Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
NAZORAT UCHUN SAVOLLARI: 
1. Aholini milliy tarkibini aniqlash haqida gapiring. 
2. Horijiy Evropa mamlakatlari milliy tarkibi buyicha necha guruhga bulinadi? 
3. Evropadagi kup millatli davlatlarni sanang. 
4. Evropadagi bir millatli davlatlarga kaysi davlatlar kiradi? 
5. Horijiy Osiyodagi muammo bulib kelayotgan milliy masalalar to’g’risida 
nimalarni bilasiz? 
6. Afrika aholisi milliy tarkibiga qarab necha guruhga bulinadi? 
7. Oq tanli kishilar asosan Afrikaning qaysi qismida yashaydi? 
8. Amerikada millatlar nimalarga asoslanib nomlanadi? 
9. Amerikada asosiy millati negrlar, mulatlar bulgan davlatlarni ayting. 
10. Avstraliya va Okeaniya aholisi etnik tarkibiga kura necha guruhga bulinadi? 
11. O’zbekiston milliy tarkibiga kura qanday respublika ekanligini izohlang. 
ETNIK UMUMIYLIKLAR


- 47 - 
R E J A:
1. Urug’ to’g’risida tushuncha. 
2. Qabila to’g’risida tushuncha. 
3. Elat to’g’risida tushuncha. 
4. Millat to’g’risida tushuncha. 
5. Xalq to’g’risida tushuncha. 
Kishilarning 
qadim 
zamonlarda 
vujudga 
kelgan 
umumiyliklari 
etnik 
birliklardir. Kishilarning eng qadimiy etnik – birligi – urug’ kategoriyasidir. Bu 
kategoriya asosan ibtidoiy jamoa tuzimida vujudga kelib odamlarning qon 
qardonligiga asoslangan edi. Hozirgi davrda faqat Osiyo, Afrika va Amerikada 
urug’chilik uchraydi.
Odamlar etnik birligining ikkinchi yuqoriroq bosqichi – qabiladir. 
Urug’larning qabilalarga aralashuvi ham kishilarning ibtidoiy jamoa tuzimiga xos 
umumiyligidir. Dastlabki qabilalarni bir necha urug’ birlashtirar, ular o’zaro dual 
ekzogamiya asosida bog’langan bo’lar edilar. Urug’ va qabilalar kategoriyalaridan 
keyin elat kategoriyalari vujudga kelgan. Elat – urug’ va qabila birliklariga nisbatan 
yuqoriroq bosqichdir. Elat birligi asosan feodalizm jamiyati davrida ba’zan esa 
quldorlik davridayoq tashkil topa boshlagan. 
Elat kishilarning millatdan oldingi tarixiy birligidir. Elatlarning o’z nomlari, tili 
umumiy madaniyat va psixik xususiyatlari tarkib topa boradi. Elatlar xududiy 
umumiylikka ega bo’lib ma’lum darajada iqtisodiy aloqalar qila boshlaydi. Bu 
belgilar millatlardagi singari hali yaxshi taraqqiy etgan emas, albatta. Elatlarning 
tashkil topishida feodalizm davriga xos proses davlatlarning tashkil topishi ham 
ma’lum rol o’ynagan, ammo ayrim elatlarning hududiy joylashuvi ba’zi xollarda 
davlatlarning chegaralariga to’g’ri kelavermas edi. Kapitalizmning taraqqiy etishi 
bilan elatlar millatlarning vujudga kelishi va tashkil topishida ba’za bo’lib xizmat 
qiladi. Ammo bu xolda ham chegara to’g’ri kelishi shart emas. Masalan, bitta elat bir 
necha millatlarning tashkil topishi uchun ba’za bo’lib xizmat qilishi yoki aksincha bir 
necha elatlarning birlashuvidan bitta millat vujudga kelishi mumkin.
Millat ma’lum xududda yashovchi odamlarning sotsial etnik birligi bo’lib, 
kishilar umumiyligining kapitalizmga xos formasidir. Yuqorida ko’rib o’tilgan etnik 
birlik kategoriyalaridan millat shu bilan farqlanadiki, millatlarda xududiy birlik 
iqtisodiy va madaniy aloqalar mustaxkam o’rin oladi, yagona milliy til tashkil topadi, 
milliy ong rivojlangan bo’ladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin