- 52 -
Dunyo aholisi juda ko’p etnik birliklardan tarkib topgan. Sayyoramizda 200
dan ortiq millat va elatlar mavjud.
Xalqlarni
o’rganish
uchun
ularni
ma’lum
xususiyatlariga
qarab
klassifkatsiyalash, guruhlarga ajratish mumkin. Xalqlarni har xil xususiyatlari va
ko’rsatkichlariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Dunyo aholisni soniga ko’ra klassifikatsiyalash. V.V.Pokshishevskiy
xalqlarni soniga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratgan:
100 mln. kishidan ortiq xalqlar (xitoylar, amerikaliklar, ruslar, hindlar, yaponlar);
50 mln. dan ortiq 100 mln. gacha bo’lgan xalqlar (braziliyaliklar, nemislar,
bengallar, italyanlar, bixarliklar);
10 mln.dan 50 mln.gacha bo’lgan xalqlar;
1 mln.dan 10 mln. gacha bo’lgan xalqlar;
1 mln.dan kam bo’lgan xalqlar.
2. Xalqlarni hududiy joylashuviga ko’ra guruhlashtirish. Har bir xalq
o’ztning etnik hududiga ega bo’ladi, ana shu hududda u moddiy va ma’naviy
madaniyatini yaratadi, tabiatdan foydalanishning o’ziga xos usullarini ishlab chiqadi
va h.k. Hududiy jihatdan yaqin bo’lgan va uzoq davrlar mobaynida bir-biri bilan
mustahkam aloqa qilib yashagan xalqlarda xo’jalik yuritish shakllari, turmush,
madaniyat va din odatda bir-biriga o’xshash va ayrim hollarda bir xil bo’ladi. Mana
shu belgi va hususiyatlari jihatdan o’xshash bo’lgan hududlar – tarixiy-etnografik
oblastlar deb ataladi. Ular bir necha hududlardan iborat:
1. G’arbiy yevropa
2. O’rta Osiyo
3. Lotin Amerikasi
4. Okeaniya.
Dostları ilə paylaş: