- 62 -
R E J A;
1. Urbanizatsiya haqida tushuncha.
2. Urbanizatsiyaning xususiyatlari.
3. Urbanizatsiya tiplari.
Shaharlar juda qadimgi zamonda ma’muriy hokimiyat, savdo va
hunarmandchilik markazi, harbiy qo’rg’onlar sifatida Nil, Dajla, Furaot daryolari
deltalarida paydo bo’lgan. Kapitalizmni rivojlanishi va yirik mashinasozlik sanoati,
transport va jahon bozorining o’sishi bilan shaharlarda sanoat to’plandi. Ko’p
shaharlar transport tugunlariga, savdo taqsimot tugunlariga aylanib bordi.
Shaharlarning ma’muriy va madaniy markazlar sifatidagi mavqelari kuchaydi. 20-asr
o’rtalarida nomoddiy sohalarning o’sishi bilan shaharlarning vazifalari yanada
kuchaydi. Hozirgi zamon shahari bir qancha vazifani bajaradi. Lekin bir xil vazifani
bajaruvchi shaharlar ham mavjud. Masalan, tog’-kon sanoti shahari ilmiy shahar,
kurort shahari va xatto poytaxt shaharlari ham qurilgan. Ba’zi shaharlar poytaxt qilish
uchun maxsus qurilgan.
Dostları ilə paylaş: