga davlat tomonidan ―oilani rejalashtirishi‖ 
ya’ni ―tug’ilishini nazorat etish‖ borasida demografik siyosat olib boriladi masalan, 
hitoyda bir oilaga bir bola siyosati olib boriladi. Demografik siyosat o’tkazish 
uslublari shartli ravishda uch yo’nalishga ajratish mumkin.


- 67 - 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin