Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

P
1
=P
0
xe
xx1
P

- bashorat qilinayotgan davrning oxiridagi aholi soni. 
P0 - bashorat etilayotgan davrning boshlanishidagi aholi soni. 
K - bashorat qilinayotgan davr uchun nazarda tutilgan aholining o’sishi. 
t - bashorat etilayotgan davr. 
e - natural logarifmlar asosi. 
Yuqorida qayd etilgan uslub yordamida ma’lum xududdagi aholining umumiy 
soni bashorat etiladi. Lekin, bu bashorat aholi sonidagi o’zgarishni juda aniq ko’rsata 
olmaydi. Chunki bashorat etilayotgan davrda ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni 
o’zgarishi bilan bog’liq holda tug’ilish, o’lim va aholi migratsiyasida keskin 
o’zgarishlar ham bulishi mumkinki, ular aholi soniga bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
Demografik tadqiqotlarda aholining yosh va jinsiy tarkibi bo’yicha bashorat 
etish juda axamiyatli bo’lib, unda aholi tarkibidagi o’zgarishlar nisbatan aniq 
yoritiladi. Aholining yosh-jinsi bo’yicha bashorat etishda yosh guruhlarning «surish» 
uslubi qo’llaniladi. Bunday uslubda bashorat etilayotgan davrda xar bir yosh guruhini 
bashorat etilayotgan davr boshidagi mavjud miqdori olinadi. Undan bir yil davomida 
o’lganlar sonini ayirib, keyingi yilga shu guruhi soni aniqlanadi. Masalan, 2000 yil 1 
yanvarda 11 yoshga kirganlar soni, 1999 yil 1 yanvarda 10 yoshga kirganlar sonidan, 
1.01.1999 y.-1.01.2000Y davomida 10 yoshdan 11 yoshgacha o’lgan bolalar sonini 
ayirmasiga teng. Ana shu tarzda har bir yosh guruhini «surib» keyingi yil uchun aholi 
soni aniklanadi. Lekin, bunday uslubda bashorat etish uchun yosh guruhlari bo’yicha 
o’lim xollari, ya’ni «o’lim jadvali» hisoblangan bo’lishi lozim 
Yosh guruhlarni surish uslubi bilan bashorat qilinganda, bashorat etilayotgan 
davr boshidan keyingi yil uchun tug’ilganlar soni, ya’ni «R» yoshdagilarni aniqlash 
lozim bo’ladi. Masalan. bashorat etilayotgan davrimiz 1999 yildan boshlansa, 1999 
yilda tug’ilganlar, ya’ni «O» yoshdagilar aniq, ular 2000 yilda 1 yoshga to’ladilar. 
Lekin, 2000 yil uchun tug’ilajak bolalar sonini aniqlash lozim bo’ladi. Buning uchun 
farzand ko’rish yosh guruhlaridagi (15-19, 20-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44 va 45-
49 yosh guruhlari) ayollar sonini, shu yosh guruhidagi tug’ilish koeffitsientiga 
ko’paytiriladi va keyingi yili shu guruhdagi har 1000 ta ayol nechta farzand ko’rishi 
aniqlanadi. Masalan, O’zbekistonda 1999 yilda 15-19 yoshtsh ayollar «X» ni tashkil 
etgan. Shu yili 15-19 xar 1000 ta ayolga nisbatan «U» farzand ug’ilgan. Demak, xo’» 
uo’ = 2 ga teng. Ana shunday uslub bilan har bir yosh guruhida keyingi 2000 yilda 


- 73 - 
tug’ilajak bolalar soni aniqlanadi. Har bir yosh guruhida tug’ilishi mumkin bo’lgan 
bolalar soni aniqlanib, hammasi ko’shiladi: va 2000 yilda turilishi mumkin bo’lgan 
jami bolalar soni aniqlanadi. 
2000
49
15
2000
49
45
2000
29
25
2000
24
20
2000
19
15
Shu tariqa 2001, 2002, 2003 va keyingi bashorat etilayotgan yillar uchun xam 
tug’ilajak bolalar soni aniqlanadi. Faqat buning uchun, yosh guruhlari bo’yicha 
tug’ilish koeffitsientlari, tug’ilishdagi o’zgarishlar, o’lim hollari, migratsiya, aholi 
reproduktiv maylidagi o’zgarishlarni mutaxassislar tomonidan xisobga olinadi. 
Demografik bashoratda mehnat yoshidagi aholining yosh-jinsiy ma’lumot, 
kasb - malakasi bo’yicha kelajak tarkibini aniqlash aloxida ahamiyat kasb etadi. 
Chunki, ana shu bashorat asosida xar bir davlat va uning hududlarida kelajakdagi 
mexnat resurslari balansi ishlab chiqiladi. 
Aholining oilaviy tarkibini bashorat etish xam muxim demografik tadqiqotdir. 
Chunki oila juda ko’p maxsulotlarni iste’molchisi xisoblanadi. Kelajakda oilalarning 
tarkibi qanday bo’ladi, aholining necha foizi yolg’iz yashaydi, necha foizi oddiy 
oilalarda, necha foizi2-3 avlod vakillari yashovchi murakkab oilalarada istiqomat 
etadilar. Yosh oilalar salmog’i qanday bo’ladi? Ana itu savollarga oila tarkibini 
bashorat etish orqali javob beriladi hamda shu bashorat asosida aholiga turar joy, 
yashash uchun kerak bo’lgan barcha mahsulotlar ishlab chiqish rejalashtiriladi. 
Demografik bashorat etish o’z tarixiga egadir. Bu boradagi eng dastlabki 
xarakatlar qadimgi Rim va Gretsiyada kuzatilgan. Ilmiy asoslangan birinchi 
demografik bashoratlar XVII asrning oxiri Xh asrning boshlarida L.Eyler, T.Malhtus, 
Pirla-Ridalar tomonidan yaratilgan. XX asrning 20 yilaridan boshlab aholi 
o’sishining asosiy komponentlari, tug’ilish, o’lim jarayonlaridagi o’zgarishlarni 
hisobga olgan holda. takomillashgan uslublar yordamida demografik bashoratlar 
xisoblana boshlandi. Ana shu yillarda Frantsiya, Germaniya, Italiya, Daniya 
davlatlari axolnsining kelajakdagi miqdori demografik bashoratlar orqali aniqlandi. 
1921 yili E.M.Tarasov, S.G.Strumilinlar 1921-1941 yillar uchun Rossiya 
aholisining demografik istiqbolini ishlab chiqdilar. 
A.S.Novoselhskiy, V.V.Poevskiy, 
M.V.Ptux,Yu.A.Korchak-
Chepurkovskiy, A.P.Komnko, B.Babaninlar tomonidan ham demografik bashoratlar 
ishlab chiqilgan. Demografik bashoratning uslublari esa Rossiyalik aholishinus 
olimlar A.Ya.Boyarskiy, B.O’.Urlanis, V.A.Borisov ishlarida keng o’rin olgan. 
O’zbekistonda demografik bashoratlaryi ishlab chiqish, asosan 1960 yillardan 
boshlanadi. Respublikada dastlabki demografik bashoratlar aholishinus olim 
M.K.Qoraxonov raxbarligida 1962-1980 yillarda ishlab chiqilgan. Keyinchalik 
respublikada har tomonlama mukammal demografik bashoratlar ishlab chiqish 
rivojlandi. Bu borada aholishunos olimlar I.R. Mullajonov R.N. Ubaydullaeva, N.S. 
Ali-Qoriev, O.B. Ota-Mirzaev, A,Qayumov, M.R.Bo’rieva, L.P.Maksakova va 
boshqalarning ilmiy ishlarini keltirish mumkin. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin