- 72 -
bashoratdar aholi tug’ilishi va o’limining kelajakdagi o’zgarishlar xaqidagi
gipotezalarga asoslanadi. Uzoq muddatli demografik bashoratda aholi migratsiyasini
hisobga olish bir muncha murakkabroq kechadi. Chunki
aholi migratsiyasi ijtimoiy
— iqtisodiy o’zgarishlar bilan bir qatorda jamiyatda, tabiatda yuz bergan tasodifiy
jarayonlar bilan ham bog’liqdir. Shu tufayli uzoq muddatli demografik
bashoratlarning aniqlik darajasi nisbatan pastroq bo’lishi mumkin.
Demografik bashorat uslublari. Demografik bashoratning eng oddiy uslubi
aholi umumiy sonini ma’lum davridagi o’zgarishini aniqlashdir.
Bu uslubda bashorat
qilinayotgan davrning boshlanishidagi demografik xolat asos qilib olinadi va shu
holatga asosan bashorat qilinadigan davr uchun aholi soni hisoblanadi. Ushbu uslub
quyidagi formulada o’z aksini topgan:
Dostları ilə paylaş: