- 74 -
Demografik siyosat - aholi siyosatin ing asosiy’ qismi bo’lib,
jamiyat
taraqqiyotining turli bosqichlari va turli davlatlarda o’ziga xos xususiyatlarga,
yo’nalishlarga egadir. Aholi siyosati demografik siyosatga qaraganda keng qamrovli
bo’lib, aholini rivojlantirish maqsadida olib boriladigan ijtimoiy
- iqtisodiy siyosat
yo’nalishi hisoblanadi.
Aholi rivojlanishi esa, o’z navbatida uning ham miqdoriy ham sifatiy jihatlarini
o’zgarib borishida namoyon bo’ladi. Aholining
miqdoriy rivojlanishi deganda,
ma’lum davrda, ma’lum hudud aholisi yoki millatning son jixatidan o’zgarib borishi
tushuniladi. Aholining sifatiy rivojlanishi esa,
asosan uning salomatlmgi, o’rtacha
umr ko’rishi, bilim darajasi va ta’lim tarbiya olishi va komilligida o’z ifodasini
topadi. Aholi rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzviy qismi bo’lib, u o’z
ichiga aholining takror barpo bo’lish jarayonini ham oladi.
Aholi siyosatinnng maqsadi davlat tomonidan aholining xam mikdoriy
(normal, optimal darajada) ham sifatiy rivojlanishini ta’minlashdir.
Aholi rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir etib borish tarixiy jarayondir.
Ushbu jarayon jamiyat taraqqiyotining
xar bir bosqichida, shu davrning
ijtimoiy - iqtisodiy sharoitiga mos holda, alohida mazmunga ega bo’lgan.
Jumladan, feodalizm sharoitida aholi rivojlanishining asosiy elementi bo’lgan ta’lim
tizimi, nisbatan kam taraqqiy etgan edi. Masalan, O’zbekistonda
masjidlar,
madrasalar qoshida ta’lim tizimi joriy etilgan. Ularni moddiy ta’minlash
maqsadida davlat va ayrim mulkdorlar tomonidan vaqf mulklari ajratilgan. Insonni
mexnatga tayyorlash, jamiyat a’zosi uchun zarur bo’lgan bilimlarni
axloqiy sifatlarni
yosh avlod; asosan oiladan, oila muxitida olar edi. Keyinchalik sanoat asta - sekin
rivojlanib borishi natijasida mexnatga
tayyorlashda maxsus bilimlar, maxsus faoliyat
zarur bo’lib qoldi. Bu zarurat davlatda ta’lim tizimini yanada rivojlanishiga,
yoshlarga
maxsus bilim berib, kasb - xunar o’rgatishga extiyoj yaratdi. Natijada.
O’lkamizda ta’lim tizimi tashkil topdi va rivojlandi. Hozirgi davrda
O’zbekistonda aholi siyosatining asosiy maqsadi uning sifatiy rivojlanishini tashkil
etishdan iboratdir. Aholining sifatiy rivojlanishi quyidagilarni o’z
ichiga
oladi:
Dostları ilə paylaş: