Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
34, 35-39, 40-44, va 45-49 yosh ayollar guruhlari) ayollar sonini shu yosh
guruhlardagi tug’ilish koeffisientiga ko’paytiriladi. Va keyingi yili shu guruhdagi xar
1000 ta ayol nechta farzand ko’rishi aniqlanadi. Masalan: O’zbekistonda 2005 yilda
15-19 yoshli ayollar ―x‖ ni tashkil etadi. Shu yili 15-19 xar 1000 ta ayolga nisbatan
―U‖ farzand tug’ilgan. Demak _________________ __ ga teng. Ana shunday
uslub bilan xar bir yosh guruhida keyingi 2000 yilda tug’ilajak bolalar soni
aniqlanadi. Xar bir yosh guruhida tug’ilishi mumkin bo’lgan bolalar soni aniqlanib,
xammasi qo’shiladi. Va 2005 yilda tug’ilishi mumkin bo’lagan jami bolalar soni
aniqlanadi. Shu tariqa 2006,2007,2008 va keyingi bashorat etilayotgan yillar uchun
xa tug’ilajak bolalar soni aniqlanadi. Faqat buning uchun yosh guruhlari
bo’yichatugilish koeffitsientlari, tug’lishidagi o’zgarishlar, o’lim xollari, migrassiya,
aholi reproduktiv maylidagi o’zgarishlarni mutaxassislar tomonidan xisobga olinadi.
Demografik bashoratda mexnat yoshidagi aholini yosh-jinsiy ma’lumot, kasb-
malakasi bo’yicha kelajak tarkibini aniqlash aloxida axamiyat kasb etadi. Chunki, ana
shu bashorat asosida xar bir davlat av uning xududlarida kelajakdagi mexnat
resurslari balansi ishlab chiqiladi.
Aholining oilaviy tarkibini bashorat etish xam muxim demografik tadqiqotdir.
Chunki oila juda ko’p maxsulotlarning iste’molchisi xosoblanadi. Kelajakda oilaning
tarkibi qanday bo’ladi, aholining necha foizi yolg’iz yashaydi, necha foizi oddiy
oilalalarda, necha foizi 2-3 avlod vakillari yashovchi murakkab oilalarda istiqomat
etadilar. Yosh oilalalar salmog’i qanday bo’ladi? Ana shu savollarga oila tarkibini
- 71 -
bashorat etish orqali javob beriladi xamda shu bashorat asosida aholiga turar joy
yashash uchun kerak bo’lgan barcha maxsulotlar ishlab chiqish rejalshtiriladi.