Komponentlar diagrammasi ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotning jismoniy
tuzilmasini loyihalashtirishda qo‘llaniladi. Bu diagramma dasturiy ta ’minot
jismoniy darajada qanday ko'rinishini, ya’ni u qanday qismlardan tashkil topishi va
bu qismlar o‘zaro qanday bog‘langanligini ko‘rsatadi.
Komponentlar diagrammasi komponent va
bog‘liqlik tushunchalarini qisman
o'zgartirib qo'llaydi. Bunda komponentlar
deganda, interfeyslar to‘plamiga mos
keluvchi dasturiy
ta’minotning jismoniy almashtiriladigan qismi tushuniladi.
Mohiyatan,
turli tiplarning alohida fayllaridir: bajariladigan (exe),
matnli, grafik,
ma’lumotlar bazasi jadvallari va ishlab chiqilayotgan
dasturiy ta ’minotni tashkil
etuvchi omillardir.
Komponentlar o‘rtasidagi bog‘liqlik
Agar ulardan biri ayrim resurslarga (modul, obyekt, s in f va hokazo) ega bo'lsa,
boshqasi undan foydalansa qayd etiladi. Komponentlash sifati soni va
komponentlar o‘rtasidagi aloqalar turiga ko‘ra baholanadi.
Komponentlar diagrammasi bog‘liqlik punktlar bilan belgilanadi.
Komponentli yondashuv holatida komponentlar-diagrammasida interfeyslarni
ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Ular orqali komponentlar o‘zaro bog‘langan bo‘ladi.
Bundan tashqari komponentlar diagrammasda to‘ldirish, kompozitsiya
assotsiatsiyasi, agregatlash va amalga oshirishdan foydalanib komponentlar
o`rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga yo`l qo‘yiladi.
UML notatsiyasidan foydalangan holda deyarli har qanday holat uchun
komponentlar diagrammasini tuzish mumkin (masalan, Internet-ilova uchun).
U ish jarayonida ayrim rasmlarni namoyish etadigan Java dan
foydalanib yozilgan.
≪
Mijoz-server≫
Arxitekturali dasturiy ta’minot uchun komponentlar diagrammasidan dasturiy
ta’minot tomonidan ishlab chiqiladigan arxitekturani belgilovchi tuzilmaviy sxema
sifatida foydalanish mumkin.
Chunki u tizim qismlarini boshqarish bo‘yicha aloqani ko‘rsatish imkonini beradi.
Biroq, bunday sxemali loyihalashtirishda ishlab chiqilayotgan tizim
komponentlarining batafsil tarkibini aniqlashtirish lozim.
Dostları ilə paylaş: