- 58 -
Bunday aholi manzilgohlari ko’proq tog’ – kon sanoati bilan bog’liq
xolda
vujudga keladi. Bunday shaharchalar G. F. Rning Rur sanoati rayonida, yuqori
sileziyada (Polshada) Janubiy Afrika Respublikasining
oltin va olmos konlari
rayonlarida keng tarqalgan. Yog’och tayyorlanadigan yirik rayonlarda ham shunday
ishchi shaharchalari bo’ladi. (Konada, Shvetsiya, Finlandiya va boshqa).
Ayrim
mahsulotlarini qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq shunday
posyolkalar vujudga keladi. Kuba, Braziliya qand zavodlari,
Xindiston, Xitoy va
Shirilankada choy fabrikalari va boshqa.
5. Ko’makchi xarakterga ega bo’lgan aholi punkitlari.
Bunday aholi manzilgohlari aholisining soni kam bo’lib, shaharlarga ham,
qishloqlarga ham kiritilmaydi. Vaqt nuqtaiy nazaridan
bunday aholi manzilgohlari
ijtimoiy va territorial mehnat taqsimoti kuchli taraqqiy etgan keyingi davrlarda
vujudga kela boshlagan.
Masalan: sanatoriya,
kasalxona, turizim rivojlangan, ilmiy muassaslar
joylashga va shahar hamda qishloqlardan tashqarida bo’lgan
alohida aholi
manzilgohlari yana shunday ko’makchi punktlardir.
6. Ko’chmanchi halqlarning yashash formalari.
Ko’chmanchi halqlarda odatda, doimiy aholi manzilgohlari bo’lmaydi, ular
vaqtincha turish uchun alohida joylarda yashaydilar. Ko’chmanchlik qadim
davirlarda keng tarqalgan edi. Hozir esa juda kam uchraydi. Turli –
xil aholi
manzilgohlaribir – biri bilan aloqada bo’lib, turli hududiy tuzilmalarni vujudga
keltiradi.
Shuning uchun ham aholi manzilgohlarini geografik jihatdan o’rganganda
ularni doimiy aloqada bo’lgan bir butun tizim deb qarash,
ularning hududiy mehnat
taqsimotidagi o’ninish taxlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: