anglatadi. Tugunlar ishlab chiqilayotgan dasturiy tizimi dasturiy
komponentlarining mazkur jihozda joylashtirishni ko‘rsatadi.
Joylashtirish diagrammasi nuqtayi nazaridan lokal va global tarmoqlar — bular
ham ayrim spetsifikalarga ega tugunlardir.
Ishlanma spiral modelining xususiyatlari.
Loyihani qayta tashkil etish dasturiy ta’minot ishlanmasi hayotiy davrining spiral
modeli shuni nazarda tutadiki, dasturiy tizimni ishlab chiqish jarayoni
iteratsiyali bajariladi. Bunda loyihalashtirish vaqtida navbatdagi faraz topilishi
mumkin. Demak, yaxshi o‘ylangan boshlang'ich iteratsiyada dastur to‘planib
qolgan tuzatishlar hisobiga o‘zining dastlabki tuzilmasini yo‘qotadi.
Har bir tuzatish o‘z paytida amalga oshirilgan va amalga oshirish jarayonida
yuzaga kelgan kichik nomuvoflqlikni bartaraf etish uchun kiritilgan. Ayni paytda
kodlarning bir qismi foydalanib bo‘lmaydigan, ayrimlari samarasiz bo‘lib qolishi
mumkin. Bular hammasi shunga olib keladiki, dasturni hal etish juda murakkab
bo‘lib qoladi. Bunday vaziyatda dasturni qayta tashkil etish, ya’ni funksiyasini
o‘zgartirishsiz loyihalashtirish zarur. O`z vaqtida amalga oshirilgan qayta tashkil
etish dastur tuzilmasini yanada aniq va tushunarli bo‘lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: